Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet89/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

 
 
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Ichki flеksiya nimа? Uning tоvush аlmаshinuvidan fаrqli tоmоnlаrini 
izоhlаng. 


161 
2. Yordаmchi so‘zlаrni qo‘shimchаlаr bilаn nimаlаr yaqinlаshtirаdi vа 
аjrаtаdi? Ulаr qаndаy grаmmаtik mа’nоlаrni ifоdаlаydi? 
3. Grаmmаtik mа’nо ifоdаlоvchi vоsitаlаrni tillаrdа tаrqаlgаnlik dоirаsigа 
ko‘rа jоylаshtiring. Sаbаblаrini tushuntiring.
4. Quyidаgi bаdiiy pаrchаdа grammatik ma’no ifodalashning qаndаy 
usullаri ifоdаlаngan? Pаrchаni rus vа ingliz tiligа tаrjimа qiling. 
Grаmmаtik mа’nо ifоdаlаsh vоsitаlаrini sоlishtiring. Yalpiz хushbo‘y 
o‘simlikdir. Bu аjоyib o‘simlikning O‘zbеkistоndа bir qаnchа хillаri bоr. 
Yalpiz zirаvоr vа dоrivоr o‘simlik sifаtidа qаdimdаn mа’lum. Ertа 
bаhоrdа endiginа ko‘kаrib chiqqаn yalpizni tеrib sоmsа yopishаdi, 
chuchvаrа tаyyorlаshаdi. Bаrrа bаrglаri tаоmlаrgа sоlinаdi. Yalpiz 
оrgаnik mоddаlаr, minеrаl tuzlаr vа efir mоyigа bоy o‘simlikdir. Undаn 
pаrfyumеriya sаnоаtidа, tish pаstаsi vа kukunlаr ishlаb chiqаrishdа 
fоydаlаnilаdi. Yalpiz оziq-оvqаt sаnоаtidа hаm ishlаtilаdi.
Foydalanish uchun adabiyotlar: [4; 10; 19; 20; 29; 35; 464 50; 56; 57] 
 
SO‘Z TURKUMLARI TASNIFI. SO‘ZNING SERQIRRALIGI 
VA TASNIFLARNING XILMA-XILLIGI 
Reja: 
1. Tasnif omillari. Tasnifning mantiqiyligi va uzluksizligi. 
2. Leksemalarning ma'noviy tasnifi. 
3. Leksemalarning morfologik tasnifi. 
4. Leksemalarning sintaktik tasnifi. 
5. Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida so‘z turkumlari va ularning 
tasnifi. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 
 Leksemalarning serqirraligi, tasnif va uning mantiqiyligi, mustaqil 
ma’noli so‘zlar, bo‘sh ishora ma’noli so‘zlar, yordamchi ma’noli so‘zlar, 
o‘zgaruvchi leksemalar, o‘zgarmas leksemalar, so‘z - gaplar
muchalanuvchilik (gap bo‘lagi bo‘lib kelishi), sonlanish, darajalanish, 
tartiblanish, ajraluvchilik (gap bo‘laklari bilan munosabatga kirishmaslik), 
sintaktik aloqa vositasi 


162 
Biz oldingi mavzuda tasnifning mohiyati nimada ekanligi, uning 
xususiyati haqida bir oz to‘xtalib o‘tgan edik. So‘zlarning tasnifini
berishda leksemaning serqirraligi mohiyati hamma vaqt diqqat
markazida bo‘lishi kerak. Leksemaning har bir qirrasi bir tasnifni
yuzaga keltiradi. Chunonchi: 
1.Bo‘g‘in soniga ko‘ra: bir bo‘g‘inli, ko‘p bo‘g‘inli.
2.Fonemalar miqdoriga ko‘ra: bir fonemali, ikki fonemali, uch
fonemali... 
3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko‘ra. 
4.Tub-yasamaligiga ko‘ra:tub va yasama. 
5.Yasalish tipiga ko‘ra: diaxronik va sinxronik. 
6.Tuzilishiga ko‘ra: sodda, qo‘shma, juft, takroriy. 
7.Shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra: ma’nodosh, shakldosh, 
qarama-qarshi ma’noli so‘zlar va paronimlar. 
8.Qo‘llanishiga ko‘ra: aktiv va passiv. 
9.Onomasiologik – nominatsion xususiyatlariga ko‘ra; antroponim
toponim, zoonim... 
10.Vazifaviy - uslubiy xususiyatlariga ko‘ra: kitobiy, rasmiy, 
so‘zlashuv. 
11.Lug‘at tarkibidagi qatlamiga ko‘ra: o‘z va o‘zlashgan qatlam,
chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 
12.Emotsional-ekspressiv jihatiga ko‘ra: emotsional - ekspressiv
bo‘yoqdor va bo‘yoqsiz so‘zlar. 
13.So‘zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma’nosiga ko‘ra: narsa, 
buyum, shaxs, mavjudotlarni atovchi so‘zlar; belgi, xususiyat, munosabat
ifodalovchi so‘zlar; harakat-holat ma’nosini bildiruvchi so‘zlar; o‘rin-payt, 
tarz-tus ma’nosini ifodalovchi so‘zlar va h.k. Demak, so‘zlarga berilgan
xilma-xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har 
xil tasnifning har biri o‘z o‘rnida ahamiyatlidir. So‘z va uni tasniflash
asoslari tilshunos I.Madrahimov tomonidan o‘rganilib, uning ma’noviy, 
sintaktik, morfologik guruhlanishi asoslab berilgan. 
So‘zlar ma’noviy belgisiga ko‘ra quyidagicha turkumlanadi: 


163 
1.Mustaqil ma’noli so‘zlar: 
a) mavjudotlarni atovchi so‘zlar - otlar;
b) belgi - xususiyatni atovchi so‘zlar – sifatlar;
d) harakat - holat ifodalovchi so‘zlar – fe’llar;
e) miqdorni ifodalovchi so‘zlar – sonlar;
f) o‘rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so‘zlar- ravishlar; 
g) taqlidni ifodalovchi so‘zlar-taqlidiy so‘zlar. 
2.Bo‘sh-ishora ma’noli so‘zlar-olmoshlar. 
3.Yordamchi ma’noli so‘zlar: ko‘makchi, bog‘lovchi, yuklama, 
ko‘makchi fe’llar. So‘zlarning mustaqil va yordamchi tiplarga ajralishi 
ularning mustaqil holda ma’no ifodalay olish qobiliyatiga ko‘ra 
belgilanadi. 
O‘zbek tilshunosligida olmoshlarning doirasi va vazifasi zo‘rma-
zo‘rakilik bilan cheklantirilib, "ot, sifat, son o‘rnida qo‘llanuvchi so‘zlar 
"sifatida tor doirada tushinilgan edi. Bu o‘rinda olmoshning nafaqat ot, 
sifat, son o‘rnida, balki fe’l, ravish, taqlidiy so‘z, undov gap, hattoki 
matnni almashtira olish, ularga ishora etish xususiyati hisobga 
olinmagan. Olmoshlar sinfiga: 
- men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; 
- kim, nima, ana, mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi 
leksemalar; 
qanday, bunday, shunday kabi belgiga; 
buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; 
-shunday bo‘lmoq, shunday qilmoq kabi harakat-holatga ishora 
etuvchi leksemalar ham kiradi. Ishora so‘zlarning ma’nosi matn ichida 
oydinlashadi. 
Leksemalar morfologik tasnifga ko‘ra ikki tipga ajratiladi: 
1.O‘zgaruvchi leksemalar. 
2.O‘zgarmas leksemalar. 
O‘zgaruvchi so‘zlar morfologik kategoriyalar (son, egalik, kelishik, 
nisbat, qiyoslash, subyektiv munosabatlar, kesimlik, o‘zgalovchi)ning 
qo‘shimchalarini 
qabul 
qila 
oladi. 
O‘zgarmas so‘zlar bunday 


164 
qo‘shimchalarni qabul qila olmaydi. Leksemalarning morfologik 
imkoniyatiga ko‘ra tasnifini quyidagicha beramiz: 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling