Abuzalova M
vazifasi hisoblanadi. “Ekspressiv
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
vazifasi hisoblanadi.
“Ekspressiv” so‘zi lotincha so‘z bo‘lib, asl ma’nosiga ko‘ra “kuchaytirilgan” demakdir. Bu atama tilshunoslikka ko‘chma ma’nosi bilan kirgan bo‘lib, “kuchli hissiy obrazlilik xususiyati” degan ma’noni ifodalaydi. Tilning asosiy vazifasi kommunikativ funksiya bo‘lsa-da, biroq kishilar aloqa-aralashuv jarayonida bildirilayotgan fikrga yoki tinglovchiga yetkazilayotgan axborotga o‘zlarining turli tipdagi hissiy-ta’siriy, ya’ni emotsional munosabatlar i ni ham qo‘shib ifodalaydilar. Bu hodisa, ya’ni tilning suhbatdoshga ta’sir ko‘rsatish xususiyati uning ekspressiv vazifasi deyiladi. Emotsional munosabatlar suyish, erkalash, nafrat kabi insonga xos bo‘lgan qator jihatlarni qamrab oladi. Til faqat kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi bo‘lmay, millatlararo, davlatlararo aloqa quroli hamdir. Bundan tashqari til kishilik jamiyatida asrlar davomida to‘plangan tajriba va bilimlarni kelajak avlodga yetkazish uchun ham xizmat qiladi. Tilning bu xususiyati uning akkumulyativ (lotincha “to‘plash” demakdir) vazifasidir. Tilga xos bo‘lgan akkumulyativ 24 vazifa ba’zi lingvistik adabiyotlarda tilning gnoseologik funksiyasi deb ham yuritiladi. Til – serqirra hodisa. Shunga ko‘ra, til tilshunoslik bilan birga qator ijtimoiy fanlar tomonidan ham o‘rganilishini yuqorida ta’kidlab o‘tgan edik. Tilni o‘rganishda ishtirok etadigan har bir fanning tilga nisbatan o‘z munosabati bor. Bu munosabat har bir ijtimoiy fanning tilning qaysi aspektini o‘rganishi bilan xarakterlanadi. Tilshunoslik falsafa bilan chambarchas bog‘liq. Falsafa tilshunoslikning metodologiyasini belgilab beradi. Ushbu qo‘llanmada tilning nazariy-falsafiy masalalari quyidagi besh yo‘nalish asosida talqin etiladi: 1.Tilning kelib chiqishi va rivojlanishi; til va nutq falsafiy masala sifatida. 2.Til va tafakkur, mantiq va tilshunoslik munosabatlari. 3.Til ramziy tizim sifatida. 4. Tillarning rivojlanishi va o‘zaro ta’siri masalalari. 5. Grammatik talqinlarning falsafiy masalalari. Hozirgi zamon tilshunosligi til (lison) mohiyatini ochishda dialektik falsafa, lisoniy birliklar haqida ilmiy-nazariy hukm chiqarish jarayoni dialektik gnoseologiya, jumladan, dialektik-logik kategoriyalardan onglilik va izchillik bilan foydalanishni taqozo etadi. Tilga falsafiy yond a shish deganda dealektikaning umumiylik~xususiylik, mohiyat~hodisa, imkoniyat~voqelik, sabab~oqibat kategoriyalarining til tizimi birliklariga bevosita amaliy tatbiqini tushunish zarur. Dialektika nima? Dialektika –yunoncha dialektike (techne) so‘zidan olingan bo‘lib, “suhbat olib borish”, “bahslashish san’ati” degan ma’nolarni anglatadi. Dialektika borliqning vujudga kelishi, uning taraqqiyoti haqidagi falsafiy ta’limot, fan hamda voqelikni bilish va unga asoslangan tafakkur uslubi hamdir. Kategoriya nima? Kategoriya so‘zi qadimgi yunon tilidan olingan bo‘lib, «izohlash», «tushuntirish», «ko‘rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Falsafa tarixida mazkur tushunchani Arastu “Kategoriyalar” 25 kitobida ilk marta obyektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida talqin etgan. Dialektikada xususiylik umumiylikning, voqelik imkoniyatning, hodisa mohiyatning, oqibat sababning, tasodifiylik zaruratning yuzaga chiqish, voqelanish shakli ekanligi sizga o‘rta maktabning “Jamiyatshunoslik” fanidan yaxshi tanish. Quyida dealektik kategoriyalar xususida biroz to‘xtalib o‘tamiz: Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling