Abuzalova M
Download 2.58 Mb. Pdf ko'rish
|
Abuzalova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Piktografiya
- Reduksiya
Pоlisintеtik tillаrga Аmеrikа hindulаri, chukоt, kоryak vа b. tillаr
kiradi. Bu tillаrning аsоsiy mоrfоlоgik хususiyati – egа, аniqlоvchi, to‘ldiruvchi vа hоlni ifоdаlаb kеlgаn so‘zlаr fе’l bilаn birikib, murаkkаb tаrkibli qo‘shmа so‘z fоrmаsigа o‘хshаsh gаp hоsil qilishidir. Bundа gаp bоshidа egа, охiridа kеsim, to‘ldiruvchi, hоl, аniqlоvchilаr esа egа bilаn kеsimning o‘rtаsidа kеlаdi. Mаsаlаn, chukоt tilidа te-аtа-kаа-nme-rkein – Mеn sеmiz bug‘ulаrni o‘ldiryapmаn. Piktografiya (lot. pictus - chizmoq) – insoniyat tarixidagi dastlabki rasmli yozuv turi. Proteza - og‘zaki nutqda so‘z boshida bitta unlining orttirilish hodisasi. Masalan, shkaf-ishkaf, sprafka-isparafka, stol-istol. Prokopa - ba’zan so‘z boshidagi unli yoki undosh tovushning tushib qolishi: yog‘ach-og‘och, yirik-irik. Qolip – yasama so‘z, so‘z birikmasi va gaplar hosil qilish sxemalari(qurilmalari, konstruksiyalari yoki modellari)dir. (Qoliplarning shakl va mazmun tomonlari mavjud.) Qoliplar ikki xil bo‘ladi: 1) so‘z yasash qoliplari va 2) sintaktik (so‘z birikmasi va gap) qoliplar. Lisoniy sintaktik qoliplar so‘z birikmasi ([H+T] =SB) va gap ([WPm]=G) umumiy (invariant) qoliplaridan iborat bo‘lib, ular o‘z o‘rnida xususiy (variant) qoliplarga ajraladi. (Qoliplar miqdoran cheklangan bo‘lib, ularning hosilalari cheklanmagan.) Reduksiya - so‘zning birinchi bo‘g‘ i nida biror unlining, odatda, tor unlining kuchsiz talaffuz qilinishi: b(i)lak, t(i)lak, b(i)roq. Singarmonizm hodisasida, odatda, unlilarning nutq jarayonida o‘zgarishi tushiniladi. (Singarmonizm tovushlarning moslashishi, uyg‘unligi demakdir.) Singarmonizm faqat turkiy tillarga xos bo‘lib, uning ikki asosiy ko‘rinishi mavjud: a) til garmoniyasi; b) lab garmoniyasi. Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Lab garmoniyasida 283 unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo‘ladi. Bunda unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik-lablanmaganlik jihatidan o‘zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Sinkopa - so‘z o‘rtasidagi va oxiridagi keng unlilar tor unlilar kabi talaffuz qilinishi va ayrim holatlarda tushib qolishi: valochka-valichka, traktor-traktir. Download 2.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling