Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet69/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

1. Izohli lug‘at. So‘zlarning ma’nosi, qo‘llanishi, nutqdagi semalari
fonetik va grammatik xususiyatlarini ochib beruvchi lug‘at. Masalan, 
“O‘zbek tilining izohli lug‘ati”. M., 1981, 1-2 jildlar (O‘TIL – 60.000dan 
ortiq so‘z va so‘z birikmasini o‘z ichiga oladi); “O‘zbek tilining izohli 
lug‘ati”. T., 2006, 5 jildli (O‘TIL – 80.000dan ortiq so‘z va so‘z 
birikmasini o‘z ichiga oladi); С.И.Ожеговning “Толковый словарь 
русского языка. 20-e изд., M., 1988. va b.. 


121 
2. Tarjima lug‘at. Bir tilga oid so‘z va iboralarni boshqa bir yoki bir 
necha tilga o‘girib ifodalovchi manbalar. Bunday lug‘atlar har bir til 
leksikografiyasida juda ko‘p tuzilgan va yaratilmoqda. Masalan: 
Nemischa – o‘zbekcha lug‘at. T., 1964;
O‘zbekcha- nemischa lug‘at. T.,1967; 
Inglizcha – ruscha, ruscha- inglizcha lug‘at. Bishkek, 1995. 
Ruscha –o‘zbekcha lug‘at. M., 1954. 
Ruscha-o‘zbekcha lug‘at. М., 1950-1955; 
Arabcha-o‘zbekcha lug‘at. 1986 va h. 
3. O‘zlashma so‘zlar lug‘ati. Bunday lug‘atlar bir tilga o‘zlashgan, 
lekin tarjima va izohni talab qiladigan so‘zlar asosida tuziladi. Usmonov 
O., Doniyorov R. “Ruscha –internatsional so‘zlar lug‘ati”ni nashr 
ettirganlar. (T., 1965) Yana «Словарь иностранных слов». 18-e изд., M., 
1989. lug‘ati ham mavjud. 
4. Tarixiy lug‘atlar. So‘zlarning qachondan boshlab va qanday kelib 
chiqishi, dastlabki fonetik, semantik, morfemik va grammatik shakllari 
rivojini ochib beruvchi lug‘atlar. O‘zbek tilida tom ma’noda bunday 
lug‘atlar hali yaratilmagan, biroq E.Fozilovning “Староузбекский язык: 
Харезмские памятники. XIV века” ( ч.1-2., T., 1966, 1971) asarini 
shunday manbalar sirasiga kiritish mumkin. 
5. Imlo lug‘ati. Muayyan bir tilning orfografik qoidalari, imloviy 
prinsiplari asosida to‘g‘ri yozishni o‘rgatuvchi lug‘atlar. O‘zbek 
lug‘atchiligida hozirga qadar 20 dan ortiq imlo lug‘atlari yaratilgan. 
Shulardan eng mukammali 1975-yilda nashr qilingan, 6500 so‘z va so‘z 
shakllarini o‘z ichiga oluvchi lug‘atdir. Lotin grafikasiga asoslangan Yangi 
o‘zbek imlo lug‘ati esa 1995-yilda bosilib chiqdi.

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling