Abuzalova M


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet71/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

13. Sinonimlar lug‘ati: Hojiyev A. O‘zbek tili sinonimlarining izohli 
lug‘ati. T., 1980; Словарь синон
и
мов русского языка. 3-e изд. M., 
1971. 
14. Omonimlar lug‘ati. Aхманова О.С. Словарь омонимов 
русского языка. M., 1974, o‘zbek tilida ham omonimlarning izohli lug‘ati 
mavjud. 
15. Antonimik lug‘at. Rahmatullayev Sh. va b. O‘zbek tili 
antonimlarining izohli lug‘ati. T., 1980. 


123 
16. Antroponimik lug‘at. Begmatov E. O‘zbek ismlari lug‘ati. T., 
1991. 
17. Toponimik lug‘at. Do‘simov Z., Egamov X. Joy nomlarining
izohli lug‘ati. T., 1977. 
18. Paronimlar lug‘ati. Ma’rufov A. Paronimlar lug‘ati.T., 1974. 
19. Terminologik lug‘at. Bunday lug‘atlar- ensiklopedik lug‘atga 
ham, lingvistik lug‘atga ham yaqin turadi. Ulardan maxsus lingvistik
lug‘at bo‘lmish Aхmаnova O. ning “Словарь лингвистических 
терминов” (1966) lug‘ati alohida o‘rin tutadi. 1925-yildan hozirgacha 
O‘zbekistonda 50dan ortiq mutaxassislik bo‘yicha 140qa yaqin atama 
lug‘atlari nashr qilingan. Hojiyev A. Tilshunoslik terminlari lug‘ati. T., 
2002 . 
20. Chastotali lug‘atlar. So‘zlarning qo‘llanilish darajasini statik 
aniqlab beradigan lug‘atlar: Штейнфельдт Э.А. Частотный словарь 
современного русского литературного языка. Taл., 1973. 
21. Chappa (ters) lug‘atlar.  So‘zning tugagan harfi asosida tuzilgan 
lug‘atlar, masalan: bola, pona, shona, dona kabi. Qo‘ng‘urov R., Tixonov 
A. Обратный словарь узбекского языка. М., 1968; Обратный словарь 
русского языка. M., 1974. 
O‘zbek leksikografiyasi uzoq va boy tarixga ega. Biroq hozirgi kun 
nuqtayi nazaridan olib qaraganda, lug‘atchiligimizda ba’zi muammolar 
ham mavjud. Ayniqsa, kundan kunga rivojlanib borayotgan davlatimiz, 
fanimiz va madaniyatimizni yuksaltirish singari ezgu vazifalar lug‘atchilik 
muammosini va lug‘atxonlik madaniyatini keskin hal qilish lozimligini 
ko‘rsatmoqda. Mustaqillikka erishgan o‘zbek xalqining ma’naviy-ma’rifiy 
yuksalishi, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” va uning oldiga qo‘yilgan 
vazifalarni bajarish, xususan, ijodiy tafakkur sohibini tayyorlash, 
ta’limning ilk bo‘g‘inlaridanoq lug‘atlardan keng, maqsadli foydalana 
oladigan, izchil va mantiqiy so‘z bankiga ega o‘quvchini tarbiyalash ham 
aynan o‘zbek lug‘atchiligini rivojlantirish va ommalashtirish tamoyili bilan 
uzviy bog‘liq. 


124 
Lug‘atchiligimizdagi bugungi eng dolzarb muammo – o‘quv 
lug‘atlarining yo‘qligidir. Afsuski, soha bu borada ancha orqada qolgan. 
O‘quv lug‘atlari –har qanday tur va hajmdagi, aynan biror tilda 
so‘zlashishni o‘rgatishga mo‘ljallangan leksikografik asar hisoblanadi. 
O‘zbek leksikografiyasida lug‘atlar yaratish borasida ancha yutuqlar qo‘lga 
kiritilgan bo‘lsa-da, o‘quv lug‘atchiligi oqsab kelmoqda. Hozirgi kunda 
o‘quvchilarimiz quyidagi lug‘atlardan foydalanib kelishmoqda: 
1. “O‘zbek tilininig imlo lug‘ati”: (Rahmatullayev Sh., Hojiyev A. 
Toshkent, 1995. Tiraj: 15000 nusxa). 
2. “Imlo lug‘ati” (Hojiyev A., Abdullayev Y., Zafarova S. T. 1-nashri, 
1964. 4-nashri 1981. Tiraj: 100000). 
3. “O‘zbek tilining orfoepik lug‘ati” (Hojiyev A. tahr. ostida T., 1977. 
Tiraj: 13000). 
Lug‘atlardan foydalanish madaniyati saviyasining shakllanganligining 
yorqin dalillaridan biri shuki, 1995-yilda atigi 150.000 nusxada nashr 
etilgan, «O‘zbek tilining imlo lug‘ati”ni hozir ham kitob do‘konlaridan 
topish mumkin. Vaholanki, agar maktab o‘quvchilarining har yillik 
miqdori qariyb 6.000.000 ekanligini nazarda tutsak, bu imlo lug‘atidan 400 
o‘quvchiga bitta lug‘at to‘g‘ri keladi. Shunisi ham borki, lotin yozuviga 
asoslangan hamda hozirgi davr talabi bo‘lgan bu imlo lug‘atidan nafaqat 
o‘quvchichilar, balki talabalar, ma’rifat va madaniyat xodimlari, davlat va 
tashkilot organlari foydalanishga ehtiyojmand. Demak, bu holda, 1500-
2000 kishiga atigi bitta lug‘at to‘g‘ri kelishi kelib chiqmoqda. Imlo lug‘ati 
bilan ta’minlanish rivojlangan davlatlarda 15-20 talabgorga bitta to‘g‘ri 
kelishini hisobga olsak, O‘zbekistonda amaliy imlo lug‘ati bilan 
ta’minlanish qariyb 70-100 baravar kamdir. Maktab o‘quvchilari uchun 
yangi yozuvda chiqarilgan “Imlo va talaffuz lug‘ati” ham mavjud bo‘lib, 
sanoqli nusxalarda chiqarilgan. Bu lug‘atdan ham keng omma foydalanish
imkoniyatiga ega emas. Shunisi achinarliki, o‘zbeklarda umuman 2000 
kishiga 1 ta lug‘at to‘g‘ri kelsa, ruslarda bitta oilaga 4-5 ta lug‘at to‘g‘ri 
keladi. Bunaqada madaniy saviyaning yuksalishi-yu, ilm-fan taraqqiyoti 
haqida so‘z borishining o‘zi foydasizdir. 


125 
Xullas, shu kabi jiddiy muammolarni hisobga olib, hozirgi o‘zbek 
leksikografiyasi o‘quv lug‘atlarini, xususan, uyadosh so‘zlar lug‘ati, 
o‘quvchilar uchun sinonimik so‘zlar lug‘ati, shakldosh so‘zlar lug‘ati, 
o‘quvchilar uchun izohli lug‘at (hayvon nomlari asosida (qar: Jumayeva 
Saodat, Murodova Zulxumor. MB. Buxoro -2004), ideografik lug‘atlar 
tuzish kabi masalalarni o‘z oldiga dolzarb vazifa qilib qo‘ydi. 
Endi, O‘TIL haqida to‘xtalsak. Ma’lumki, bu lug‘at 2 jildli, 1981-yilda 
nashr qilingan bo‘lib, umumiy izohli lug‘at hisoblanadi. 60.000 so‘zning 
izohiga bag‘ishlangan bu lug‘at o‘zbek lug‘atchiligining yutug‘i, desak 
xato bo‘lmaydi. Biroq, uzoq yillar ba’zi bir ko‘z yumib o‘tolmaydigan 
kamchiliklarning guvohi bo‘ldik. Jumladan, lug‘at maxsus mutaxassislarga 
mo‘ljallangan. Bu esa o‘zbek xalqi uchun nisbiy qiyinchiliklarni, hatto 
tushunmovchiliklarni keltirib chiqargani sir emas. Lug‘atda keltiriladigan 
ko‘pchilik tavsiflar o‘zbek ongi-shuuri, tafakkuriga mos emas. Bundan 
tashqari, lug‘atga kiritilgan so‘zlarning 40 foizi rus tilidan kirib kelgan, 
qo‘pol qilib aytganda tarjima qilingan (buni olma – meva va daraxt: 
яблоко – яблоня misolida). Shuningdek, milliy g‘oyalarimizga muvofiq 
kelmaydi. Ana shu va boshqa ko‘plab jihatlarni e’tiborga olgan holda 
O‘zRFA “Til va adabiyot instituti” ilmiy jamoasi ko‘p jildli “O‘zbek 
tilinining izohli lug‘ati”ni yaratishga kirishdilar va nihoyat 5 jildli
80.000dan ortiq so‘z va so‘z birikmasini o‘z ichiga olgan “O‘zbek tilining 
izohli lug‘ati” (T., 2006) dunyoga keldi. 
Xuddi 
shu 
fikrlarni 
70-yillarda 
yaratilgan “O‘zbek sovet 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling