Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Lеksik-sеmаntik munоsаbаtlаr dеgаndа nimаni tushundingiz? 
2. Sinоnimik munоsаbаtlаr vа dаrаjаlаnish qаtоrlаri o‘rtаsidа qаndаy 
fаrqlаr hаmdа o‘хshаsh jihаtlаr bоr? 
3. Аntоnimlаrning mаntiqiy аsоsini tаshkil etuvchi zidlikning 2 turi hаqidа 
mа’lumоt bеring. 
4. «Tur», «jins» so‘zlаrining lug‘аviy mа’nоlаrini shаrhlаng. 
5. Butun-bo‘lаk munоsаbаtlаrigа misоllаr kеltiring. 
6. LMGlаri hаqidа nimаlаr bilаsiz? Ularga misоllаr kеltiring. 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 10; 11; 22; 27; 28; 32; 37; 49] 
 
LEKSIKOGRAFIYA – LUG‘ATLARNI
O‘RGANUVCHI SOHA 
Reja: 
1. Lug‘atlar haqida umumiy ma’lumot. 
2. Leksikografiya sohasi. 
3. Lug‘at va uning turlari haqida. 
4. O‘zbek lug‘atchilikdagi muammolar. 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar: 
Lug‘at tushunchasi, leksikografiya, uning tadqiq manbai, o‘zbek 
lug‘atchiligi tarixi, lug‘at turlari, umumiy va maxsus lug‘atlar, qomuslar
lingvistik lug‘atlar, ularning turlari, tarjima lug‘atlar, izohli lug‘atlar, 
etimologik lug‘atlar, lug‘atchilikdagi muammolar, o‘quv lug‘atlari 
So‘z – serqirra hodisa. So‘z – insonlarning fikr, tushunchasi, his-
tuyg‘ularini 
ifodalabgina 
qolmay, 
uni 
o‘z-o‘zini yuksaltirishga
rivojlantirishga xizmat qilishi shubhasizdir. Chunki, so‘z tafakkurning 
in’ikosi bo‘lmish tilning mahsulidir. Ulug‘ bobokalonimiz Mir Alisher 
shunday deya e‘tirof etganlar:


119 
Insonni so‘z ayladi judo hayvondin, 
Bilkim, guhari sharifroq yo‘q ondin. 
So‘z hodisasi tilshunoslikda deyarli barcha sohalarda, lingvistik 
bo‘limlarda tadqiq etiladi. Xususan, leksikografiyada ham. Bizga 
ma’lumki, leksikografiya sohasi – (grekcha lexicon – lug‘at, leksika, 
grafo – yozmoq) lug‘atlarni yaratish nazariyasi bilan shug‘illanadi. Ho‘sh, 
lug‘at nima? U qanday tuziladi? Bu kabi savollarga javob berish uchun 
qomusiy lug‘atlar va lingvistik adabiyotlarga murojaat etamiz. 
“So‘zlarning biror maqsadda to‘planib, tartribga solingan yig‘indisiga 
lug‘at deyiladi.” 
“Lug‘at -1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida 
mavjud bo‘lgan, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar 
yig‘indisi leksika; 2) so‘zlar (yoki morfemalar, so‘z birikmasi, iboralar va 
b.) 
muayyan 
tartibda 
(alifboli, 
uyali, 
mavzuli) 
joylashtirilgan, 
tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari, yozilishi, 
talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar 
jamlangan kitob”. 
Turli turdagi lug‘atlar tuzish umummadaniy ahamiyatga egadir. Lug‘at 
alfavit tartibida tuzilib, qulay qo‘llanma sifatida xalq ommasiga bilim 
beradi, madaniy – oqartuv funksiyani bajaradi. 
Lug‘atlar ma’naviy madaniyat sohasida muhim o‘rin egallaydi, ularda 
jamiyatning ma’lum davrda erishgan bilimlari aks etadi. Lug‘atlar har 
birimizga ilmiy jarayonda to‘g‘ri va aniq ishlashga, real va obyektiv 
fikrlash va tasavvur qilishga yordam beradi. Ilk o‘zbek lug‘ati Mahmud 
Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asari bo‘lib, u qomusiy lug‘at 
hisoblanadi.
Mahmud Zamahshariyning “Asos ul-balog‘a”, “Muqaddimat ul-adab”, 
Navoiy asarlariga bag‘ishlangan “Abushqa” (16 asr) lug‘ati, Mirzo
Mahdiyxonning “Sangloh” lug‘ati, Chingiyning “Temurnoma”, Sulaymon 
Buxoriyning “Lug‘ati chig‘atoyi va turki usmoniy”, Tole Imoni 
Hiraviyning “Badoye‘ ul-lug‘at” singari qimmatli asarlari lug‘atchilikning 
nodir xazinasidan o‘rin olgan. 


120 
Yuqorida leksikografiyaning lug‘atchilik nazariyasi bilan ham 
shug‘ullanishi, ya’ni nazariy leksikografiyaga ishora qilib o‘tgan edik. Bu 
soha lug‘atshunoslik deb ham ataladi. Nazariy leksikografiya lug‘atlarning 
umumiy prinsiplari va tipologiyasini ishlab chiqish hamda yangi lug‘at 
turlarini yaratish, lug‘at strukturasini yaratish yoki o‘zgartirish (masalan, 
maqola va havolalar tartibi, illyustratsion materiallar, so‘z va 
tushunchalarga izohli yoki lingvistik tasnif berish va h.) singari dolzarb 
vazifalar bilan shug‘ullanadi. 
Lug‘atlar, asosan 2 turga bo‘linadi: qomusiy (ensiklopediya) va 
filologik (lingvistik). Ensiklopedik lug‘atlar so‘zlarning qisqacha 
ma’nosini, tushunchalar izohini berish asosida tuziladi.Qomusda barcha 
narsa va hodisalar, kishilar, fan-texnika haqida ma’lumotlar keltiriladi. 
Zaruriy xarita va rasmlar, sxemalar beriladi. So‘zning o‘zi haqida faqat 
uning kelib chiqishini ko‘rsatish bilan chegaralanadi. Shuning uchun 
bunday lug‘atlar tushuncha lug‘at, g‘arbda esa “Husanrus” deb ham 
yuritiladi. Qomusiy lug‘atlar umumiy va xususiy bo‘lishi mumkin. 
Masalan, «O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi» (13 tomlik. T., 2005) 
umumiy qomusdir. Ammo adabiyotshunoslikka oid ensiklopedik lug‘atlar, 
qishloq xo‘jaligiga oid lug‘atlar, tilshunoslikka oid (Ахманова С. 
Словарь лингвистический терминов. M., 1966) bo‘lishi mumkin. 
Filologik lug‘atlar lisoniy birlik bo‘lmish so‘zning turli lisoniy 
xususiyatlarini yoritish, ko‘rsatishga xizmat qiladi. Ular aniq qoida va 
lingvistik prinsiplar asosida yaratiladi. Filologik lug‘atlar quyidagi turlarga 
ega:

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling