Abuzalova M


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 2.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/155
Sana04.11.2023
Hajmi2.58 Mb.
#1747415
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   155
Bog'liq
Abuzalova

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar 
1. Frаzеоlоgiya sоhаsining rivоjlаnishigа kаttа hissа qo‘shgаn оlimlаr 
hаqidа gаpirib bеring. 
2. Frаzеоlоgizm yoki ibоrаlаrning so‘zdаn fаrq qilib turuvchi qаndаy 
аsоsiy хususiyatlari bоr? 
3. Ibоrаlаrning qаndаy tаsniflаrini bilаsiz? 
4. Ibоrаlаrning sеmаntik tаbiаtini so‘zlаrаrо mа’nоviy munоsаbаtlаr bilаn 
qiyoslаgаn hоldа shаrhlаb bеring. 
5. Gаp yoki gаp bo‘lаgi vаzifаsidа kеluvchi frаzеоlоgizmlаrgа misоl 
kеltiring. 
6. Ibоrаlаr hаr bir хаlqning milliy хususiyatlаrini аks ettirаdi, dеgаndа 
nimаni tushunаsiz? 
Foydalanish uchun adabiyotlar: [1; 2; 10; 19; 20; 28; 33; 42; 47;
50; 68] 
 
MORFOLOGIYA VA SINTAKSIS MUNOSABATI 
Reja : 
1. Morfologiya va sintaksisning dialektik birligi. 
2.Nutqiy voqelanishdan umumiylikka─zotiy mohiyatdan qo‘llanishga. 
3.O‘zbek tili morfologiyasining asosiy tamoyillari. 
 
Mavzu bo‘yicha tayanch tushunchalar 


135 
Morfologiya va sintaksisning dialektik birligi, [WPm] ─ gapning 
minimal qolipi, dialektik munosabatlarning morfologik sathda namoyon 
bo‘lishi, 
qatorlanish 
(sintagmatik) 
tushunchasi, 
guruhlanish 
(paradigmatik) va pog‘onaviylik (iyerarxik) tushunchalari, birlik va ko‘plik 
son shakllarining umumiy ma’nolari 
Ma’lumki, grammatika deganda tor ma’noda morfologiya va
sintaksis, keng ma’noda esa tilning barcha qurilish sathlari 
tushuniladi. Til sathlari deganda fonetika va fonologiya, leksika va 
semasiologiya, 
frazeologiya, 
morfologiya, 
sintaksis 
va 
stilistika 
tushuniladi. Morfologiya va sintaksis bir-birini taqozo etuvchi sathlar 
sanaladi. Lisoniy birliklarga zotiy yondashuv morfologiya va sintaksisning
dialektik birligi haqida hukm chiqarish imkonini berdi. Morfologiya ─ 
grammatikaning so‘zshakl ma’nosi haqidagi sohasi bo‘lsa, sintaksis 
grammatikaning so‘zshakl vazifasi haqidagi sohasi sanaladi. Tilning
asosiy ijtimoiy vazifasi aloqa-aralashuv, insonlar orasida fikr almashtirish 
vositasi bo‘lganligi sababli sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan 
gaplarda tilning barcha sathlarining - fonologiya va fonetikaning, leksika 
va semantikaning, morfemika va morfologiyaning birliklari voqelanadi,
yuzaga chiqadi. Bu birliklardan har birini tilshunoslikning alohida-alohida 
bo‘limlari o‘rganadi. Lekin sintaksisning o‘rganish manbai bo‘lgan 
gaplarda barcha sath birliklarining belgilari jilvalanadi. Masalan: 1
Kitobni ukamga oldim. Kitobni ukam uchun oldim. 2. Salima xafa bo‘ldi. 
Salimaning kapalagi uchdi kabi hodisalar sintaktik hodisalar -sintaktik
sinonimiya deb talqin etiladi. Lekin 1-holatda morfologik birliklarning 
ma’no va vazifadoshligi, 2-holatda so‘z va ibora ma’nodoshligini 
kuzatish mumkin. Bunday morfologik hodisalarga sintaktik jihatdan 
qaraladi va sof sintaktik hodisani o‘rganish chetda qoladi. 
Yoki:  - u/ -yu
-da
lekin / ammo
yoki 
 


136 
Lola keldi -yu, men ketdim. 
shuning uchun
-ki
deb
kabi gaplar bog‘langan qo‘shma gaplar, ergashgan gaplar va ularning 
ko‘rinishlari sifatida an’anaviy tilshunosligimizda o‘rganilib kelinmoqda.
Agar diqqat bilan e’tibor bersak, bu misollarda turli xil gaplar (sintaktik
hosilalar) ni emas, balki turli bog‘lovchi vositalar bilan shakllangan 
morfologik hodisalarni - bog‘lovchilar paradigmasini ko‘rish mumkin. 
Bu yerda ham morfologik birliklarning sintaksisda "qorishilgan”ini sezish 
mumkin. "Sintaksis boshqa sathlar (ayniqsa, leksika va morfologiya) 
birliklari tajallisidan xoli bo‘lgach, behad sodda va hammaga oson 
tushunarli qoliplarning o‘zaro munosabat chizmalari shaklini oladi..." [2, 
29-30;]. Jumladan, [WPm] sintaktik qolipi ham xuddi shunday keltirib 
chiqarilgan. Buning uchun nutqdagi oddiy bir gapga murojaat qilamiz:
(Bu kunda) Latofatning murg‘akkina qalbiga shunday nogahoniy sevgi 

Download 2.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   155




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling