Abuzalova M
Ovozga taqlid nazariyasi
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Ovozga taqlid nazariyasi. Bu nazariya qadimgi yunon olimlari Demokrit
va Platonlar davrida paydo bo`lib, XX asrgacha yashab keldi. Ovozga taqlid nazariyasi talqiniga ko`ra, yer yuzida paydo bo`lgan dastlabki odamlar ongli ongsiz ravishda tevarak-atrofdagi turli – tuman predmetlarning tovushlariga, chunonchi, yirtqich hayvonlarning o`kirishi, qushlarning sayrashi, tezoqar suvning shildirashi, shamolning uvillashi kabilarga taqlid qilish natijasida nutq paydo bo`lgan. Masalan, sharshara, qarg`a, kaklik, chirillamoq, shildiramoq, g`urillamoq; rus tilida: шипет,шипение, гавкат, кукушка kabi. Agar tillardagi, jumladan, o`zbek yoki rus tilidagi so`zlar faqat taqlidlardan, to`g`rirog`i, tovushga taqlidlardan iborat emasligini hisobga oladigan bo`lsak, bu nazariyaning u darajada asosli emasligini sezamiz. Va yana aytish mumkinki, tabiatda tovush chiqaradigan predmetlar soni tovush chiqarmaydigan narsalar soniga qaraganda kamroq. Tovushsiz narsalarning (tuproq, tog`, quyosh, osmon, g`or, qor kabi) nomi qaerdan paydo bo`lgan-u, til va tafakkursiz nutq qanday yuzaga kelgan? XX asrning 90-yillarida – Avstraliya va Janubiy Amerikada topilgan, ibtidoiy formatsiyani boshidan kechirayotgan qabilalarda – o`tkazilayotgan tajribalarning ko`rsatishicha, bu tillarda tovushlarga taqlid asosida paydo bo`lgan so`zlar miqdori nihoyatda oz. Bundan tashqari, tabiatdagi tovushlarga taqlid qilish uchun insonda nihoyatda rivojlangan nutq organi bo`lishi ham zarur. Demak, ovozga taqlid nazariyasi tafakkur va tilning chambarchas bog`liqligini inobatga olmaydi, til va nutqni farqlamaydi, tilning paydo bo`lishidagi ijtimoiy zaruratni e‟tibordan chetda qoldiradi. Bu nazariya tilning paydo bo`lishi masalasini hal etmaydi. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling