Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

Undov nazariyasi. Bu nazariya tilning paydo bo`lish masalasini boshqacha 
talqin  etadi.  Ushbu  nazariya  tarafdorlari  tildagi  barcha  so`zlar  kishilarning  his  -
tuyg`ulari,  qahr-g`azablari,  hayajonlari  ta‟sirida  ixtiyoriy  yoki  ixtiyorsiz 
baqirishlari  natijasida  paydo  bo`lgan,  deb  da‟vo  qiladilar.  Bunday  so`zlarga  oh 
(ohlamoq),  uff  (uflamoq),  voy  (voyvoylamoq),  dod  (dodlamoq)  kabilarni  misol 
keltiradilar  va  tildagi  boshqa  so`zlar  esa  ana  shu  kabi  so`zlarning 
kombinatsiyalaridan  kelib  chiqqan,  deb  hisoblaydilar.  XVIII  asrda  yashagan 
fransuz  olimi  Jan  Jak  Russo  ham  shu  nazariya  tarafdorlaridan  biri  bo`lgan. 
Madomiki,  tildagi  barcha  so`zlar  haqiqatan  ham  shu  nazariya  tarafdorlari 
aytganidek  yaratilgan  bo`lsa,  tildagi  emotsiyalardan  yiroq  ming  –  minglab 
predmetlarning  nomi  qanday  paydo  bo`lgan?  Tabiiyki,  undov  nazariyasi 
tarafdorlari  bu  kabi  savollarga  javob  berishga  ojiz.  Undov  nazariyasi  tilning 
ijtimoiy  xarakterini  inobatga  olmaydi,  ya‟ni  biologik  aspektning  birgina  jihatiga 
tayanib  inson  va  kishilik  jamiyatining  paydo  bo`lishini  hisobga  olmaydi.  Bu 
g`ayriilmiy nazariyadir. 
 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling