Abuzalova M
Imo – ishoralar nazariyasi
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Imo – ishoralar nazariyasi. Bu nazariyaning asoschilari nemis olimi Vundt va akademik N.Y.Marr bo`lib, ularning fikricha, insonlar tovush tili paydo bo`lgunga qadar bir birlari bilan imo-ishora orqali aloqa qilganlar. Marrning da‟vo qilishicha , odamlar yarim million yil davomida “imo-ishora tili” orqali aloqa qilganlar va keyinchalik bu tovush tiliga aylangan. Agar insoniyatning hayvonot dunyosidan ajralib chiqqanligini, qorin to`yg`azish maqsadidagina mehnat qilganligini, jamoa bo`lib mehnat qilish natijasida tilning paydo bo`lishiga ehtiyoj tug`ilganligini hisobga olsak, kishilarning muhim aloqa vositasi bo`lgan tilga imo- ishora juda kichik bir qo`shimcha vosita bo`lganligini anglab yetish qiyin emas. Demak, inson nutqi taraqqiyotining ma‟lum bir bosqichida imo-ishora tili kishilarning o`zaro aloqa qilishlarida yagona vosita bo`lgan edi, degan fikr ilmiy jihatdan asosli emas. XIX asrning ikkinshi yarmida ijtimoiy kelishuv nazariyasi ham paydo bo`ldi. Bu nazariya vakillarining fikricha, narsa- buyum, voqea- hodisalarni nomlashda odamlar o`zaro kelishib olishgan. Bu fikr ijtimoiy kelishuv nazariyasining ham asosi aniq emasligini ko`rsatib turibdi. Vaholanki, o`zaro kelishuv vositasi, asosan, tildir. O`zaro ijtimoiy kelishuv uchun insonda yuqori darajada rivojlangan tafakkur va til bo`lmog`i zarur. Bu nazariya tilning paydo bo`lishini emas, balki til rivojlanishining ba‟zi tomonlarinigina ko`rsatib bera oladi, xolos. Yuqorida sanab o`tilgan nazariyalarning hech biri tilning paydo bo`lishi masalasini inson, tafakkur va jamiyatning paydo bo`lishi bilan bog`lab o`rganmaydi. Shunga ko`ra, ular tilning kelib chiqishi va rivojlanishi masalasini to`g`ri yoritishga ojizdir. Bu masalaga XIX asr oxiri XX asr boshlarida paydo bo`lgan dialektik matearializm asoschilari, yuqoridagilardan farqli o`laroq, bir qadar to`g`ri yondashadilar. Dialektik materializm oqimining namoyandalari nemis olimlari K.Marks va F.Engelslar bo`lib, ular “Maymunning odamga aylanish protsessida mehnatning roli”, “Oila, xususiy mulk va davlatning kelib chiqishi” kabi qator asarlarida tilning paydo bo`lishi muammosiga katta e‟tibor qaratganlar. Ularning yozishlaricha, bundan taxminan bir million yillar muqaddam yer yuzida odamsimon maymunlarning juda taraqqiy etgan nasli yashagan. Ular, odatda, yerda yurishgan, oldingi ikki oyoqlari qo`l vazifasini bajargan. Odamsimon maymunlar oldingi oyoqlari bilan dastlab tabiatdagi tayyor predmetlardan qurol sifatida foydalanganlar va ko`proq tik yurishni o`rgana boshlaganlar. Tik yurish asta-sekin ular uchun hayotiy zaruratga aylangan, shu tariqa ozod bo`lgan qo`l borgan sari ko`proq va turli-tuman ishlarni bajarishga moslashgan. Kishilik jamiyatining, til va tafakkurning paydo bo`lishi mehnat tufayli maymunning odamga aylanishi bilan bog`liq. Bu nazariya bir qancha asosli biologik va sotsial faktorlarga tayanib, ilmiy farazlar qiladi. Hozirgi tarix, antropologiya kabi ko`pgina fanlar odam, jamiyat, til, tafakkur va nutqning paydo bo`lishi to`g`risidagi talqinlarda shu ilmiy farazlardan foydalanadi. Biroq, shuni ham ta‟kidlash zarurki, keyingi yuz yillar davomida odamsimon maymunlar ustida olib borilayotgan maxsus tajribalar “odam odamsimon maymunlardan tarqalgan” degan fikrni bir qadar rad etmoqda. Diniy ta‟limotga oid muqaddas kitoblarda esa til insoniyatga olloh tomonidan in‟om etilgan ne‟matdir, mazmunidagi fikrlar ilgari suriladi. Xullas, tilning kelib chiqishi tafakkurning paydo bo`lishi, qolaversa, yer yuzida inson zotining paydo bo`lishi kabi muammolar bilan uzviy bog`liq bo`lib, bu muammolar insoniyat tarixida uzil – kesil yechimini topgan emas. Yuqorida bayon etilgan fikrlardan ma‟lum bo`ladiki, til hayvonot dunyosidan ajralib chiqqan kishilar ibtidoiy jamoasining mehnat jarayonida eng zaruriy ehtiyoji natijasida paydo bo`lgan. Garchi qadimgi ibtidoiy jamoa tillarning qachon paydo bo`lganligi, u tillar qanday til ekanligi, ularning lug`at tarkibi, grammatik qurilishi nimalardan iboratligini isbotlovchi dalillar bo`lmasa-da, yozuv paydo bo`lgandan keyingi, ya‟ni bundan 15-20 ming yillar oldin yozib qoldirilgan yodgorliklarga asoslanib, ba‟zi tillarning shakllanishi va taraqqiyoti to`g`risida mulohaza yuritish mumkin. Bu xususda keyingi mavzularimizda batafsil to`xtalamiz. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling