Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

assimilyatsiya  deyiladi.  Assimilyatsiya  ikki  xil  bo`ladi:  progressiv  assimilyatsiya 
va regressiv assimilyatsiya. Agar oldingi tovush keyingi tovushni o`ziga o`xshatsa, 
moslashtirsa,    progressiv  assimilyatsiya  yuz  beradi:  ket+di=ketti,  ayt+di=aytti, 
ot+dan=ottan, yurak+ga=yurakka.  
Keyingi  tovush  oldingi  tovushga  ta‟sir  qilib,  uni  o`ziga  o`xshatsa, 
moslashtirsa, 
regressiv 
assimilyatsiya 
yuz 
beradi: 
yigit+cha=yigichcha, 
yoz+sin=yossin, uch+so`m=usso`m, tuz+sin=tussin. 
   
Rus  tilida  отдать  so`zi  oддать  tarzida  talaffuz  etiladi.  Bu  ham  regressiv 
assimilyatsiyaga  misol  bo`ladi.  Regressiv  assimilyatsiya  odatda  progressiv 
assimilyatsiyaga  nisban  nutqda  kamroq  uchraydi.  Chunki  assimilyatsiyaning  bu 
turida  keyingi  tovush  oldingi  tovushni  o`ziga  moslashtiradi.  Demak,  talaffuz 
jarayoni  boshlanmasdan  burun  so`zining  talaffuz  texnologiyasi  haqidagi  tasavvur 
ham hosil bo`lmog`i lozim.  
Assimilyatsiya to`liq va qisman bo`lishi mumkin. 
To`liq  assimilyatsiyada  bir  tovush  ikkinchi  tovushga  aynan    moslashadi  va 
to`lig`icha  uning  tusiga  kiradi.  Yuqorida  keltirilgan  so`zlarning  hammasi  to`liq 
assimilyatsiyaga  misol  bo`ladi.  Qisman  assimilyatsiyada  nutq  tovushlaridan  biri 
ikkinchisini  biror  tomondan  qisman  o`xshatadi    (moslashtiradi):  osh+ga-oshka, 
ish+ga-ishka so`zlarida jo`nalish kelishigidagi [g] tovushi oldingi [sh] tovushining 
ta‟sirida  [k]  tovushiga  aylanmoqda.  Bu  so`zda  qisman  assimilyatsiya  yuzaga 
kelmoqda,  ya‟ni  [g]  jarangli  tovushi  o`zidan  oldingi  [sh]  tovushiga  faqat  bir 
tomonlama  –  jarangsizlanish  tomonidan  o`xshamoqda,  xolos,  lekin  to`liq  uning 
tusiga  kirgan  emas.  [Uchta]  leksemasining  ushta,  [pochta]  leksemasining  poshta 


deb  talaffuz  qilinishi  ham  shu  hodisaga  misol  bo`la  oladi.    Rus  tilidagi  кaробкa, 
вoдкa: inglizcha: goodscats so`zlarida ham shu turdagi assimilyatsiya mavjud.  

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling