Adabiyotlar:
1.Азизов О. Тилшуносликка кириш. Тошкент, 1996.
2.Баскаков Н.А. ва б. Умумий тилшунослик. Тошкент, 1979.
3. Нурмонов А., Собиров А., Қосимова Н. Ҳозирги ўзбек адабий тили.
(Академик лицейлар учун дарслик). Тошкент, 2001.
Mavzu: Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar
Reja:
1.Kombinator tovush o`zgarishlari.
2. Pozitsion tovush o`zgarishlari.
3. Fonetik o`zgarishlarning imlo bilan bo`g`liq tomonlari.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Kombinator va pozitsion o`zgarishlar, singarmonizm, assimilyatsiya,
dissimilyatsiya, metateza, proteza, epenteza, eliziya, diereza, reduksiya, apakopa,
sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa.
Fonema nutqda voqealanar ekan, uning variantlari nutqiy sharoit (yonma-yon
kelgan tovushlar yoki qo`shimchalar ta‟siriga uchrashi) tufayli turlicha namoyon
bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar
kuchayib, boshqa tovushlarga almashadi. Nutq jarayonida sodir bo`ladigan
o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan,
rus tilidagi лодка va город so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya‟ni
jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi.
Лодка va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta‟sirida yuz bersa, город
va obod so`zlari talaffuzida o`zgarish tovushning so`z tarkibidagi mavqeyi bilan
bog`liqdir. Birinchi holat kombinator o`zgarish bo`lsa, ikkinchi holat pozitsion
o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |