1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi.
Unlilarning nutq jarayonida o`zgarishi singarmonizm deyiladi. Singarmonizm
unlilarning moslashishi, uyg`unligi demakdir. Singarmonizm faqat turkiy tillarga
xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud:
a) til garmoniyasi;
b) lab garmoniyasi.
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til
orqalik jihatdan bir-biriga moslashadi. Masalan, qalam so`zidagi [q] undoshi
chuqur til orqa undoshi bo`lganligi bois, birinchi bo`g`indagi [a] unlisi ham til
orqalik xususiyatiga ega bo`ladi. Buning natijasida esa keyingi bo`g`inda [a]
tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q]
undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi.
Lab garmoniyasida unlilarning moslashishi ikki tomonlama bo`ladi. Bunda
unlilar ham til oldi - til orqalik jihatidan, ham lablanganlik- lablanmaganlik
jihatidan o`zaro, shuningdek, undoshlarga ham moslashadi. Bunga ko`ra, so`z
boshidagi unli lablangan til oldi unlisi bo`lsa, so`z oxirida ham lablangan til oldi
unlisi keladi. So`z boshidagi unli lablangan til orqa unlisi bo`lsa, so`z oxiridagi
unli ham lablangan til orqa unlisi bo`ladi. Masalan, boshqird, sog`in, bo`g`in
so`zlaridagi kabi.
2. Assimilyatsiya. Nutq tovushlari qator kelganda ba‟zan bir-biriga ta‟sir
qilib, biri ikkinchisini o`ziga moslashtiradi. Nutqdagi bunday hodisa
Do'stlaringiz bilan baham: |