Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
fonema va transkripsiyadir.
Nutq tovushlarining, yozuvdagi shartli ifodasi harf hisoblanadi. Tovush bilan harfni farqlash lozim, ular bir narsa emas. Tovush nutqqa xos birlik bo`lsa, harf yozuvga tegishlidir. Harf ham ijtimoiy qiymatga ega, biroq u o`z ijtimoiy xizmati bilan tovushga teng kela olmaydi. Tovushga nisbatan harfning vazifasi bir qadar chegaralangan. Chunonchi, o`t (olov), o`t (maysa), o`t (fe‟l), o`tkazmoq, o`tqazmoq, o`tqizmoq, noo`rin, do`ppi, o`n, o`q so`zlarining hammasida [o`] tovushi ishtirok etadi. Ammo bu so`zlar tarkibidagi [o`] tovushining talaffuzi aynan bir xilda emas, ma‟lum darajada farqlanadi. Yozuvda esa tovushning serqirraligi hisobga olinmaydi va birgina harf bilan ifodalanaveradi. Zero, harf yuqorida ta‟kidlaganimizdek, tovushning barcha xususiyatlarini aks ettira olmaydi. Tovush so`zining faqat moddiy qobig`igina bo`lib qolmay, balki so`z va so`zshakllarni o`zaro farqlash, ma‟no ajratish vazifasini ham bajaradi. Bu sizga “Fonema” mavzusidan yaxshi tanish. Demak, nutq tovushlari ifodasining yana bir ko`rinishi fonema bo`lib, fonemani harfdan farqlash juda zarurdir. Ma‟lumki, fonema eng kichik til bo`lagi bo`lib, so`zlarni, morfemalarni o`zaro farqlashga xizmat qiladi. Masalan, tor, tar, ter, tir, tur, to`r so`zlarida [a], [o], [e], [i], [u], [o`] unlilari fonemalar hisoblanadi. Sor, bosh, qol, dog`, nok, goh, joy kabi so`zlarda [s], [r], [b], [sh], [q], [l], [d], [g`], [n], [k], [g], [h], [j], [y] undoshlari ma‟no farqlovchi fonemalardir. O`rdak so`zidagi har bitta tovush (harf) alohida fonemadir. Ammo o`, r, d, a, k, tovush (harf)lari alohida olib qaralganda fonema bo`la olmaydi. Fonema bilan harf tushunchalari o`zaro uzviy bog`liq, ammo ular aynan bir narsa emas. Harf yozuv birligi, fonema esa tilshunoslikning “Fonologiya” sathida o`rganiluvchi til birligidir. Muayyan til yoki shevadagi tovushlar talaffuzini, ayrim shaxslar nutqini maxsus belgilar orqali aynan yozib olish transkripsiya deyiladi. Transkripsiya latincha “transciptio” so`zidan olingan bo`lib, “qayta yozish” degan ma‟noni bildiradi. Fan olamida transkripsiya so`zi turli ma‟nolarda qo`llaniladi. Masalan, biologiyada tirik hujayralarda matritsa – dezoksiribonuklein kislota (DNK)da ribonuklein kislota (PNK) biosintezining amalga oshish jarayoni tushinilsa, musiqada ayrim musiqa asarini boshqacha tarzda – biror so`zga moslab ifodalash (aranjirovka) yoki erkin qayta ishlash tushiniladi. Tilshunoslikda esa keng ma‟noda atoqli – geografik, tarixiy va boshqa nomlarning ma‟lum bir qoida asosida berilishi; tor ma‟noda esa transkripsiyaga yuqorida berilgan ta‟rif asosi anglashiladi. Bu atama ko`pincha keyingi ma‟noda ishlatiladi. Demak, transkripsiya nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq ifodalsh vositasi bo`lib, yozuvning shartli, sun‟iy turidir. Transkripsiya o`rganish nima uchun kerak? Bu savolga shunday javob berish mumkin: birinchidan, transkripsiya og`zaki nutq jarayonida talaffuzning yozuvda aks ettirilmagan tovush xususiyatlari va yozuvdagi matnlarni to`g`ri va juda aniq ifodalash uchun zarur; ikkinchidan, qadimgi yozuvlarni to`g`ri o`qish, o`rganish, o`qilishi qiyin va murakkab bo`lgan ieroglifik va bo`g`inli yozuvlarni o`rganish uchun zarur; uchinchidan, orfografiya qoidalarida tarixiy- an‟anaviy tamoyil saqlangan tillarni o`rganish ishlarini osonlashtiradi; to`rtinchidan, chet tillarning talaffuzini o`rganishda katta ahamiyatga ega. Transkripritsiya tamoyillari o`ziga xos xususiyatlarga ega bo`lib, u orfografiyaning fonetik, morfologik, shakliy va tarixiy – an‟anaviy prinsiplaridan farq qiladi. Transkripsiyaning asosiy tamoyiliga ko`ra so`zlar qanday eshitilsa, shunday yozib olinadi. Bu holat qisman orfografiyaning fonetik prinsipiga o`xshaydi. Biroq orfografiyada odatda bir tovush bitta harf bilan ham, ba‟zan bitta tovush ikki harf bilan ham yoki, aksincha, ikki tovush bitta harf bilan (bunda kirill alifbosidagi e, ѐ, ю, я grafemalari nazarda tutilmoqda) berilishi ham mumkin. Transkripsiyada esa hamma vaqt bir tovush harf (belgi) bilan beriladi. Transkripsion belgilar xalqlar o`rtasida keng tarqalgan an‟anaviy alifbolar asosida tuziladi. Ularga qo`shimcha belgilar ham qo`shiladi. Transkripsion belgilar soni asos qilib olingan alifbo harflari sonidan ko`p bo`ladi. Asosiy transkripsion belgilarga qo`shiladigan qo`shimcha belgilar diakritik belgilar deyiladi. Transkripsiyada yozib olinayotgan materialni mumkin qadar aniq qilib berish maqsadida shartli belgilardan ham foydalaniladi. Transkripsiyada ishlatilishi mumkin bo`lgan ba‟zi shartli ifoda va diakritik belgilar haqida ma‟lumot beramiz. [ ] – umumiy matndan ajratilib, transkripsiya uchun tanlangan so`zlar ko`rsatiladi. // - bu belgi ikkita shaklning bajaradigan funktsiyasi (vazifasi) jihatdan teng huquqqa ega ekanligini ko`rsatish uchun qo`llaniladi: - dek // - day Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling