= - bu belgi tarjima bilan asl matn yoki asosiy mant bilan transkripsiyadagi
izoh orasiga qo`yiladi.
> - biror so`z yoki shaklning boshqa so`z yoki shaklga o`tganligini
ifodalaydi. Masalan, durur > dir, bu kun > bugun kabi.
< - bu belgi biror so`z yoki shakl qaysi so`zdan yoki shakldan kelib
chiqqanligini ko`rsatadi. Chunonchi, bilan < ila , uchun < -chun kabi.
/ - bir shevadagi shakllarning variantlarini ko`rsatish uchun qo`llaniladi.
Masalan, qipchoq shevalaridagi – di / -ti, -di‟ / - ti‟ kabi.
: - bu belgi o`zidan oldingi unli tovushning to`la cho`ziqligini bildiradi:
sha: r (shahar), sa: r (sahar) kabi.Bu belgi undosh tovushdan keyin qo`yilganda
[i] unlisining kuchsizlanishini ko`rsatadi: b: lak, t: lak, p: choq kabi.
Transkripsiya, asosan, ikki xil ko`rinishga ega: fonetik transkripsiya va
fonologik transkripsiya.
Fonetik transkripsiyada har bir tovush maxsus belgi bilan ifodalanadi va u,
asosan, dialektologik ishlarda qo`llaniladi. Uning vazifasi tildagi tovushlarni
mumkin qadar, to`liq va barcha qirralari bilan ifodalashdir. Fonetik
transkripsiyada tovushlarning muayyan holatlarda artikulyatsion – akustik
tomondan o`zgarishi hisobga olinadi va so`z tarkibidagi ma‟no farqlovchi
tovushlarning har bir varianti uchun alohida belgi qabul qilinadi. Transkripsiyaning
bu turida transkriptsion belgilar kvadrat qavs ichida beriladi. Chunonchi, [k], [t],
Do'stlaringiz bilan baham: |