Adabiyotlar:
1.Aхманова O.С. Фонология. Москва, 1954.
2.Трубецкой Н.С. Oсновы фонологии . Moсква , 1960 .
3.Баскаков A., Содиқов A., Aбдуазизов A. Умумий тилшунослик.
Tошкент, 1979 .
Mavzu: Tovush ifodasi. Transkripsiya
Reja:
1. Tovush ifodasi haqida.
2. Transkripsiya – nutq tovushlarining barcha xususiyatlarini yozuvda aniq
ifodalash vositasi.
3. Transkripsiya tamoyillari to`g`risida.
4. Ba‟zi diakritik belgilarning vazifasi va ahamiyati.
5. Fonetik va fonologik transkripsiya.
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar:
Nutq tovushlarining ifodasi sifatida: harf, fonema, transkripsiya;
transkripsiyaning asosiy tamoyillari, transkripsion belgilar va alifbo, diakritik
belgilar,
fonetik
transkripsiya,
fonologik
transkripsiya,
grafematik
transkripsiya.
Havoning to`lqinlanishidan tovush paydo bo`ladi. Tevarak- atrofimizdagi
tovushlar (bir predmet ikkinchi bir predmetga urilganda, tekkanda chiqadigan
tovushlar; shamolning ovozi, mashinaning g`izzillashi kabi) mexanik tovushlar
hisoblanadi. Sizga ma‟lumki, tovushlarni fizika fani o`rganadi.
Nutq tovushlari ulardan farq qilib, o`pkadan chiqqan havo oqimining tovush
paychalarini tebratib o`tishi, nutq uzvlarining talaffuz jarayonidagi faoliyati
natijasida vujudga keladi. Nutq tovushlarining tabiatdagi boshqa tovushlardan
asosiy farqi ularning kishilar o`rtasidagi nutqiy aloqa qilish vositasining eng
kichik, asosiy tarkibiy qismi ekanligidadir. Demak, nutq tovushlari ijtimoiy
qimmatga ega ekanligi bilan ahamiyatlidir.
Nutq tovushlarining, asosan, uch xil ifodasi mavjud bo`lib, bular harf,
Do'stlaringiz bilan baham: |