Abuzalova M
Payt ma‟nosining ingliz va o`zbek tillari tizimida voqelanishi
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
Payt ma‟nosining ingliz va o`zbek tillari tizimida voqelanishi
So`z turkumlari o`zbek tilida ingliz tilida t u r k u m l a r i fe ‟llar Hoz.zamon: yozaman, yozmoqdaman. O`tgan zamon: yozdim, yozgan edim. Kelasi zamon: yozaman, yozmoqchiman. Pres.: I write. I am writing. Past: I wrote. I had written. Future: I‟ll write. Otlar Kun, kecha, kunduz, yil, sutka, fasl, sahar, asr, namozshom, oqshom, erta, peshin, tong, nahor , indin, bugun . Evening, day, night,centure, afternoon, morning, year, season, era, future,dawn, old (yosh); M u s t a q i l s o` z S ifa t Tonggi, kuzgi, qishki, bahorgi, tunggi, sirtqi, kunduzgi, kechki; Fast, early,late,slow,short (day), long (night); S on Soat 7da uyg`ondi.Mustaqilligimizga 13yil to`ldi. He came at 6 o`clock. Our republik was independent in 1991. R avish Endi, hali, boya, doim, saharlab, ertalab, mudom, faqat; Never, ever, usually, often, ago, yet, now, then, nowadays, lately, after, before, untill, forever, always, meanwile, recently; Olmos h Shu-shu (Shu-shu Fotima kelmay qo`ydi); so`roq olmoshlari: qachon? qachondan buyon? qachongacha? When? Yor da mchi so` z turkuml ari ko`ma kc hi Sayin, sari (Ko`rgan sari ko`rging kelaveradi); Yarim ko`makchi so`z: avval, keyin, so`ng;-gacha (qo`shimchasimon ko`makchi); qadar (sof ko`makchi); bilan (Qo`ng`iroq chalinishi bilan darsga kirdim); C o n j u n c t i o n s …as soon as...,...as long as …, since, before, after, until, while; bog`lov chi Dam…dam,…ba‟zan…ba‟zan, goh…goh; yukla ma Toki, -u, -yu (Qo`ng`iroq chalindi-yu, dars boshlandi). P r e d l o g s At night, on November, in 1991, in the morning, during the lesson; By four o`clock, from 5 till 6; Affiksatsiya -da (o`rin payt): peshinda,-dan (chiqish): peshindan,-ga (jo`nalish): peshinga qarab; Ko`rinadiki, har bir tilning grammatik ma‟no ifodalash usul va vositalari farq qilgani hamda har bir til o`ziga xos ichki grammatik qurilishga ega bo`lganidek, o`zbek va ingliz tillarida payt grammatik ma‟nosini yuzaga chiqarish imkoniyatlari benihoya keng va o`ziga xos, farqlidir. Qiyoslanayotgan tillar tizimida (morfologik sathda) zamon tushunchasini ifodalovchi umumiy imkoniyatlarni – ot, sifat, son, ravish va fe‟l turkumlari misolida kuzatish mumkin. Demak, o`zbek tilidagi zamon otlari ingliz tilida vaqt munosabatini anglatuvchi otlarga, payt mazmunini bildiruvchi sifat va ravishlar ma‟lum jihatdan qiyoslangan til turkumlari xususiyatlariga o`xshab ketadi. Biroq o`zbek morfologiyasida ravishlar mustaqil ma‟noli o`zgarmas so`zlar bo`lsa, ingliz tilida sof ravishlardan tashqari yasama ravishlar hosil qilinishi mumkin (late- sifat, lately-ravish). Shuningdek, differensial belgilarni yana zamon kategoriyasini ifodalaydigan fe‟llar orqali aniqlash muhimdir: payt ma‟nosini o`zbek tilidagi fe‟llar zamon qo`shimchalari orqali (sintetik usulda) ifodalasa, ingliz tili fe‟llari analitik tillarga xos bo`lgan ichki fleksiya, suppletivizm orqali yuzaga chiqaradi. O`zbek tili yordamchi so`zlar va kelishiklar vositasida ham payt ma‟nosini lisoniy ifodalashda keng imkoniyatlarga ega. Ingliz tilida esa bu vazifani predloglar o`z zimmasiga olgan (ingliz tilida predloglar kelishiklar vazifasini bajarishini esga oling). Mazkur jihatlar ham tillararo farqli tomonlarni ko`rsatib turibdi. Shunday qilib, zamon tushunchasini ifodalash imkoniyatlari tipologiyasi har bir tilning o`ziga xos sifatlarini namoyon etadi. Haqiqatan ham, til murakkab tizim bo`lib, inson tafakkuri shakllari, tushunchalarini izchil jilolantirishga qodir serqirra hodisadir. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling