Abuzalova M


Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet104/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 Leksemalarning  serqirraligi,  tasnif  va  uning  mantiqiyligi,  mustaqil  ma‟noli 
so`zlar,  bo`sh  ishora  ma‟noli  so`zlar,  yordamchi  ma‟noli  so`zlar,  o`zgaruvchi 
leksemalar,  o`zgarmas  leksemalar,  so`z  -  gaplar,  muchalanuvchilik  (gap  bo`lagi 
bo`lib  kelishi),  sonlanish,  darajalanish,  tartiblanish,  ajraluvchilik  (gap  bo`laklari 
bilan munosabatga kirishmaslik ), sintaktik aloqa vositasi. 
 
   Biz oldingi   mavzuda   tasnifning   mohiyati   nimada ekanligi, uning xususiyati  
haqida  bir  oz  to`xtalib  o`tgan edik. So`zlarning tasnifini  berishda  leksemaning  
serqirraligi  mohiyati  hamma        vaqt      diqqat      markazida      bo`lishi      kerak. 
Leksemaning har    bir    qirrasi    bir    tasnifni    yuzaga keltiradi. Chunonchi: 
     1.Bo`g'in soniga ko`ra: bir bo`g'inli, ko`p bo`g'inli.      
     2.Fonemalar miqdoriga    ko`ra:    bir  fonemali,   ikki fonemali, uch     
     fonemali... 
     3.Fonemalarni ifodalovchi harflarning tartibiga ko`ra. 
     4.Tub-yasamaligiga ko`ra:tub va yasama. 
     5.Yasalish tipiga ko`ra: diaxronik va  sinxronik. 
     6.Tuzilishiga ko`ra: sodda, qo`shma, juft, takroriy. 


     7.Shakl   va   ma‟no   munosabatiga   ko`ra:  ma‟nodosh, shakldosh, qarama- 
     qarshi ma‟noli so`zlar va paronimlar. 
     8.Qo`llanishiga ko`ra: aktiv va passiv. 
     9.Onomasiologik - nominatsion    xususiyatlariga    ko`ra; antroponim,   
      toponim, zoonim... 
     10.Vazifaviy - uslubiy  xususiyatlariga  ko`ra:   kitobiy, rasmiy, so`zlashuv. 
     11.Lug'at tarkibidagi qatlamiga ko`ra: o`z  va  o`zlashgan qatlam,  
     chegaralangan va chegaralanmagan qatlam. 
     12.Emotsional - ekspressiv    jihatiga     ko`ra: emotsional - ekspressiv    
     bo`yoqdor va bo`yoqsiz so`zlar. 
     13.So`zning ifodalaydigan kategorial umumiy ma‟nosiga ko`ra: narsa, buyum,     
     shaxs,    mavjudotlarni      atovchi      so`zlar;  belgi,  xususiyat,  munosabat        
ifodalovchi  so`zlar;  harakat-holat  ma‟nosini  bildiruvchi  so`zlar;    o`rin-payt,       
tarz-tus  ma‟nosini ifodalovchi so`zlar  va h.k. Demak, so`zlarga berilgan  xilma-
xil tasnifning mavjudligi ularning serqirraligidan dalolat beradi. Har xil tasnifning 
har  biri  o`z  o`rnida  ahamiyatlidir.  So`z  va  uni    tasniflash    asoslari  tilshunos 
I.Madrahimov    tomonidan    o`rganilib,  uning  ma‟noviy,  sintaktik,  morfologik 
guruhlanishi asoslab berilgan. 
     So`zlar ma‟noviy belgisiga ko`ra quyidagicha turkumlanadi: 
     1.Mustaqil ma‟noli so`zlar: 
     a) mavjudotlarni atovchi  so`zlar -  otlar;  
     b) belgi - xususiyatni atovchi    so`zlar – sifatlar;      
     d) harakat - holat ifodalovchi so`zlar – fe‟llar;   
     e) miqdorni  ifodalovchi  so`zlar – sonlar;  
     f) o`rin - payt, tarz - tusni ifodalovchi so`zlar- ravishlar; 
     g) taqlidni ifodalovchi so`zlar-taqlidiy so`zlar. 
     2.Bo`sh-ishora ma‟noli so`zlar-olmoshlar. 
     3.Yordamchi  ma‟noli  so`zlar:  ko`makchi,  bog'lovchi,  yuklama,  ko`makchi 
fe‟llar.  So`zlarning  mustaqil  va   yordamchi tiplarga ajralishi ularning mustaqil 
holda ma‟no ifodalay olish qobiliyatiga ko`ra belgilanadi. 
     O`zbek  tilshunosligida    olmoshlarning  doirasi    va  vazifasi  zo`rma-zo`rakilik 
bilan  cheklantirilib,  "ot,    sifat,    son    o`rnida  qo`llanuvchi  so`zlar  "sifatida  tor 
doirada tushinilgan edi. Bu o`rinda olmoshning nafaqat ot, sifat, son  o`rnida,  balki 
fe‟l,  ravish,    taqlidiy    so`z,  undov    gap,    hattoki  matnni  almashtira  olish,  ularga 
ishora  etish   xususiyati   hisobga olinmagan. Olmoshlar sinfiga: 
    - men, sen, biz, siz, ular kabi shaxsga; 
    - kim, nima,  ana,  mana, bu kabi predmetga ishora qiluvchi leksemalar
    - qanday, bunday, shunday kabi belgiga; 
    - buncha, shuncha, qancha kabi miqdorga; 
    -shunday  bo`lmoq,  shunday  qilmoq  kabi  harakat-holatga  ishora  etuvchi 
leksemalar ham  kiradi. Ishora  so`zlarning ma‟nosi matn ichida oydinlashadi. 
     Leksemalar morfologik tasnifga ko`ra ikki tipga ajratiladi: 
     1.O`zgaruvchi leksemalar. 
     2.O`zgarmas leksemalar. 


     O`zgaruvchi  so`zlar  morfologik  kategoriyalar  (son,  egalik,  kelishik,  nisbat, 
qiyoslash,  subyektiv    munosabatlar,  kesimlik,  o`zgalovchi)ning  qo`shimchalarini 
qabul qila oladi. O`zgarmas so`zlar bunday qo`shimchalarni qabul   qila   olmaydi.  
Leksemalarning morfologik imkoniyatiga ko`ra tasnifini quyidagicha beramiz: 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   100   101   102   103   104   105   106   107   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling