B. G`arbiy german guruhi; 6). Ingliz, 170 million, Buyuk Britaniya, Irlandiya, AQSH (ingliz tilini
“amerikacha shakli”), Kanada, Alyaska, janubiy Afrika Birlashmasi, Sudan, Misr,
Siriya, Falastin, Iroq, Hindiston, Avstraliya, Yangi Zelandiya (V-XI asrlarda-
qadimgi ingliz, XI-XVI asrlarda – o`rta ingliz, XVI asrdan- yangi ingliz; ingliz
adabiy tili London dialekti asosida shakllandi, jahonda xalqaro til maqomiga ega);
7). Golland flamandchasiga, 13 million, Gollandiya, Shimoliy Belgiya,Afrikadagi
buryatlar tili;
8). Friz, shimoliy Gollandiya (Germaniya bilan chegaradosh) va Nemets daryosi
orollarida;
9). Nemis tili, 80 million, Germaniya, Avstriya, shimoli g`arbiy va g`arbiy
Shveytsariya (ikki tili: quyi nemis hamda yuqori nemis adabiy til janubiy nemis
tilining shimoliy talaffuzi asosida shakllandi, eng yirik xalqaro tillardan biri);
10). Idish (tedish, yangi yahudiycha) – turli yuqori nemis dialektlari-qadimgi
yahudiy, slovyan va boshqa tillar bilan qo`shilgan holda, Germaniya, Polsha,
Ruminiya, Chexoslovakiya, Vengriya va hokazolarda tarqalgan yahudiylar tili.