Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet174/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

uv-harakat  nomi  qo`shimchasi,  chi-shaxs  oti  yasovchi  affiks,  lar-ko`plik,  ga-
jo`nalish  ma‟nosoni  ifodalaydi;  vengr  tilida  haz-uy,  hazfa-uyda,  hazak-uylar, 
hazakba-uylarda. Ko`rinadiki, turkiy tillardagi qo`shimchalar o`zakka mexanik 
ravishda  qo`shilaveradi,  lekin  o`zak  bilan  birikib,  singib  ketmaydi,  o`zakdan 
ajralib turadi. Shuningdek, turkiy tillarda prefiks yo`q (fors-tojik tillaridan kirib 
kelgan ayrim old qo`shimchalardan tashqari), ya‟ni qo`shimchalarining ketma- 
ket  qo`shilishi    natijasida  so`zning  kengayishi  faqat  bir  tomonga,  ya‟ni  o`ng 
tomonga yo`nalgan bo`ladi: maktablarga. Turkiy  tillardagi ko`makchilar otdan 
yoki  ot  vazifasidagi  so`zdan  keyin  kelib,  uni  boshqa  so`zga  –  boshqaruvchiga 
bog`laydi  va  ular  orasidagi  sintaktik  munosabatni  ifodalaydi. Masalan,  Baxtim 
uchun kurashaman. Ukam bilan bordim.  
 
    Turkiy  tillarda  grammatik  rod  (jins)  kategoriyasi  yo`q.  Shunga  ko`ra, 
gapda  so`zlarning  o`zaro  sintaktik  aloqaga  kirishuvi  o`zgacha:  turkiy  tillarda, 
jumladan,  o`zbek  tilida,  sifat,  son,  olmosh,  sifatdoshlar  ot  bilan  bitishuv 
munosabatiga  kirishadi.  Hind  –  Yevropa  tillarida  kesimning  morfologik 
belgilari  faqat  fe‟lga  qo`shilsa,  turkiy  tillarda  kesim  vazifasida  kelgan  har  bir 
so`z  turkumiga  qo`shilishi  mumkin. Qiyoslang:  Это  здание  - институт;  Bu 
bino institutdir. Men – onaman. Ko`ylagimni tiktirdim. 
 
Turkiy  tillarning  qiyosiy  –  tipologik  xususiyatlari  N.A.Baskakovning 
“Введение в изучение тюрских языков” (М., 1962) nomli kitobida atroflicha 


sharhlangan.  Jumladan,  so`zning  morfologik  tarkibi  xususida  shunday 
hodisalarni  aniqlaydi:  o`zaklar  birlamchi  yoki  tub  bo`ladi  (umumturkiy 
o`zaklar): al-olmoq, kel, min, ot (o`t), tas/tash (tosh), kyoz (ko`z) yoki yasama, 
ya‟ni  o`zak va unumsiz (o`lik)  qo`shimchalar orqali,  masalan: qoraqalpoqcha: 
jurek (yurak), qizil (qiz+il), azira (boqmoq-az+ir+a), qora kabilardir. Tas/tash 
(tosh),  qal  (qop),  ic/ish  (ish),  at  (ot  ),  qol  (qo`l)  va  hokazolar  predmetlarning 
nomini  atab,  ot  so`z  turkumiga  kiradi  hamda  birlikdagi,  bosh  kelishikdagi 
so`zlar qatorini hosil qiladi
3
.  
 
Aq,  sari,  qara,  biyik,  (baland)  o`zaklari  statik  belgini  ifodalab,  sifat  so`z 
turkumini  tashkil  qiladi.  Endi  (endi),  burun,  en  (eng)  kabilar,  deydi  olim,  
belgining  belgisini  ifodalab,  ravish  kategoriyasiga  kiradi.  Bir,  eki    (ikki), 
uch/ush (uch) tort ,(to`rt)  kabilar sonlardir. O`ay! Iq! Maa! undov va taqlidlar, 
uchin/ushin,  deyin  (-gacha)  kabilar  ko`makchilar,  -g`u  (-ku),  -ma/me  (-mi) 
(so`roq  yuklamasi)  –  yuklamalar  hamda  hem,  biraq  boglovchilar  hisoblanadi. 
Turkiy  tillarda  fe‟llar  ham  o`ziga  xos  tabiatga  ega,  ya‟ni  ular  yasalish 
xususiyatiga  ega:  tashla,  angla,  bilim,  qapshiq  (qopchiq-  qop  va  kichraytirish 
shakli  –chiq/-shiq.)  Turkiy  tillarda  fonetik  struktura-  o`zak  morfemalardagi  3 
tovushli  tarkib  bilan  ajralib  turadi.  Har  bir  o`zak  –undosh  +  unli+  undosh 
tartibidagi  yopiq  bo`gindan  iborat  (cgc).  Ikki  tovushli,  bir  tovushli  o`zaklar 
turkiy  tillarda  kam  uchraydigan  istisnolikdir,  ular  aslida  3  tovushli  tarkibning 
tarixan,  fonetik  jihatdan  qisqargan  ko`rinishidir.  3  tovushdan  ko`p  so`zlar 
boshqa tillardan o`zlashgan hisoblanadi.  
Turkiy  tillarga  xos  bo`lgan  gap  qurilishi  [WPm]  qolipi  asosida  voqelanadi. 
Предикатив  bog`lanish  [Pm]  (predikate-kesim,  m  –  shaxs/son,  zamon,  mayl, 
modallik)  orqali  yuzaga  chiqadi.  So`z  birikmasi  –gap  kengaytiruvchilari  yoki 
so`z  kengaytiruvchilaridan  iborat  bo`lishi  mumkin.  Mana  shu  sintaktik 
xususiyat  barcha  turkiy  tillar  uchun  xos  bo`lib,  bu  oilani  boshqa    tillardan, 
ulardagi  grammatik  xususiyatlardan  keskin  farqlab  turadi  (chunonchi,  Hind-
yevropa  tillarida  gap  birgina  kesimning  o`zidangina  emas,  balki  ega  va 
kesimning qat‟iy ishtiroki va tartibi (egadan keyin albatta kesim keladi ) asosida 
tuziladi).  
 
                                   
 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling