Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu: Yozuv. Yozuvning taraqqiyoti R e j a : 1. Yozuv. Yozuv va til. 2. Yozuv tarixidan. 3. Davr va yozuv taraqqiyoti.
Adabiyotlar: 1. Баскаков Н.А. Введение в изучение тюркских языков. М., «Высшая школа», 1962. 2. Рустамов А. ва б. Қадимги туркий тил. Т., «Ўқитувчи», 1992. 3. Coдиқов A. ва б. Тилшуносликка кириш. Т., «Ўқитувчи», 1981. Mavzu: Yozuv. Yozuvning taraqqiyoti R e j a : 1. Yozuv. Yozuv va til. 2. Yozuv tarixidan. 3. Davr va yozuv taraqqiyoti. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Yozuv, yozuvning tilga munosabati, yozuvning paydo bo`lishi, piktografik yozuv, logografik yozuv, xitoy ieroglifikasi, misr mixli xatlari, fonografik yozuv va uning turlari, alifbo, lotin alifbosi, kirill yozuvi. Yozuv insoniyatning tarixiy taraqqiyoti mahsulidir. U azaldan kishilarning aloqa qilishlari, fikr almashishlarida muhim rol o`ynagan. Shubhasiz, yozuv insoniyatning ulug` kashfiyoti, muvaffaqiyati hisoblanadi. U og`zaki nutq va tilga yordamchi vosita sifatida yuzaga keldi. Yozuv – muayyan bir tilda qabul etilgan va kishilar o`rtasidagi muloqotga xizmat qiladigan yozma belgilar yoki tasvirlar tizimi. Yozuv kishilik jamiyati madaniy taraqqiyotning tom ma‟nodagi, bashariyatning uzoq va murakkab tadrijiy takomili jarayonidagi omillarning eng asosiylaridan biridir. Yozuv og`zaki tilga nisbatan ikkilamchi, qo`shimcha aloqa vositasi bo`lsa-da, unga qaraganda ko`p afzalliklarga ega. Xususan, tilning asosiy vazifasi – kishilar o`rtasidagi aloqani ta‟minlashdir. Tilning kommunikativ vazifasi yozuvsiz amalga oshishi mumkin emas. Tilning estetik, gnosiologik (bilish) kabi asosiy vazifalarini ham yozuvsiz tasavvur qilish qiyin. Ayniqsa, tilning insoniyat qo`lga kiritgan tajriba-bilimlarini saqlash va avlodlarga yetkazishdan iborat vazifasi bevosita yozuv orqali bajariladi. Tovush tili uchun noqulaylik tug`diruvchi masofa va vaqt omili yozuvning bu borada ustunligini dalillaydi. Bir latincha maqol bor: “Verba volant – scripta manent” – “So`zlar uchib ketadi, yozilgani esa qoladi”. Yozuv tildan ancha keyin paydo bo`lgan. Tovush tili 400-500 ming yillar ilgari yuzaga kelgan, yozuv esa 4-5 ming yil oldin paydo bo`lgan. Og`zaki nutqning zamon va makon nuqtai nazaridan cheklanganligi va uni bartaraf etish zaruriyati yozuvning paydo bo`lishiga olib kelgan. Og`zaki til talaffuz vaqtidagina va ayni paytda muayyan masofadagi (tovush to`lqinlari yetib borishi mumkin bo`lgan) kishi uchungina mavjuddir. Boshqa sharoitlarda tilga ehtiyoj paydo bo`lishi bilan inson dahosi bu ehtiyojni qondira oluvchi vositalarni qidira boshlagan, natijada belgilar tizimidan iborat yozuv dunyoga kelgan. Aslida, belgilar tizimi sifatidagi yozuv paydo bo`lishidan oldin inson ramziy vositalardan keng foydalangan. Masalan, slavyan qabilalarida non-tuz – do`stlik ramzi, trubka- tinchlik, atirgul-sevgi ramzi va h.k. belgilar “buyumli yozuv” xarakteriga ega edi. Fanda turli xil yozuv ko`rinishlari aniqlangan va yozuvning tadrijiy tarixi isbotlangandir. Piktografik (lat. pictus - chizmoq), rasmli yozuv dastlabki yozuv turidir. Piktografik yozuv ibtidoiy tasviriy san‟at namunasi bo`lib, toshlarga, suyaklarga, g`or devorlariga o`yib ishlangan. Piktografiyada hayotiy vaziyatlar (ov, sayohat), narsalar (qayiq, uy, oy, quyosh, yer), mavjudotlar (inson, sigir, qo`y) kabilar aks ettirilgan edi. Yozuvning rasm bilan aloqador hodisa ekanligini turkiy tillardagi bitik (yozuv) so`zi tarkibidagi biti-xitoycha bi: mo`yqalam bilan aloqadorligi, shuningdek, slavyan tillaridagi писать (jivopis) fe‟lining o`zagi lаt. “pingere” – rasm solmoq tushunchasi bilan bog`liqligi, gotcha melian (yozmoq) fe‟lining dastlabki ma‟nosi ham mo`yqalamda rasm solmoq bo`lib, hozirgi nemis tilida “malen” – rasm chizmoq” ma‟nosida qo`llanilishi tasdiqlab turibdi. B.N.Golovin piktografiya hodisasini shunday tushuntiradi: “Piktografik maktublar bilan muloqot qilmoqchi bo`lgan ikki hozirzamon do`stlarni tasavvur qilaylik. Ulardan biri qorong`u osmondagi yarimoy tasvirini, chiqayotgan quyosh, qayiqdagi odam, baliq va qarmoq rasmini chizdi. Keyingisi javob tariqasida botayotgan quyosh, qorong`u osmondagi yarimoy, paravoz va uch vagon va ular oldida odam hamda Moskva Kremlning tasvirini bergan. Shuningdek, vagonni quyosh bilan bog`laydigan chiziq (liniya)ni ham ko`rsatgan. Demak, bulardan birinchisining mazmuni: “Men ertaga baliq oviga boraman”. Ikkinchisi esa: Bugun kechqurun (oqshomda) men poezdda Moskvaga ketaman”, - degan ma‟nolarni anglanadi. 1 Darhaqiqat, olim juda to`g`ri tasavvur, mulohaza keltiradi. Ibtidoiy tafakkur va yozuvning tabiatini shu kabi ko`rinishlarda kuzatish mumkin. Shu boisdan ham, rasmli (piktografik) yozuv dunyodagi mavjud barcha yozuvlarning kelib chiqishi uchun asos bo`lgan, degan fikrga kelish to`g`ridir. Rasmlar yordamida muayyan fikr-axborotni ifodalash, yuborish mumkin ekanligini odamlar juda qadimiy davrlarda anglab yetganlar. Shuning uchun ham rasmli yozuvning og`zaki til bilan bog`liq bo`lmaganligi uning turli til vakillari tomonidan ham tushunilaverishini ta‟min etgan, ammo unda ifodalangan mazmunning turlicha, ixtiyoriy talqin etilishiga yo`l qo`ygan, abstrakt tushunchalarni bunday yozuv orqali ifodalash deyarli mumkin bo`lmagan. Davlat tuzumi rivojlanib, turli yozishmalarga va bu yozishmalarning ayni bir xil talqin qilinishiga bo`lgan ehtiyoj kuchayib borgani sari piktografik yozuvning ojiz tomonlari ko`proq ko`zga tashlana boshlagan. Bu hol rasmli yozuvning taraqqiyotiga, ideografik va ieroglifik yozuvning shakllanishiga olib kelgan. 1 Головин Б.Н. Введение в языкознание. М., 1977. стр.: 232. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling