Abuzalova M
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
ga, sha va h.z. Agar boshqa unlini talaffuz qilish zarur bo`lsa, unda harflarning yo
ustiga, yo tagiga ma‟lum belgilar qo`yiladi. Devonagarida 50 ta belgi bor: 13 tasi unli va so`z yoki bo`g`in boshida keluvchi diftongni, 33 tasi bo`g`inni ko`rsatadi. 4 ta yordamchi belgi. Bo`g`in belgilari sillabogramma deyiladi. Bu yozuvdan Shimoliy Hindiston hindilari foydalanadilar. Arab, misr, efiopiya, yapon (kana), koreyscha (kunmun) yozuvlari ham bo`g`in- yozuv turiga kiradi. Fonografik yozuv tizimini keyingi taraqqiyoti harf-tovush yozuvi bo`lib, fanda inqilobiy hodisa sifatida e‟tirof etiladi. Bu yo`nalishdagi ilk yozuv finikiy yozuvidir. Birinchi marta sof tovush yozuvi, sanoqli harflardan iborat mukammal alfavitning yuzaga kelishi jamiyatdagi yozuvni biladigan kishilar doirasini kengaytirib yuborgan. Bu jarayon mil.av. 9-asrdan boshlangan. Hozirgi kunda bizga ma‟lum bo`lgan harf-tovush tizimidagi yozuvlarning beshdan to`rt qismidan ko`prog`i finikiy yozuvidan kelib chiqqan. Harf-tovush tizimi, hozirda, asosan 4 xil yozuv tizimidan iborat: lotin yozuvi (jahondagi 30 % aholi), slavyan – kirillitsa (10%), arab yozuvi (10%), hind yozuvi (20%). O`rta Osiyodagi xalqlar, jumladan, o`zbek xalqi turli yozuvlardan foydalanib kelgan. Bu yozuvlar avesto, pahlaviy, o`rxun-enasoy (runik), turkiy (uyg`ur), sug`d, arab, kirill, lotin yozuvlaridir. Yozuvning, xususan harf-tovush tizimining takomillashuvi – alifboni yuzaga keltirdi. Alifbo (arab alfavitining boshlang`ich ikki harfi – alif va bo nomidan olingan) – biror tilning yozuviga qabul qilingan va ma‟lum an‟anaviy tartib berilgan yozuv belgilari yoki bo`g`in belgilar (devonagari) majmui bo`lib, mil.av. 2000-yillar oxirlarida qadimgi Uyurit va finikiy yozuvi tovush tizimidan kelib chiqqan. Turkiy xalqlarning runik va turkiy (uyg`ur) yozuvlari bo`lgan. Ammo bu o`ziga xos turkiy yozuvlar alifbosi haqida ma‟lumot uchramaydi. Ularga oid harflar jadvali tovush belgilari haqidagi boshqa manbalardagi ma‟lumotlar hamda shu yozuv yodgorliklari asosida tuzilgan. Qadimgi turkiy yozma yodgorliklariga turkiy run (o`rxun-enasoy), uyg`ur va qisman moniy (monoviy), brahmon, sug`d va so`ryoniy yozuvlarida yozilgan obidalar kiradi. Run va uyg`ur yozuvlari turkiy xalqlarga xos yozuvdir. Toshga o`yib yozilgan run yozuvi XIX asr oxirida Mo`g`ulistonning O`rxun daryosi bo`yida topilib, bu yozuvni dastlab daniyalik tilshunos V.Tomson va rus turkologi V.Radlov aniqladi. Hozirgi paytgacha o`rxun yozuvida yozilgan ko`plab tosh, idish, asbob, tangalar, kitob, kitob varaqlari va ayrim qog`ozlar ham ma‟lum. Talas va Yenisey obidalaridagi yozuv O`rxun obidalariga nisbatan harflarning, shakliy variantlarining ko`pligi bilan farq qiladi. Uyg`ur yozuvida yozilgan asarlarning hammasi ham qadimgi turk davriga oid emas, chunki bu yozuv XVIII asrgacha qo`llandi. Uyg`ur yozuvini Mahmud Qoshg`ariy “turk yozuvi” deb ataydi hamda bu yozuvda 18 ta harf borligini va turkiy tillarda mavjud bo`lgan 7 ta tovush (p, j (portlovchi), j (sirg`aluvchi), f, g`, ng, g) uchun maxsus harflar yo`qligini, unlilarning esa arab tilidagidek harakatlar bilan emas, harflar bilan ifodalanishini aytib o`tadi. Mahmud Qoshg`ariy turk (uyg`ur) harflarining alohida va qo`shib yozilgandagi ko`rinishlarini bergan. Yozuv taraqqiyotida grek yozuvi, lotin yozuvi va kirill yozuvi muayyan sharoitlarda yuzaga keldi. Greklar dastlab konsonant yozuvidan fodalanishgan. Eramizdan oldingi VII-VI asrlarda vokal-tovush namunalari uchraydi. Eramizgacha 403-yilda Evklid tomonidan Afinada mumtoz grek alifbosi kiritildi. Qadimgi grek yozuvi 24 ta harfga ega (17 ta undosh va 7 ta unli). Grek yozuvi asosida latin alifbosi shakllandi. Sharqiy grek yozuvi asosida esa kirill, gruzin va arman alifbolari yaratildi. Lotin yozuvi G`arbiy Yevropada keng tarqaldi. XIV asrda qog`ozning paydo bo`lishi, kitob nashr qilishning kashf etilishi bu yozuvning keng tarqalishida muhim omil bo`ldi. Qadimgi lotin yozuvida 23 ta harf bor edi (tovushlar 35 ta bo`lgan: 16 ta unli, 19 ta undosh). Slovyan alifbosi esa IX asr oxiri – X asr boshlarida paydo bo`ldi, chunonchi, ikki ko`rinishda qo`llanila boshlandi: glagalitsa va kirillitsa. Kirill yozuvi janubiy (bolgar, serb, makedon) va sharqiy slavyanlarga tarqaldi. Bu alifbolarning yaratilishi Kirill va Mefodiy (aka-ukalar) nomlari bilan bog`liq. Kirill alifbosida 43 ta harf bor edi, tovushlar esa 44 ta: 11 ta unli va 33 ta undosh. Kirill yozuvi asosidagi zamonaviy rus alfavitida 33 ta harf, 43 ta tovush: 6 ta unli va 37 ta undosh mavjud. Aslida, yozuv va tilning taraqqiyoti bir xil, bir-biri bilan to`la mos keladigan jarayon emas. Tildagi u yoki bu o`zgarish tadrijiy ravishda, asta-sekin yuz beradi. Yozuv haqida esa bunday deb bo`lmaydi. Odamlar, aniqrog`i xalqlar til xususiyatlariga yanada moslashtirish uchun yozuvga turli o`zgarishlar kiritadilar, islohotlar qiladilar, bir yozuv tizimini boshqasi bilan almashtiradilar. Masalan, o`zbek xalqi asrlar davomida arab alifbosidan foydalanib kelgan. O`zbekistonda 1929-yilda lotin yozuvi asosidagi o`zbek alifbosiga o`tilgan, 1940-yildan esa kirill yozuvi joriy etilgan. O`zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o`zbek alifbosini joriy etish to`g`risida”gi qonun qabul qilindi. Bu qonunga va uni amalga kiritish tartibi haqidagi O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi 1995-yil 6-mayda o`zgarishlar kiritadigan qonun qabul qildi. Bu hujjatga ko`ra lotin yozuviga asoslangan yangi o`zbek alifbosi 26 ta harf va 3 ta harflar qo`shilmasidan iborat. Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling