Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
 
 
Mavzu: Turkiy tillar oilasi 
 
Reja: 
 
1.  Turkiy tillarni o`rganish tarixidan. 
2.  Turkiy tillar oilasi, uning  genealogik guruhlari haqida. 
3.  Turkiy tillarning lisoniy xususiyatlari. 
 
 
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
Turkiy  tillarning  o`rganilish  tarixidan,  ilmiy  turkiyshunoslik  asoschilari, 
turkiy tillarning geneologik tasnifi, turkiy tillar oilasi, agglyutinativ tillar, turkiy 
tillarning fonetik strukturasi. 
 
Turkiy tillarni o`rganish uzoq davrlarga borib taqaladi. Turkiyshunoslikni XI 
asrda  Mahmud  Qoshg`ariy  boshlab  berdi.  O`zining  “Devonu  lug`atit  turk” 
asarida  olim  (Qomus  Istambulda  Ahmad  Rif‟at  tomonidan  1915-1917-yillar  
(III tomlik) da nashr qilingan, shuningdek, Sim Atalay (Divanu Lug`at-it-Turk 
terkumesi) va C.Bchoskelmann (Mittelturkisscher Wortschatz nach Mahmud al-
Kasgaris  Divan  Lug`at-at-Turk)  tomonidan  tarjima  qilingan)  asosan  uyg`ur, 
xakas,  qipchoq  va  o`g`uz  tillari  materiallari  asosida  qiyosiy-tipologik 
tadqiqotlarni yuzaga chiqargan. Asarda qirg`iz, qipchoq, uyg`ur, tuxsi,yag`mo, 
chigil,  igrak,  charuk,  yemak,  boshqird  tillari  va  xalqlari  qarindosh  deyiladi. 
Bulg`or  va  suvar  tillarini  birmuncha  farq  qiluvchi,  o`g`uz  tillarini  esa  eng 
oddiy, deb hisoblaydi. Chumul, kay, yabaku, tatar, basmil xalqlari boshqa tilda 
gaplashishgan. Eng to`g`ri, ya‟ni abadiy tilga eng yaqin til  – tuxsi va yag`mo 
tillari bo`lgan. 
 
Mahmud  Qoshg`ariy  lug`atida  so`zlar  ulardagi  tovushlar  sonining  o`sib 
borishiga  ko`ra  joylashtirilgan.Ismlar  va  fe‟llar  farqlanib,  turkiy  tillarning 
fonetik  –  morfologik  tasnifi  hamda  jo`g`rofiy  yoyilganligiga  ko`ra 
xarakteristikasi  berilgan.  Tillar  tabiatini  hamda  ularning  u  yoki  bu  tasnif 
guruhiga  mansubligini ifodalovchi belgilar sifatida M.Qoshg`ariy quyidagilarni 
ko`rsatadi:  
a) соответствие (y~j) so`z boshida y-j mosligi
b) so`z boshida m~b;  
v) so`z oxirida y – n;  
g) so`z boshida t~d; 
d) so`z o`rtasida y~z. 


 
Az-Zamaxshariyning (1143-yilda vafot etgan) “Muqaddimat al-adab”  nomli 
filologik  asari  arab-fors-turk-mo`g`ul  tillari  lug`ati  sanaladi.  V.V.Bartoldning 
aniqlashicha,  bu  lug`atning  turkiy  qismi  eramizning  XII-XIII  asrlari  adabiy 
turkiy  tilini  aks  ettiradi.  Al-Andalusiy  (arab  tilshunosi)  yaratgan    lug`at  va 
grammatikada qipchoq (kuman yoki poloves) tilining o`g`uz (turkman) tili bilan 
qiyosan  elementlari  mavjud.  Jamoliddin  ibn  Muxannaning  “Xil‟at  ul-lison  va 
halibot  ul  bayon”  asari  o`g`uz  tillaridan  birining  lug`at  va  grammatikasini, 
shuningdek,  fonetik  xarakteristikasining  bayon  etilganligi  bilan  ajralib  turadi.   
b  va  m,  t  va  d  undoshlarining  boshda  f  va  n,  k  va  x  undoshlarining  boshqa 
pozitsiyalarda  kelish  xususiyatlari  ochib  beriladi.  Jamoliddin  at-Turkiyning 
“Bulg`at al-mushtak” lug`ati arab-qipchoq tillarini qiyoslash asosida tuzilgan. 
 
Misrda  arab  filologlari  tomonidan  yaratilgan  asarlar:  XV  asr  grammatik 
tadqiqoti  “Qavanin  al-Kulmiya  li-dabt  al-lug`at  at-Turkiya”  (1928-yilda 
Istambulda Kilisli Rif‟at tomonidan nashr etilgan) hamda XV asrning filologik 
asari  “Kitob  at-tuhfatuz  zakiya”  (1945-yilda  Istambulda  Basim  Atalay 
tomonidan nashr qilingan)dir. Turkiyshunoslikning yana bir tarmog`i XVIII va 
XIX  asrning  1-yarmidagi  rus  va  g`arb  tadqiqotchilarining  izlanishlari 
samarasini  o`z  ichiga  oladi.  XVIII  asrdan  turkiy  tillarni  qiyosiy  o`rganish 
sohasida F.I.Tabbert – Stralanberg (shved ofitseri) muhim o`ringa ega. U ural-
oltoy  nazariyasi-ural  (fin-ugor  va  samold)  va  oltoy  (turk,  mo`g`ul  va  tungus-
manchsjur)  tillarining  qarindoshligini  aniqlagan.  Bu  nazariyaning  tarafdorlari 
sifatida V. Shott, M.A.Kastren, O.Donner, G.Vinkler, I.Gryunsel, G.Ramatedt, 
A.Sovaneo va boshqalar ma‟lumdirlar. 
 
Ilmiy  turkiyshunoslikning  asoschilari  -  O.Byotlingk  va  V.V.Radlov 
hisoblanadi.  Turkologiyadagi
1
  qiyosiy  -  tarixiy  tadqiqot  O.Bytlingkka  tegishli 
bo`lib, unda yoqut tili va uning boshqa turkiy tillardagi  grammatik qurilish va 
leksika  bilan  solishtirilgan  tarzda  bayon  qilingan.  L.Budagov
2
  va  H.Vamberi 
ham  turkiy  tillar  leksikasi  bo`yicha  muhim  izlanishlar  natijalarini  yozib 
qoldirishgan.  V.V.Radlov  turkiy  tillarini  qiyosan  o`rganish  bo`yicha  eng 
mukammal  va  asosli  ishlar  yaratganki,  undan  keyingi  tadqiqotlar  V.V.Radlov 
ishlarining davomi va to`ldirilgan ko`rinishlari bo`lib yuzaga chiqdi. Olimning  
“Образцы  народной  литературы  тюркских  племѐн”  (т.  I-X,  СПБ,  1868-
1904),  “Опыт  словаря  тюркских  наречий”.  (СПБ,  1888-1905)  kabi  asarlari 
turkiy tilshunoslikda eng qimmatli ilmiy asarlardir. 
 
N.F.Katanova  “Опыт  исследования  урянхайского  языка  с  указанием 
главнейших  родственных  отношений  его  к  другим  языком  тюркского 
корня”  (Казань,  1903)  nomli  tadqiqoti  ham  fanda  ulkan  shuhrat  qozondi. 
Xullas,  turkiy  tillarini  o`rganish  bo`yicha  qisqacha  sharx  shulardan  iborat 
bo`lib,  turkiy  tillar,  turkiy  xalqlar    va  ularning  madaniyati  kabilar  olimlarni 
qiziqtirib kelganligini dalillaydi.  
Turkiy  tillar  –  oltoy  oilasiga  kiruvchi  hamda  genetik  va  tipologik  belgilari 
bilan  umumlashadigan  qarindosh  tillar  hisoblanadi.  Turkiy  tillarni  genealogik 
                                                 
1
 Bo`htlingk O.Ueber die sprache der Jakuten. SPB., 1851 
2
 Будагов Л. Сравнительный словарь турецко – татарских наречий. 1-П.СПБ., 1868-1871. 


jihatdan 
tasniflash 
bo`yicha 
I.N.Berdin, 
N.I.Ilminskiy, 
V.V.Radlov, 
N.A.Aristov,  N.F.  Katanov,  F.Ye.Korsh,  A.N.Samaylovich  kabi  olimlar 
izlanishlar  olib  borishgan.  Shulardan  A.N.Samaylovichning  tasnifi  keng 
tarqalgan bo`lib, turkiy tillarning barchasi 6 asosiy guruhga ajratiladi: 
1. R-guruh, bulg`or yoki chuvash: 
 1)  taxar;  2)  ura;  3)  pul;  4)  tao`//tu;  5)  sari;  6)  qalan//yo`lna;  bu  guruhga 
zamonaviy chuvash  va qadimgi bulg`or tillari kiradi. 
2. D-guruh, uyg`urcha yoki shimoliy-sharqiy:  
1)  toquz;  2)  adaq//azaq;  3)  pol;  4)  tag`;  5)  sarig`;  6)qalg`an;  bu  guruhga  3 
kichik guruhlar kiradi: 
 a)  b-guruhi:  O`rxun–Enasoy    yodgorliklari qadimgi tili,  qadimgi  uyg`ur va 
zamonaviy  karagas, salar va tuva tillari
b) z-guruh: sariq uyg`urlar, ilor va xakaslar tili;  
v) t-guruh: yoqut tili. 
3. Tao` - guruh, qipchoq yoki shimoli - g`arbiy:  
1) tog`uz; 2) ayaq; 3) bol//bul; 4) tao`; 5) sari; 6) qalg`an. Bunga:   
a) mo`g`ullargacha: oltoy tili, qirg`iz, qumiq, qorachoy-bolqor, qaraim, tatar, 
boshqird; 
 b) mo`g`ullardan so`ng: qozoqcha va no`g`aycha kiradi. 
4. Tag`liq – guruh, chig`atoy yoki janubiy – sharqiy: 
 1)  toquz;  2)  ayaq;  3)  bol;  4)  tag`;  5)  sariq;  6)  qalg`an.  Bunga  qadim 
chig`atoy, Xitoy Turkistoni aholisi tili, o`zbek tili va qora tatarlar tili kiradi. 
5. Tag`li – guruh, qipchoq – turkman:  
1)  doquz;  2)  ayaq;  3)  bol;  4)tag`;  5)  sari;  6)  qalg`an.  Bularga  xorazm 
o`zbeklarining shevasi ham kiradi. 
6.Ol- guruh, turkmancha  yoki janubiy – g`arbiy:  
1) doquz; 2) ayaq; 3) ol; 4) dag`; 5) sari; 6) qalan. Turkman, ozarbayjon va 
turk tili, gagauzlar tili ham kiradi. 
 Turkiy tillar oilasiga 30 ga yaqin til kiradi. Bu tillarda so`zlashuvchi xalqlar 
Osiyo,  Yevropa,  Amerika  va  Avstraliyada  istiqomat  qiladilar.  Bu  tillarda 
so`zlashuvchilarning aksariyati Osiyo qit‟asida yashaydi. 
 
    Turkiy  tillar  oilasiga  quyidagi  tillar  kiradi:  turk,  ozarbayjon,    turkman, 
gagauz,  qrim-tatar,  qorag`ay,  balqor,  qo`miq,  no`g`oy,  tatar,  bashqird,  oltoy, 
shor, xakas, tuva, yoqut, qirg`iz, o`zbek, qaraqalpoq, chuvash, uyg`ur, qozoq. 
Turkiy tillar quyidagilardan iborat: 
1.  Bulg`or tillari guruhi: hozirgi chuvash tili va qadimgi bulg`or va xazar tillari. 
2.  O`g`uz tillari guruhi: 
 a) turkman tili – Turkmaniston; 
 b)  turkman  tili  –  Shimoliy  Kavkaz  va  Stavropol  o`lkasida  yashovchi 
turkmanlarning tili;  
v) o`g`uz – bulg`or tillariga gagauz va balqon turklari tillari kiradi;  
g) ozarbayjon va turk tillari. 
3.  Qipchoq tillari guruhi: 
 a)  qaray  tili.  Bu  tilda  Litva,  Ukrainaning    janubida  va  Qrimda  istiqomat 
qiluvchi qaray elati so`zlashadi;  


b)  qo`miq  tilida  Dog`iston  Avtonom    respublikasida  istiqomat  qiluvchi 
qo`miqlar so`zlashadi;  
v)  qorag`oy  –  balqar  tilida  Kavkazda  yashovchi  qorag`oy  va  balqor  elatlari 
so`zlashadi;  
g) qrim - tatar tilida qrim, belarus, litva tatarlari so`zlashadilar; 
 d) tatar tili, boshqird tili; 
 j) no`g`oy tili;  
z) qoraqalpoq tili
 i) qozoq tili. 
4.  O`zbek  va  uyg`ur  tillari  guruhi.  O`zbek  tili  o`zbek  xalqining  milliy  adabiy 
tili  bo`lib,  bir-biridan  fonetik,  morfologik  va  leksik  xususiyatlari  bilan 
farqlanib  turadigan  shevalardan  tashkil  topgan.  Uyg`ur  tili  O`rta  Osiyo, 
Qozog`iston  va  Xitoy  Xalq  respublikasining  Sinsyan  –  Uyg`ur 
respublikasida yashovchi uyg`ur xalqining tilidir. 
5.  O`g`iz tillari guruhi:  
a)  Tuva  tili.  Tuva  va  Mongoliya  Xalq  respublikasi  territoriyasida  yashovchi 
tuva xalqining  tilidir;  
b) tofalar (yoki karagas) tili Krasnoyarsk  o`lkasida yashovchi elat tili. 
6.  Yoqut tili. Yoqutistonda yashovchi yoqutlarning tilidir. 
7.  Xakas tillari guruhi: xakas tili, shor tili, cho`lim tili (cho`lim tatarlari tili),  
oltoy tilining shimoliy shevalari. 
Turkiy  tillar  –  agglyutinativ  tillar  guruhiga  kiradi.  Turkiy  tillardagi 
affikslar  bir  ma‟nolidir  –  so`z  tarkibida  ishtirok  etayotgan  har  bir  qo`shimcha 
faqat  bir  ma‟noni  anglatgan  holda birin  –  ketin  yopishib  ketaveradi.  Masalan, 
o`zbek tilida o`qituvchilarga so`zida o`qi - o`zak, t-orttirma nisbat qoshimchasi, 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling