Morfologik tamoyil. Bu prinsip bo`yicha so`zshakllar qanday talaffuz
etilishidan qat‟iy nazar, bir xil yozilishi talab etiladi. Demak, morfologik
prinsip asosida yozilgan so`zlar jonli so`zlashuvdagi talaffuzga muvofiq
kelmaydi. O`zbek tilining orfografiyasi (imlo qoidalari ), asosan, shu tamoyilga
asoslangandir. Chunonchi, yozibdi, ishda, maqtamoq, to`qson, qochdi, rost,
po`stdumba, Samarqand, muomala, gazeta singari so`zlar (jonli nutqda yozipti,
ishta, maxtamoq, to`xsan, qoshti, ros, po`sdumma, Samarqan, muomila, gazet
tarzida aytilsa-da) asliga muvofiq yoziladi.
Qo`shma va juft so`zlar, ko`m-ko`k, qip-qizil kabi sifatlar, har vaqt, bir
mahal kabi ravishda ham morfologik prinsip asosida yoziladi.
Rus tili orfografik qoidalarida ham morfologik prinsip etakchi rol o`ynaydi.
Masalan, rus tilidagi часовой, города, подписка, вокзал, дорога, товар,
команда, окно, вода, совпадать singari so`zlar jonli so`zlashuvda часавой,
гарада, патписка, вакзал, дарога, тавар, каманда, акно, вада, сафпадат
tarzida aytiladi. Yuqoridagi kabi asliga ko`ra yoziladi. A.N.Gvozdevning
«Основы русской орфографии». (M., 1963, стр. 54) kitobida qayd etilgan
ma‟lumotga ko`ra, rus tili imlo qoidalarining 71,4 foizi morfologik tamoyilga
asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |