Abuzalova M


anjuman, deputat, kengash, hukumat  rahbarlari, davlat


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

anjuman, deputat, kengash, hukumat  rahbarlari, davlat kabi ijtimoiy-siyosiy 
so„zlar ko„p qo„llaniladi.Gap bo„laklari, ko„pincha, odatdagi  tartibda bo„ladi, gap 
kesimlari buyruq va xabar maylidagi fe‟llar bilan ifodalanadi. 
So„zlashuv uslubi uchun hos bo„lgan eng asosiy xususiyat bu uslubda adabiy 
til  me‟yorlariga  rioya  qilinishi  va  nutqning  dialogik  xarakterda  ekanligidir.  Bu 
uslub uchun xos bo„lgan xususiyatlar quyidagilar: 
1) uslubiy bo„yoqdor so„zlardan foydalaniladi: do„ndiq, vaysamoq, bashara 
kabi;  
2)  nutq    jarayonida  tovushlarning  tushib  qolishi,  orttirilishi  kuzatiladi: 
matbachi ( matbaachi) mazza (maza),  haqqi (haqi) kabi; 
3)  izohlovchilardan  ko„proq  foydalaniladi:  Salima  opa,    Toshpo„lat  do„xtir 
kabi; 
4) iboralar, maqol, matal, hikmatli so„zlar ko„p uchraydi: jonim chiqdi, boshi 
ochiq,... kabi; 
5) so„zlar tarkibidagi unli, undoshlarni cho„zish: ka-a-atta, huv-v-v kabi; 
6)  gap  bo„laklarining  tartibi  erkin  bo„ladi,  to„liqsiz  gaplardan,  undalmali 
gaplardan  foydalaniladi. 
Nasriy,  nazmiy  va  sahna  uchun  mo„ljallangan  dramatik  asarlar  badiiy 
uslubda  bo„ladi.  Badiiy  asarlar  kishiga  ma‟lumot  berishi  bilan  birga  obrazlar 
vositasida  estetik    ta‟sir  ham  ko„rsatadi.  Badiiy  uslub  aralash  uslub  hisoblanadi, 
chunki  bu  uslubda  yozuvchi  tilda  mavjud  bo„lgan  vositalarning  hammasidan 
foydalana  oladi.  Hatto  tasvirlanatgan  davrning  ruhini  yoki  nutq  momentida  asar 


qahramonining    holatini  tasvirlash  uchun  eskirgan  so„zlar,  vulgarizmlar,  shevaga 
xos so„zlardan ham  foydalanishi mumkin. 
Barcha  nutq  uslublari  o„zaro  aloqador  bo„lib,  bir  uslubda  boshqa  nutq 
uslublarining ko„rsatkichlari ham uchraydi. Ayni zamonda har bir uslub o„ziga xos 
fonetik, leksik, morfologik va sintaktik vositalarga ega. 
So„zlashuv  uslubida  hamda  badiiy  uslubda  fonetik  vositalardan  ko„proq 
foydalaniladi.  Fonetik  vositalar  deganda  ba‟zi  nutq  tovushlari,  urg„u,  ohang  va 
ularning nutqiy ta‟sirchanligi tushuniladi. 
So„zdagi  unlilarning  cho„zib  talaffuz  qilinishi  ajablanish,  ta‟kid, 
kuchaytirish,  hayajon,olqish,  erkalash,  yalinish  kabi    konnotativ  ma‟nolarni 
ifodalaydi.  Chunonchi,  Qorako„z  opaaa,  sizga  xaaat!  Katta  konvertda  xaaat!!! 
(N.Qobul)  Undoshlarni  ikkilantirish  kuchli  hayajonni,  qo„rquv  yoki  nutqiy 
kamchilikni ifodalashga xizmat qiladi. Masalan, Bbbo„la qoling, ssovqotib ketdim-
ku! (M.Ismoiliy) 
Leksik  uslubiyat  deganda  denotativ  va  konnotativ  ma‟noli  so„zlardan, 
ko„chma  ma‟noli  so„zlardan,  so„zlarning  shakl  va  ma‟no  munosabatiga  ko„ra 
turlari  (omonim,  sinonim,  antonim,  paronim,  giponim,  partonim...)dan,  
chegaralangan  qatlamdagi  so„zlar  (eskirgan  so„zlar,  jargon,  argo,  dialektizmlar, 
vulgarizmlar...)dan,  evfemizmlardan,  iboralardan  nutq  sharoitiga  mos  ravishda 
to„g„ri  foydalana olish usullari tushuniladi. 
Funktsional  –  uslubiy  bo„yoqqa  ham,  hissiy-ta‟sirchan  bo„yoqqa  ham  ega 
bo„lgan  grammatik  shakllarning  barchasi  morfologik  uslubiyatning  o„rganish 
obyektini tashkil etadi. 
Sintaksisning  ham  o„ziga  xos  uslubiy  imkoniyatlari  mavjud.  Nutq 
uslublariga xos turli sintaktik vositalar, so„z birikmalari va gaplardagi sinonimiya, 
polisemiya, omonimiya hodisasi, so„z tartibi, ifoda maqsadiga va tuzilishiga ko„ra 
gap  turlarining  nutqda  ishlatilishi,  ko„chirma  va  o„zlashtirma  gaplarning  uslubiy 
xususiyatlari  va  boshqalar    sintaktik  uslubiyatning  asosini  tashkil  etadi.  Sintaktik 
konstruksiyalarning  uslubiy  bo„yog„i  shu  konstruksiyalarda  ifodalangan  so„zlar, 
shaxs-son,  kelishik,  modallik  va  so„z  tartibi  kabi  grammatik  ma‟nolar  bilan 
bevosita  bog„lanadi.  Chunki  tovushlar  va  qo„shimchalar,  lug„atning  hamma 
qatlami faqat jumlada ma‟lum bir mazmun ifodalaydi. Har bir so„z va grammatik 
shaklning  mazmuni  hamda  ijtimoiy  qimmati  gap  ichida  ravshanlashadi. 
Chunonchi,  
Navdalarni bezab g„unchalar, 
Tongda aytdi hayot otini 
Va shabboda qurg„ur ilk sahar, 
Olib ketdi gulning totini... (H.Olimjon.) 
Ushbu  she‟riy  misralardagi  hamma  so„zlar  badiiylikka,  go„zallikka,  zavq-
shavqqa xizmat qilgan. Deyarli barcha so„zlar ma‟no jihatidan ko„chgan. Ayniqsa, 
salbiy bo„yoqli qurg„ur so„ziga ijobiy tus berilgan. 
Dunyo  tillarining  deyarli  barchasida  so„zlashuv,  badiiy,  rasmiy-idoraviy, 
publitsistik,  ilmiy  uslub    mavjud  bo„lib,  ular  ijtimoiy  hayotda,  o„zaro 
munosabatlarda,  nutqning  og„zaki  va  yozma  ko„rinishlarida  til  imkoniyatlaridan 
me‟yoriy  foydalanishni ta‟minlaydi. 


Biroq  til  imkoniyatlari  har  bir  tilda  o„sha  tilning  tabiati,  qonun-qoidalariga 
bo„ysungan holda turlicha bo„lib, ular o„ziga xos uslubiy vazifalarni bajaradi. Har 
bir  tilning  o„ziga  xos  bo„lgan  fonetik,  leksik,  morfologik,  sintaktik  vositalarini 
bilish, ularning har qaysisidan o„z o„rnida ustalik bilan foydalana olish muhimdir. 
Ma‟lum  bir  nutq  uslubiga  mansub  bo„lgan  jihatlarni  boshqa  uslubda  asossiz 
(noto„g„ri) qo„llash nutqiy g„alizlikni keltirib chiqaradi. 
 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling