Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Tilshunoslikdagi “uslub”, “ uslubiyat” atamalari ifodalagan ma‟nolarni
tushuntiring.
2.Uslubiyatning o„rganilish tarixi haqida ma‟lumot bering.
3. “Uslubiyat adabiyotshunoslik bilan tilshunoslik o„rtasidagi oraliq fan”
ekanligini isbotlashga urining.
4. Nutqning vazifaviy uslublarini sanab bering. “Yuragi hapriqib ketdi”
gapini turli uslublarda ifodalang.
5.Ilmiy uslubning rasmiy –idoraviy uslubdan farqli tomonlarini va o„xshash
jihatlarini aytib bering.
6.So„zlashuv uslubining o„ziga xos xususiyatlari nimada?
7.Aralash uslub haqida ma‟lumot bering.
8.Publitsistik uslubga xos nutq ko„rinishlaridan birini tanlang (istalgan
gazeta yoki jurnaldan foydalanishingiz mumkin) va uni uslubiyat nuqtayi
nazaridan tahlil qiling.
9. Fonetik uslubiyat haqida ma‟lumot bering.
10.Leksik uslubiyat deganda nimani tushunasiz?
11.Morfologik va sintaktik uslubiyatning o„ziga xos jihatlari haqida
ma‟lumot bering.
12.Nutqning vazifaviy uslublari faqat o„zbek tili uchun xosmi?
13.O„zbek va rus tillaridagi ilmiy uslubni taqqoslashga harakat qiling.
14.Nutq uslublariga rioya qilmaslik nutqiy g„alizlikni keltirib chiqarishini
misollar asosida dalillang.
Adabiyotlar:
1.Ефимов А.И. Стилистика русского языка. М., 1986.
2.Неъматов Ҳ., Бозоров О. Тил ва нутқ. Т., 1993.
3.Мўминов С. Сўзлашиш санъати. Фарғона, 1997.
4.ЎзСЭ. 10-сон. Т., 1978.
5.Қиличев Э., Қиличев Б. Нутқ маданияти ва услубият асослари. Бухоро,
2002.
6.Қиличев Э. Ўзбек тилининг амалий стилистикаси. Т., 1992.
Do'stlaringiz bilan baham: |