Abuzalova M
Mavzu: Tilshunoslik sohalari. Fonetika
Download 1.77 Mb. Pdf ko'rish
|
tilshunoslikka kirish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar
Mavzu: Tilshunoslik sohalari. Fonetika
Reja: 1. Fonetikaning o`rganish manbayi. 2. Nutqning fonetik jihatdan bo`linishi. 3. Bo`g`in haqida ma‟lumot. Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: Til sathlari, fonetika, umumiy va xususiy fonetika, qiyosiy va eksperimental fonetika, jumla (fraza), takt, bo`g`in, enklitika, proklitika, diftong, ochiq bo`g`in, yopiq bo`g`in, berkitilgan - yopiq bo`g`in, tovush. Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibini ilmiy asosda har tomonlama o`rganish natijasida tilshunoslikning bir qancha sohalari yaratildi, chunonchi, fonetika morfologiya, sintaksis, leksikologiya, semasiologiya, etimalogiya va stilistika kabilar [1, 13;]. Fonetika – tilning tovush tizimini, leksikologiya – lug`at tarkibini, morfologiya - so`z shakllarini, sintaksis – so`z shakllarining gapdagi vazifalarini, morfemika - so`z tarkibini, stilistika – nutq uslubini, semasiologiya - so`z ma‟nolarini, etimologiya – so`zlarning kelib chiqishini o`rganadi. Tilning fonetik tuzilishi, grammatik qurilishi va lug`at tarkibining har biri alohida – alohida tizimni tashkil qiladi. Ammo til sohalari (fonetika, leksika, grammatika ) shu tilga xos qonun – qoidalar asosida bir – biri bilan o`zaro munosabatda bo`lib, bir tizimni hosil qiladi. Lisoniy sathlar sirasida fonetika eng kichik tashkil etuvchi bo`lib, boshqa sathlar (leksikologiya, grammatika…) birliklari uchun moddiy asos vazifasini o`taydi. Insonning nutq faoliyati nutq birliklari bo`lmish tovushlar tizimi vositasida ro`yobga chiqadi. Nutq tovushlari o`zida uch jihatni birlashtiradi: fiziologik, akustik (fizik), funksional. Nutq tovushlarining fiziologik jihati deganda talaffuz a‟zolarining boshqarilishi, fizik jihati deganda tovushning akustikasi (eshitilish darajasi) tushunilsa, funksional jihati nutq tovushlarining sotsial tomonini, aloqa vositasi ekanligini belgilaydi. Tilshunoslikda har uchala jihatni bir – biridan ajratmagan holda tadqiq qilish kerakligi masalasida olimlar turlicha qarashlarni ilgari surganlar. Pirovard natijada, tilshunoslikda ikki – fonetika va fonologiya sohalari ajralgan. Fonetika nutqiy xususiyliklarni, fonologiya lisoniy umumiyliklarni tadqiq qilish bilan mashg`ul bo`ladigan bo`lib qoldi. Fonetika grekcha so`zdan olingan bo`lib, “tovushga xos” degan ma‟noni bildiradi. Fonetika nutq tovushlarini hosil qiluvchi talaffuz apparatini ularning vazifasini ham tekshiradi. Tilning fonetika sathida boshqa fan sohalari - adabiyotshunoslik, fiziologiya, fizika, psixologiya kabi fanlar bilan aloqa yaqqol seziladi. Fonetika nutqdagi tovush o`zgarishlari va almashinishini, urg`u, bo`g`in va ularning turlarini o`rganadi. Fonetikaning amaliy ahamiyati orfografiya masalalarini hal qilishda, chet tillarni o`rganishda, tili chuchuk bolalarning tilini tuzatishda, adabiy va dialektal talaffuz farqlarini aniqlashda namoyon bo`ladi. Fonetika umumiy, xususiy va qiyosiy fonetikaga ajraladi. Umumiy Download 1.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling