Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

 
Adabiyotlar: 
1.Азизов О. Тилшуносликка кириш. Тошкент, 1996. 
2.Баскаков Н.А. ва б. Умумий тилшунослик. Тошкент, 1979. 
3.  Нурмонов  А.,  Собиров  А.,  Қосимова  Н.  Ҳозирги  ўзбек  адабий  тили. 
(Академик лицейлар учун дарслик). Тошкент, 2001. 
 
Mavzu: Nutq jarayonidagi fonetik hodisalar 
 
Reja: 
1.Kombinator tovush o`zgarishlari. 
2. Pozitsion tovush o`zgarishlari. 
3. Fonetik o`zgarishlarning imlo bilan bo`g`liq tomonlari. 
                            
Mavzu bo`yicha tayanch tushunchalar: 
 
Kombinator  va  pozitsion  o`zgarishlar,  singarmonizm,  assimilyatsiya, 
dissimilyatsiya,  metateza,  proteza,  epenteza,  eliziya,  diereza,  reduksiya,  apakopa, 
sinkopa, sinerezis, epiteza, prokopa.  
 
     Fonema  nutqda  voqealanar  ekan,  uning  variantlari  nutqiy  sharoit  (yonma-yon 
kelgan  tovushlar  yoki  qo`shimchalar  ta‟siriga  uchrashi)  tufayli  turlicha  namoyon 
bo`ladi. Ayrim tovushlar yondosh tovushlarga moslashadi, ayrimlarida o`zgarishlar 
kuchayib,  boshqa  tovushlarga  almashadi.  Nutq  jarayonida  sodir  bo`ladigan 
o`zgarishlar tovushlarning kombinator-pozitsion o`zgarishlari deyiladi. Masalan, 
rus tilidagi лодка va город so`zlarida [d] tovushi [t] tarzida talaffuz qilinadi, ya‟ni 
jarangsizlashadi. O`zbek tilida yutdi va obod so`zlarida ham shu holat yuz beradi. 
Лодка va yutdi so`zlarida jarangsizlanish qo`shni tovush ta‟sirida yuz bersa, город 
va  obod  so`zlari  talaffuzida  o`zgarish  tovushning  so`z  tarkibidagi  mavqeyi  bilan 
bog`liqdir.  Birinchi  holat  kombinator  o`zgarish  bo`lsa,  ikkinchi  holat  pozitsion 
o`zgarishdir. Biz quyida shu o`zgarishlar haqida fikr yuritamiz.  



Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling