Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet41/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

1. Singarmonizm. Bu hodisada unli va undoshlarning o`zgarishi farqlanadi. 
Unlilarning  nutq  jarayonida  o`zgarishi  singarmonizm  deyiladi.  Singarmonizm 
unlilarning  moslashishi,  uyg`unligi  demakdir.  Singarmonizm  faqat  turkiy  tillarga 
xosdir. Uning ikki asosiy ko`rinishi mavjud
a) til garmoniyasi
b) lab garmoniyasi. 
Til garmoniyasida unli tovushlar yumshoqlik va qattiqlik, til oldilik yoki til 
orqalik  jihatdan  bir-biriga  moslashadi.  Masalan,  qalam  so`zidagi  [q]  undoshi 
chuqur  til  orqa  undoshi  bo`lganligi  bois,  birinchi  bo`g`indagi  [a]  unlisi  ham  til 
orqalik  xususiyatiga  ega  bo`ladi.  Buning  natijasida  esa  keyingi  bo`g`inda  [a] 
tovushi ham til orqa unlisi sifatida namoyon bo`ladi. Demak, birinchi [a] unlisi [q] 
undoshiga, keyingi bo`g`indagi [a] esa oldingi bo`g`indagi [a] unlisiga moslashadi.  
Lab  garmoniyasida  unlilarning  moslashishi  ikki  tomonlama  bo`ladi.  Bunda 
unlilar  ham  til  oldi  -  til  orqalik  jihatidan,  ham  lablanganlik-  lablanmaganlik 
jihatidan  o`zaro,  shuningdek,  undoshlarga  ham  moslashadi.  Bunga  ko`ra,  so`z 
boshidagi  unli  lablangan  til  oldi  unlisi  bo`lsa,  so`z  oxirida  ham  lablangan  til  oldi 
unlisi  keladi.  So`z  boshidagi  unli  lablangan  til  orqa  unlisi  bo`lsa,  so`z  oxiridagi 
unli  ham  lablangan  til  orqa  unlisi  bo`ladi.  Masalan,  boshqird,  sog`in,  bo`g`in 
so`zlaridagi kabi. 
2.  Assimilyatsiya.    Nutq  tovushlari  qator  kelganda  ba‟zan  bir-biriga  ta‟sir 
qilib,  biri  ikkinchisini  o`ziga  moslashtiradi.  Nutqdagi  bunday  hodisa 

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling