Abuzalova M


g`-r:  to`g`ramoq-to`rg`amoq


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet44/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

g`-r:  to`g`ramoq-to`rg`amoq,  n-m:  aylanmoq-aynalmoq  va  b.  Chunonchi,  rus 
tilidagi  тaрeлka  so`zi  aslida  nemischa  talerka  shaklida  bo`lgan,  arabcha  oqvot 
so`zi o`zbek tiliga ovqat tarzida qabul qilingan. Demak, bu hodisa chetdan kirgan 
so`zlarda ko`proq uchraydi. 
Proteza.  So`z  boshida  bitta  unlining  orttirilishi  proteza  hodisasi  sanaladi. 
Odatda, sonor [r] tovushidan  oldin [o`] va [i] unlilari orttiriladi: ro`mol-o`ramol, 
ro`za-o`raza,  rayhon-irahon,  rozi-irozi,  rais-irais,  rang-irang,  ro`zg`or-o`razg`or 
kabi.  Ayrim  holatda  so`z  boshida  sirg`aluvchi  va  portlovchi  ikki  undosh  qator 
kelganda  [i]  unlisi  orttirilishi  mumkin:  shkaf-ishkaf,  sprafka-isparafka,  stol-istol,  
shtraf-ishtarap, stansiya- istansa. 
Epenteza.  So`z  boshida,  o`rtasida  va  oxirida  ikki  undosh  qator  kelganda  
ular orasida [i], ba‟zan [u] va [a] unlisi orttiriladi: fikr-fikir, hukm- hukum, doklad-
dakalad, klass-kilass.  
Epiteza.  So`z  oxirida  bir  o`rinda  kelgan  ikki  undoshdan  so`ng  [a] 
tovushining  qo`shilish  hodisasidir:  disk-diska,  bank-banka,  tank-tanka,  kiosk-
kioska, otpusk-otpuska kabi. 
Prokopa.  Bunda so`z boshida ba‟zan unli yoki undosh tovush tushib 
qoladi: yiroq-iroq, yigna- igna, yog`ach-og`och,  yirik-iri.  

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling