Abuzalova M


Download 1.77 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/186
Sana02.01.2022
Hajmi1.77 Mb.
#197102
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186
Bog'liq
tilshunoslikka kirish

  
Sinkopa  hodisasiga    binoan  so`z  o`rtasidagi  va  oxiridagi  keng  unlilar  tor 
unlilar kabi talaffuz qilinadi va ayrim holatlarda tushib qoladi:  valochka-valichka, 
traktor-traktir, avtor-avtir, director-direktir, generator-generatir kabi. 
  
Apakopa so`z  o`zagidagi oxirgi unli yoki undoshning tushishi hodisasidir: 
do`st-do`s, xursand-xursan, gazeta-gazit, smena-smen va h. 


  
Sinerezis  hodisasiga ko`ra so`z o`rtasida bir joyda kelgan ikki unlining biri 
kuchsizlanadi  va  nutqda  tushib  qoladi. Ikkinchi    unli  fonema  esa  cho`ziq  talaffuz 
etiladi:  maorif-mo:rif,  saodat-so:dat,  qiroat-qiro:t,  jamoat-jamo:t.  Bu  hodisa  asl 
o`zbekcha so`zlarga xos emas. 
Reduksiya. So`zning birinchi bo`g`nida biror unlining, odatda, tor unlining 
kuchsizlanib  talaffuz  qilinishidir.  Masalan,  bir,  bil,  til  sozlari  bir  bo`g`inli 
bo`lganligi va urg`u shu so`zdagi [i] unlisiga tushganligi tufayli bu so`zlardagi [i
unlisi me‟yordagidek talaffuz qilinadi va eshitiladi. Lekin shu so`zlarning oxiriga 
ikkinchi  bir  bo`g`in  qo`shilishi  bilan  urg`u  ham  ikkinchi  bo`g`inga  ko`chadi. 
Natijada  birinchi  bo`g`indagi  [i]  unlisi  kuchsizlanadi  va  eshitilar-eshitilmas  holda 
sust  talaffuz  qilinadi:  bilak,  tilak,  biroq.    Birinchi  bo`g`indagi  urg`ularning  ana 
shunday  kuchsizlanib  talaffuz  qilinishi  reduksiya  hodisasiga  misol  bo`la  oladi 
(reduksiya  so`zining lug`aviy  ma‟nosi  “kuchsizlanish”,  “orqaga  qaytish”,  “pastga 
tushish” demakdir). Reduksiyaga quyidagi so`zlarning birinchi bo`g`nida kelgan [i
ning  kuchsizlanib talaffuz  qilinishi  ham misol bo`la oladi: pishiq, shira, pishak, 
qiliq,  ichak  kabi.  Reduksiyaning  ikkinchi  bo`g`inda  kelish  hollari  ham  uchrab 
turadi.  Bu  hodisa  so`zga  uchinchi  bo`gin  qo`shilganda  sodir  bo`ladi  -  ikkinchi 
bo`g`indagi  unli  tamoman  kuchsizlanib,  tushib  qoladi.  Masalan,  burun-  burni, 
bo`yin-bo`yni, egin-egni, keyin-keyni singari 
Eliziya.  Unli  bilan  tugovchi  va  unli  bilan  boshlanuvchi  ikki  so`zning 
qo`shilishi  natijasida  unli  tovushdan  birining  tushib  qolish  hodisasidir.  Bunda  bir 
necha  holat  kuzatiladi:  a)  birinchi  so`z  oxiridagi  unli  tushib  qoladi:  yoza  oladi-
yozoladi,  bora oladi- boroladi, qora ot- qorot; b) unli bilan boshlanuvchi ikkinchi 
so`zning bosh unlisi tushib qoladi: borar ekan-borarkan, borar emish- borarmish, 
yozgan  ekan-yozgankan  kabi:  v)  Abdusalom  so`zining  Absalom,  Abdujabbor 
so`zining Abjabbor, olib kel so`zining opke tarzida talaffuz qilinishi natijasida bir 
unli  va  bir  undoshning  tushib  qolishi    ham  eliziyaning  yuqori,  murakkablashgan 
formasi  hisoblanadi.  Bunday  hollarda  eliziyaning  murakkablashishi  natijasida 
so`zlarning qisqargan shakli hosil bo`ladi.  

Download 1.77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   186




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling