Abyssal-abissal
ГИПЕРСТЕНИТ —— HYPYERSTENITIS GIPERSTENIT
Download 1.55 Mb.
|
LUG\'AT 185
- Bu sahifa navigatsiya:
- ГИПОТЕЗА ВЕГЕНЕРА — WEGENYERS HYPOTHESIS VEGENER GIPOTEZASI.
ГИПЕРСТЕНИТ —— HYPYERSTENITIS GIPERSTENIT -ortopiroksenitlar guruhiga oid, deyarli to‘la giperstendan iborat t. j. Ba’zan tarkibida juda o’z miqdorda monoklin singoniyali piroksen va plagioklaz uchraydi. Ichki Tuzilishi odatda panidiomorfdonali yoki gipidiomorfdonali bo‘ladi. Kristallanish jarayonida vujudga kelgan murakkab-qatlamsimon Tuzilishga ega intruziv jismlarning yuqori qismlarida ko‘p uchraydi.
ГИПОТЕЗА ВЕГЕНЕРА — WEGENYER'S HYPOTHESIS VEGENER GIPOTEZASI. 1912 yil nemis geofizigi Alfred VegenYer tomonidan taklif qilingan. V. g. asosida bazalt qatlam ustida granit qatlam jinslaridan iborat materikning izostatik ravishda siljishi to‘g‘ri sidagi tasavvur yotadi. V. g. ga muvofiq dastlab Yerning barcha yuzi yupqa granit qatlam bilan qoplangan. Keyinroq sirt qoplamini sharqdan g’arbga qarab siljishga intiluvchi ko‘tarilish kuchi ham da kutblardan ekvatorga yo’nalgan bosimni yaratuvchi, markazdan ko’chma kuch ta’sirida barcha granit maxsulot paleozoy Yerasida Yer kurrasi yuzasining bir qismidagina yaxlit qalinlashgan blokka yigilgan. Pangeya materigini koplagan mezozoy va kaynozoy Yeralari davomida xuddi usha ko‘tarilish va markazdan kochish kuchlari bu yaxlit materikni qismlarga bo‘lib yuborgan. Pangeyaning g‘arbiy qismi — Amerika Evropa va Afrikadan ajrab, g‘arb tomonga tezroq surilgan va ularning- orasida Atlantik okean paydo bo‘lgan. Amerika garb tomonga tez siljib, bazalt substrat qarshiligini yenggan, buning natijasida uning g‘arbiy sohili bo’ylab Kordiler va And burmali tog‘ sistemalari barpo bo‘lgan. O’sha vaqtning o‘zida Antarktida va Avstraliya Afrika va Osiyodan ajrab, ularga nisbatan janub va janubi-sharqqa siljigan. Afrikaning yarmi Osiyodan ajragan va uning bilan birgalikda Antarktida, Avstraliya hamda Hindiston oralilig‘ida Hind okeani paydo bo‘lgan. Osiyoning sharkidagi orollar tizmasi Pangeyaning materik g‘arb tomoniga siljishida ortda kolgan mayda bo‘laklaridir. V. g. quyidagi dalillarga asoslangan: 1. Pangeyani tashkil qiluvchi kontinentlarning ko‘plab qirg‘oq zonalari chegaralarining parallelligi, mae., Amerikaning sharqiy qirg‘ori g‘arbiy Evropa va Afrika qirg‘oqlariga jips qo‘shilishi mumkin; Shimoliy Amerika va Rarbiy Evropa, ayiiksa Janubiy Amerika va Rarbiy Afrika geologik Tuzilishining umumiyligi; 3. Amerika va Eski Dunyo (Evropa,Osiyo, A frika) ning mezozoy erasigacha Yerda usadigan va yashaydigan o‘simlik va hayvonlarning rivojlanishidagi o‘xshashlik. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling