Abyssal-abissal
Download 1.55 Mb.
|
LUG\'AT 185
- Bu sahifa navigatsiya:
- АНДАЛУЗИТ-ANDALUSITE -ANDALU-ZIT
- АНДЕЗИН-ANDESINE -ANDEZIN
АНГЛЕЗИТ-ANGLESITE-ANGLEZIT, (Angliyaning Englezi viloyatida topilgan)— m-l, kimyoviy tarkibi — Romb singoniyali. Rangi oq, oqish kulrang, Olmossimon, ba’zan shishasimon yaltiraydi. Agregatlari donador; ko‘pincha galenit bilan birga uchraydi, kristallari: rangsiz, oq kulrang, sariq yashil, ko‘k. Qat. 2,5-3, s. og‘.6,3. Sinishi chig‘anoksimon. Qo‘rg‘oshin konlarining yukori qismida galenitning oksidlanishidan hosil bo‘ladi.Qo‘rg‘oshinga ma’dan sifatida ishlatiladi. O‘zbekistonda Qo‘rg‘oshin konda topilgan (Olmaliq tumani).
АНДАЛУЗИТ-ANDALUSITE-ANDALU-ZIT (Ispaniyaning Andalo‘ziya viloyati nomi b-n atalgan). Kimyoviy ifodasi A123105. Romb singoniyali. qat. 6,5-7. S. og‘. 3,16-3,20. SHishasimon yaltiroq, o‘tga chidamli. Turlari: viridin,xiastolit. Rangi o k;, kulrang shaffof, pushti-qizil, qo‘ng‘ir-yashil. A. metamorfik mineraldir,ammo metamorfizmga uchragan gil slanetslarda xam uzun tutunsimon va ignamon A.- xiastolit uchraydi; uning ko‘ndalang kesmasida gil modda aralashmasi mavjud. A. ba’zan ikkilamchi kvarsitlarda, ba’zi bir pegmatitlarda va sochilma jinslarda ham uchraydi.D. chinnisozlik, alyuminiy, elektrometallurgiya sanoaotida o‘tga chidamli matYerial sifatida ishlatiladi. Rossiya (Koalya.o.) va Qozog‘istonda A. ning qatta zapaslari bor. O‘zbekistonda Zirabuloq— Ziyovuddin va Nurota tog‘larida keng tarqalgan. АНДЕЗИН-ANDESINE-ANDEZIN-(Plagioklazlar) АНДЕЗИТ-ANDESITE-ANDEZIT (And tog‘lari nomidan) porfir Tuzilishiga ega bo‘lgan effo‘ziv t. j . Rangi kulrang,to‘q kulrang, qora, ba’zan ko’qimtir yoki qo‘ng‘ir.A. larda massiv, «pufaksimon» (g‘ovakli) va oqma teksturalar keng tarqalgan. A. tarkibida muhim jins hosil qiluvchi m-llar plagioklaz bir yoki bir necha rangli m-llar (amfibol, biotit, avgit), oddiy rogovaya obmanka, qizg‘ish qo‘ng‘ir bazaltik rogovaya obmanka,monoklin piroksenlar (bronzit, gipYersten, ensatit) ishtirok etadi. A.ning asosiy turlarida olivin uchraydi, nordon jinslarga (datsitlarga) yaqin bo‘lgan turlarida esa kvars kristallanadi. Aksessor m-l sifatida, odatda magnetit, apatit, sfen,kamdan-kam sirkon va ortit uchraydi.A. palaxsa toshlar, gumbazlarga o‘xshash lava oqimlari va )qatlamlar hosil qiladi. A.lar asosan qit’alarning chekka qismlarida, ichki qismlaridagi harakatchan mintaqalarda okeanlarning chetlarida yoysimon bo‘lib joylashgan o.larda keng tarqalgan. A. lar bilan bog‘liq mis, qo‘rg‘oshin, rux, kumush, molibden, oltin, marganets, simob, oltingugurt, alunit va boshqa foydali qazilma konlari ma’lum. A. lar yul qurilishida, kimyo sanooatida kislotaga bardoshli matYerial sifatida qo‘llaniladi. Download 1.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling