БЛЕСК-SHINE-YALTIROQLIK-mineral-lar tekis yuzasiga tushgan nurning aks ettirishga asoslangan fizik xossa. Yaltiroqlik minerallarda: shishasimon, metallsimon, nometalsimon, sadafeimon, yog‘dek, mumsimon, buzeimon va boshqa xillarda bo‘ladi. Yaltiroqlikni aniqlash minerallarni biridan-ikkinchisini aniqlashda eng muhim fizik xossasi hisoblanadi. Kvars shishasimon, magnetit esa metallsimon yaltiraydi va hokazo.
БЛОКГЕОЛОГИЧЕСКИЙ-BLOCK-GEOLOGICAL-GEOLOGIK BLOK- Tektonikada ma’lum hajmni belgilaydigan tushuncha, ya’ni Yer qobig‘ining mustaqil, har tomondan, yoriqlar bilan chegaralangan bir qismi. Shuning uchun B. uchburchak, to‘rtburchak shakllarga ega. Qatta-kichikligi bir necha yuz m2, to minglab km2 teng.
БЛОКДИАГРАММА-BLOCK DIAG-RAM-BLOK DIAGRAMMA-YYer po’sti bloklarini uch o‘lchamning burchak shaklida tasvirlagan tarzdagi shakl proekqiyasi. B-d.da geologik Tuzilishning xususiyatlari uning yuzasida bir, ikki tik kesmalarda ifodalanadi. B-d. yuzasi yYer Tuzilishining kesmalari, Yerning geologik Tuzilishining chuqur qismlarini ifodalaydi.
БОКСИТ-BAUXITE-BOKSIT (frans Jan. Fransiyadagi Le-Bo qishlog‘i nomi b-n atalgan)-ma’dan. Asosan alyuminiy gidrat oksidi-gibbsit, byomit va diasporlardan iborat. B. ning kimyoviy tarkibi alyuminiy, temir oksididan tashkil topgan. B. ning rangi to‘q qizil, jigarrang, kulrang, ayrim hollarda oq qora va yashil. Qat.-3-6, s. og’ir. 2,5-3,5. Bular Tuzilishiga ko‘ra qattiq, jipslashgan va ba’zan uvalanuvchan bo‘ladi. B. konlari asosan nordon, ishqorli va asosli jinslarning latYeritli nurashidan yoki dengiz va qo‘llarda alyuminiy oksidning ko‘p to‘planishidan paydo bo‘ladi. B. mineralogik tarkibiga qarab 2 turga bo‘linadi; 1) diasporbyomitli B. 2) gidroargillitli (gibbsitli) B. Birinchisi ko‘proq geosinklinal o‘lkalar konlarida, ikkinchisi platforma o‘lkalaridagi konlarda uchraydi. B.alyuminiy oksidi, alyuminiy olishda asosiy ma’dan hisoblanadi. Elektrkorund, tezda qotadigan portlandsement sulfat va xlorid, achchitstosh tayyorlashda flyus, adsorbent sifatida foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |