Academy of banking and finance


Download 88.38 Kb.
bet1/9
Sana31.08.2023
Hajmi88.38 Kb.
#1672009
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Xalilov Dilshod Dmna mustaqil ish

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BANK-MOLIYA AKADEMIYASI

DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI

Budjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazorati

O‘qituvchi: A. Kullibayev

Tinglovchi: D.Xalilov

Turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi

Byudjet tashkilotlarida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlarda mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan maxsulot (ish va xizmatlar) yetkazib berish bo’yicha, Xaridor va buyurtmachilar bilan mahsulot (ish va xizmatlar)ni sotish boyicha, sugurta tashkilotlari bilan majburiy yoki ixtiyoriy sugurta tolovlari boyicha, jismoniy va yuridik shahslar bilan tashkilotning ixtiyoriga vaqtinchalik tushgan va ma‘lum shartlar bajarilgandan keyin qaytarilishi lozim bolgan summalar boyicha, to’lovlarning maxsus turlari bo’yicha hisoblashishlar aks ettiriladi.

Buxgalteriya hisobida turli debitor va kreditorlar bilan hisoblashuvlar hisobi tegishli buxgalteriya dastlabki hujjatlari (yuk xati, bajarilgan ishlarni topshirish qabul qilish dalolatnomalari, buxgalteriya ma‘lumotnomalari, to’lov topshiqnomasi va boshqalar)ga asosan yig’ma qaydnomalar, 6-memorial order – turli tashkilotlar va muassasalar bilan olib boriladigan hisob-kitoblar bo’yicha jamlanma qaydnoma 408-son shakl, 292-son shakldagi joriy hisoblar va hisob-kitoblar daftari, 308-son shakldagi bosh jurnal kitobi va hisobot rasmiylashtiriladi.

Byudjet tashkilotlarida turli debitorlar va kreditorlar bilan hisoblashuvlar nazoratining oldiga quyidagi vazifalar qo‘yiladi: Debitorlar va kreditorlar hisobini qonunchilik talablari bo‘yicha tashkil etilganligini nazorat qilish; Debitorlar va kreditorlar hisobini o‘z vaqtida buxgalteriya birlamchi, yig‘ma, hisob registrlarida aks ettirib borilganligini nazorat qilish; Tovarlar(ish va xizmatlar) yetkazib berish bo‘yicha mol yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan tuziladigan shartnomalarni belgilangan tartibda rasmiylashtirib to‘lov grafiklari tuzib ro‘yxatdan o‘tkazish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga taqdim etilganligini nazorat qilish; Ish haqi va unga tenglashtiriladigan to‘lovlar, xizmat safari xarajatlariga naqd pul olish uchun g‘aznachilik bo‘limlariga o‘z vaqtida so‘rovnomalarni taqdim etilganligini nazorat qilish;


Download 88.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling