Adabiy ertaklarni o‘rganish usullari
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
юлдашева хуршида адабий эртакларни ўқитиш усуллари
Mavzuning dolzarbligi. Mustaqillikdan so‘ng nazariy mohiyati tubdan qayta
ko‘rib chiqilgan adabiyotshunoslik va adabiyot o‘qitish metodikasi fanlarining ilmiy- pedagogik, o‘quv-metodik asoslariga yangicha yondashuvni davrning o‘zi taqozo etmoqda. “Asr boshidan buyon ko‘rsatib berish”, “fosh etish”, “aniqlab berish” bilan shug‘ullanib kelgan milliy adabiyotshunoslik asr adog‘iga yetganda tadqiq va talqinga mayl ko‘rsatmoqda. Endilikda o‘zbek adabiyoti tarixi yangilanayotgan badiiy tafakkur 2 Yўldoshev Қ. Yoniқ sўz. – T.: Yangi asr avlodi, 2006, 62-bet. 3 Ka r imov I. A. Ba r ka mol a vl od – Ў zb ekist on t a r a ққi yot i ni ng p oydevor i. B ir i nc h i P r ez i dent I . A. Ka r i movni ng Ў z b ekist on R esp ubl i ka si Ol i y Ma jl is i I X s ess i ya si da sўz la ga n nutқi. 1997 yil, 29 avgust. 18 -bet. 4 Ka r imov I. A. Yu ksa k ma ’ na vi ya t – yengi l ma s kuc h. – T . : Ma ’na vi ya t , 2008, 39 -bet 4 talablari asosida qayta idrok etilmoqda, bu davrda yaratilgan asarlarning asl mohiyatini ochishga harakat qilinmoqda. Adabiyotshunoslik uzoq vaqt mobaynida badiiy asarlarni, asosan, ijtimoiy nuqtai nazardan tekshirishga moslashgan bo‘lsa, endi mavjud qoliplarni tark etaroq, badiiy matnga estetik talablar asosida yondashishga, har qanday xulosani matndan keltirib chiqarishga urinmoqda. Natijada, ko‘plab bitiklarning asl badiiy qiymati, bir qator adiblarning millat estetik tafakkuri taraqqiyotidagi tarixiy o‘rni xolisona belgilanayotir 5 . Adabiyotshunoslikdagi mazkur yangilanishlarni adabiyot o‘qitish jarayoniga tadbiq etish XX asr 90-yillarining birinchi yarmidan boshlab yaratilayotgan dastur, darslik va qo‘llanmalarda aks etib, bugungi kungacha davom etib kelmoqda. Bu, o‘z navbatida, respublikamiz maktablaridagi adabiyot o‘qitish ishiga ijobiy turtki berdi. SHuningdek, Qozoqboy Yo‘ldoshev, Boqijon To‘xliev, Safo Matjon, Marg‘uba Mirqosimova, Qunduzxon Husanboevalarning doktorlik ishlari asnosida olib borgan tadqiqotlari, yaratgan monografiya va qo‘llanmalari hamda ushbu olimlar rahbarligidagi ilmiy izlanishlar soha rivojiga sezilarli hissa qo‘shmoqda. Bosib o‘tilgan tarixiy taraqqiyotimiz davomida xalqimiz ma’rifat, ma’naviyat va madaniyat sohalarida katta yutuqlarga erishdi. O‘zining boy tarixiga, betakror an’analariga ega bo‘lgan o‘zbek adabiyoti bugungi kunda jahonga tanilgan katta badiiy xazinalardan biri bo‘lib qoldi. Bunda barcha olimlar qatori milliy adabiy an’analarning, jumladan, boy tarixga ega bo‘lgan xalq og‘zaki ijodining roli va o‘rni buyukdir. CHindan ham yozma badiiy adabiyotning xalq og‘zaki ijodiga munosabati adabiyot nazariyasining eng muhim masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. O‘zbek xalqining boy og‘zaki ijodi qadim zamonlarga borib taqaladi. “Turkiy xalqlar o‘z yozma adabiyotlarini vujudga keltirmasdan burun mazmuni boy, shakli rang-barang bo‘lgan og‘zaki adabiyot – qo‘shiqlar, ertaklar, dostonlar yaratgan edilar” 6 , – degan edi Oybek. 5 . Yўldoshev Қ. Yoniқ sўz. – T.: Yangi asr avlodi, 2006, 123-bet 6 Oybek. Mukammal asarlar tўplami. 20 tomlik. 5 Bu hol, shubhasiz, Ahmad Yassaviy, Sayfi Saroyi, Durbek, Lutfiy, Alisher Navoiy, Maxmur, Gulxaniy, Muqimiy, Furqat kabi buyuk allomalar ijodiga folg’klor asarlari ta’sirini yuzaga keltirdi. Ayniqsa, XX asr o‘zbek adabiyotida folg’klorga qiziqish, undan ijodiy o‘rganish yanada jonlandi. Bu hol, adabiyotda yangi janrlarning yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi. Ya’ni, xalq ertaklari, afsona va rivoyatlari asosida, ularning ta’sirida yaratilgan adabiy ertaklar: ertak-she’rlar, ertak-dostonlar shular jumlasidandir. Hozirda amalda bo‘lgan adabiyot fanidan Davlat ta’lim standartlarida adabiy ertaklarni o‘qitish-o‘rgatish tavsiya etilgan. Mazkur adabiy ertaklarni o‘rganishda erishilgan yutuqlarni umumlashtirib, ushbu mavzularning o‘qitilishini takomillashtirish orqali adabiy ta’lim samaradorligiga erishish mavzuning dolzarbligini belgilaydi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling