Adabiy ertaklarni o‘rganish usullari
Tadqiqotning ilmiy yangiligi
Download 0.77 Mb. Pdf ko'rish
|
юлдашева хуршида адабий эртакларни ўқитиш усуллари
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari.
- Tadqiqotning manbalari.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi. Dissertatsiya ishi adabiy ertaklarni tahlil
qilish asoslarini o‘rganishga qaratilgan birinchi keng qamrovli tadqiqotdir. SHu nuqtai nazardan tadqiqotning ilmiy yangiligi adabiy ertaklarni tahlil qilishning metodik asoslarini tadqiq etish, adabiy ertaklarni o‘qitishda yangi pedagogik texnologiyalar asosida dars ishlanmalarini yaratish, shu orqali mavzuning o‘qitilishini takomillashtirish va samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tavsiyalarni ishlab chiqish bilan xarakterlanadi. Tadqiqotning metodologik asoslari va metodlari. Umumta’lim maktablarida adabiyot o‘qitish, xususan, adabiy ertaklarni tahlil qilishga mustaqillik tufayli shakllangan ilmiy-tadqiqot metodologiyasi asosida yondashildi. So‘z san’ati va folg’klor munosabatlarini chuqur o‘rgangan H.Zarif, M.Afzalov, M.Alaviya, T.Mirzayev, B.Sarimsoov, O.Safarov, I.Yormatov, M.Jo‘rayev, U.Jumanazarov, Sh.Turdimov, K.Imomov, A.Musaqulov kabi folg’klorshunos olimlar, shuningdek adabiy ta’lim samaradorligini oshirish, uning bosh maqsadi bo‘lgan barkamol inson va 7 uning ma’naviy olamini shakllantirish yo‘lida ilmiy izlanishlar olib borayotgan A.Zunnunov, Q. Yo‘ldoshev, B.To‘xliev, S. Matjon, M. Mirqosimova, U.Dolimov, R.Niyozmetova kabi metodist olimlarning ilmiy ishlarida erishilgan yutuqlar hisobga olindi. Mavzuning o‘ziga xos jihatlarini nazarda tutgan holda, kuzatish, eksperiment, so‘rovnoma, qiyosiy tahlil metodlaridan foydalanildi. Tadqiqotning manbalari. Tadqiqotda yuqorida tilga olingan muammolarni yoritishda, asosan, birlamchi manbalar – o‘zbek va jahon adabiyotida adabiy ertak (ertak-she’rlar, ertak-dostonlar, ertak-qissalar)lar yozgan ijodkorlarning asarlaridan keng istifoda etildi. Bu jarayonda faqat adabiy ta’limning davlat ta’lim standartlaridan o‘rin olgan adabiy ertaklarga murojaat qilindi. Zero, o‘zbek adabiyotida bunday asarlar juda ko‘plab topiladi, ularning hammasini tahlilga tortish ishning maqsadi va hajmiga mos kelmaydi. SHuningdek, tadqiqot ishiga asosiy manba sifatida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi, Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi, Nizomiy nomidagi TDpU Asosiy kutubxonalarida saqlanayotgan kitoblar, darslik va dasturlar, ilmiy-tadqiqot ishlari, matbuot materiallariga murojaat qilindi. Download 0.77 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling