Adabiy nutq va uning uslublari


Muаssаsа - [idоrа, kоrхоnа, tаshkilоt]


Download 347.39 Kb.
bet8/10
Sana13.04.2023
Hajmi347.39 Kb.
#1356274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Adabiy nutq va uning uslublari

Muаssаsа - [idоrа, kоrхоnа, tаshkilоt] - хo‘jаlik, sаvdо-sоtiq ishlаrining birоr sоhаsini bоshqаruvchi yoki ilmiy, tа’lim-tаrbiya ishlаrini оlib bоruvchi, bеlgili shtаt vа mа’muriyatigа egа bo‘lgаn tаshkilоt. Dаvlаt muаssаsаlаri.
Mustaqil talim

Badiiy nutq uslubi. O`zbek she`riyati. “Bir she`r tarixi” mavzusida esse yozish.



ILMIY USLUB VA UNING USLUBIY XUSUSIYATLARI
Reja:
1.Ilmiy uslub va uning xususiyatlari
2. Ilmiy uslub va sohaviy terminlar.
Ilm-fan sohasida qo'llaniluvchi nutq uslubi ilmiy uslub hisoblanadi.
Ilmiy uslub dalilly ma'lumotnomalar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga (ta`rif-qoidalarga) ega bo'lish, atamalarining keng qo'llanilishi bilan boshqa uslublardan farq qiladi.
Ilmiy uslub va uning xususiyatlari. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qo`llanishi xos bo`lib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi. Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir. Ilmiy uslubning asosi atama, ta’riflar, qoidalar, qonunlardir. Atamalar faqat bir ma’noda qo`llanilib, o`zi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini ko`rsatadi, masalan o`zak, negiz, yasovchi qo`shimcha, turlovchi va tuslovchi qo`shimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni. (Ona tili darsligidan). Nuklein kislotalar dastlab hujayra yadrosidan ajratib olinganligi sababli («nukleis» - «yadro») nuklein kislotalar deb atalgan.
Hozirgi vaqtda nuklein kislotalar faqat yadroda emas, balki xloroplast va mitoxandriyda ham mavjudligi aniqlangan. (Biologiya darsligidan). Jismni tashkil qilgan % molekulalar xaotik harakatining kinetik energiyasi bilan ularning ozaro ta’sir potensial energiyalarining yig’indisi jismning ichki energiyasini tashkil qiladi («Fizika» darsligidan).

Download 347.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling