Adabiy nutq va uning uslublari


Download 347.39 Kb.
bet1/10
Sana13.04.2023
Hajmi347.39 Kb.
#1356274
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Adabiy nutq va uning uslublari


ADABIY NUTQ VA UNING USLUBLARI
Reja:
1. Adabiy nutq.
2. Ilmiy, badiiy, so`zlashuv, rasmiy-idoraviy, publitsistik uslublar va ularning uslubiy xususiyatlari.

Tarixan tarkib topgan, qat'iy me'yorlarga bo'ysunuvchi, so'zlashuvchilarning qaysi hududda yashashidan qat'iy nazar barchasi uchun umumiy bo'lgan til adabiy til sanaladi.


Adabiy til har qanday tilning oliy shakli sanaladi va lug' at tarkibining boyligi, grammatik qurilishining tartibga solinganligi, qat'iy me'yorlarga amal qilishi, uslubning rivojlanganligi bilan xarakterlanadi.
Adabiy tilning ijtimoiy hayotdagi ma’lum soha doirasiga, ma’lum nutqiy vaziyatga xoslangan ko`rinishi nutq uslubi hisoblanadi. So`zlar ma’lum nutq uslubiga xoslanish-xoslanmaslik belgisiga ko`ra uslubiy xoslangan va uslubiy betaraf so`zlarga bo`linadi. Ayrim nutq uslubidagina qo`llaniladigan so`zlar uslubiy xoslangan so`zlar, bunday xususiyatga ega bo`lmagan so`zlar esa uslubiy betaraf so`zlardir.


ILMIY USLUB VA UNING XUSUSIYATLARI
Fan va texnikaning turli tarmoqlariga doir ilmiy asarlar, darsliklar ilmiy uslubda yoziladi. Ilmiy matn ilmiy va ilmiy-ommabop matnlarga ajratiladi. Ilmiy matnda gap bo‘laklari tartibi adabiy til qoidasiga qat’iy amal qilgan holda qo‘llanadi. Ilmiy matnda har bir fan sohasiga oid atamalarning qo‘llanilishi xarakterli xususiyat hisoblanadi. Masalan, iqtisodiyotda kredit, moliya, pul, sug‘urta, narx, tannarx, hisob, taftish, aylanma kabi terminlar ishlatiladi. Ilmiy- ommabop matnlarda atamalar tizmasidan, ilmiy bayonchilikdan qochiladi. Bayon etilayotgan fikrning barchaga baravar tushunilishini ta’minlash maqsadida tushunilishi qiyin bo‘lgan atamalar murakkab tushunchalar o‘rniga aniq va batafsil tasvirlardan foydalaniladi.
Ilmiy uslubning janrlari – monografiya, maqola, annotatsiya, dissertatsiya, darslik, ma’ruza, ma’lumotnoma.
Ilmiy uslub ham o`z ichida ikki guruhga bo`linadi:

  1. sof ilmiy uslub;

  2. ilmiy-ommabop uslub.

Ilmiy uslubda fan va texnikaning turli tarmoqlariga oid ilmiy asarlar, darslik va o’quv qo’llanmalari yoziladi. Bu uslub aniq, daliliy ma’lumotlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalar (qoidalar, ta’riflar)ga boy bo’lishi bilan boshqa uslublardan farqlanadi. Ilmiy uslub ham adabiy tilning ko’rinishi bo’lib, bir qator o’ziga xos xususiyatlarga ham ega: monologik belgilari bilan boshqa uslublardan ajralib turadi; obrazli tasvirlar bilan emas, balki aniq ma’lumotlarning xolis, umumlashgan xususiyatlarini ta’riflash, tushunchalarga muvofiq keladigan terminlar bilan ish ko’radi. Kitobxonning his-tuyg’usiga emas, ongiga ta’sir etadi.

Download 347.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling