Adabiy nutq va uning uslublari


Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo’linadi: 1) sof Ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.)


Download 347.39 Kb.
bet9/10
Sana13.04.2023
Hajmi347.39 Kb.
#1356274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Adabiy nutq va uning uslublari

Ilmiy uslub ham o'z ichida ikki guruhga bo’linadi: 1) sof Ilmiy uslub; 2) ilmiy-ommabop uslub.)
Sof ilmiy uslub muayyan fan sohasidagi kishilarga nisbatangina qo’llaniladi. Shuning uchun bu uslubda fanning ma'lum sohasiga doir atamalar keng qo'llaniladi.
Ilmiy-ommabop uslubda esa fan yutuqlarini keng ommaga yetkazish maqsad qilinadi. Shuning uchun bunday uslub publitsistik uslubga yaqinroq bo'ladi. Ma'lum fan sohasiga doir atamalar qo'llanilsa ham, lekin bu atamalar xalqqa tushunarli bo'lishi uchun izohlanadi.
Sof ilmiy uslubning o'zi ham fan tarmoqlari bo'yicha bir-biridan farqlanadi. Masalan, matematika uslubi bilan tarix yoki adabiyotshunoslik uslubi bir xil emas. Tarix va adabiyotshunoslik uslubi publitsistik uslubga yaqinroq tursa, matematika fanining bayon qilish uslubida eng yuqori darajadagi mavhumlashtirish, turli xil formulalar, shakliy ifodalar orqali ilmiy xulosalarni bayon qilish kuchli bo'ladi.
Ilmiy uslubda har bir fanning o’ziga xos terminlaridan foydalaniladi. Masalan, jinoyat, jazo, afv, hukm, ozodlikdan mahrum etish, davlat tili, davlat chegarasi, unitar davlat, tergov, alibi, kodeks yurisprudensiya tarmoqlarida; jamiyat, ong, tafakkur, mushohada falsafada va h.k. Ilmiy uslubda so’zlar asosan o’z ma’nosida qo’llanadi, qoida yoki ta’rifning mazmunini ochishga xizmat qiladigan ajratilgan bo’laklar, kirish so’z va birikmalar, shuningdek, qo’shma gaplardan ko’proq foydalaniladi.
Ilmiy uslubda qo’shma gaplardan shu sababli, shunday bo’lsa, bunday vaqtda, shunga qaramasdan kabi vositalar yordamida bog’lanuvchi ergash gapli qo’shma gaplar ko’proq ishlatiladi. Chunki bunday gaplar sabab va natija hamda boshqa munosabatlarni aniq ifodalay oladi. Bog’lovchisiz qo’shma gaplar bu uslubda kamroq ishlatiladi.
Ilmiy matn qurilishining mantiqiy izchil bo’lishi unda boshlanmalar, gap qismlarini bog’lash uchun shunday qilib, shu sababli, bundan keyin, ko’rinadiki, shunga ko’ra, shu bilan birga, aytilganlarga ko’ra kabi so’z va so’z birikmalari qo’llaniladi. Ko’p qo’llaniladigan birinchidan, bir tomondan, ikkinchi tomondan, xullas, demak shaklidagi kirish so’z va birikmalar ham yuqoridagi maqsadlarga xizmat qiladi.
Ilmiy uslubda fikrning aniq bir shaxs tomondan bayon qilinayotgani sezilmaydi. Unda ko’proq fe’lning majhul nisbatidan foydalaniladi: dalillar keltirilgan, tajriba o’tkaziladi, foydalaniladi. Yuqorida ko’rib o’tilgan xususiyatlar ilmiy uslubning lisoniy belgilaridir. Bu belgilar mazkur uslubning boshqa uslublardan farqini ko’rsatuvchi asosiy xususiyatlar hisoblanadi.

Download 347.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling