Adabiy nutq va uning uslublari


Download 347.39 Kb.
bet3/10
Sana13.04.2023
Hajmi347.39 Kb.
#1356274
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Adabiy nutq va uning uslublari

So`zlashuv uslubi. Oilada, ko`cha-ko`yda kishilarning fikr almashish jarayonida qo`llanadigan nutq uslubi so`zlashuv uslubi sanaladi. So`zlashuv uslubi adabiy va oddiy so`zlashuv uslublarini o`z ichiga oladi.
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan so`zlashuv uslubi adabiy so`zlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bo`lmagan so`zlashuv uslubi esa oddiy so`zlashuv uslubidir.
So`zlalashuv uslubining o`ziga xos xususiyati uning erkinligidir. So`zlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bo`lagi ajratib ko`rsatiladi, fikr so`zga mantiqiy urg`u berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli bo`ladi.
So`zlashuv uslubining har ikki turi ko`pincha dialog shaklida ro`yobga chiqadi. Ikki shaxsning o`zaro so`zlashuvi dialogik nutq sanaladi. So`zlashuv uslubida so`zlar ko`pincha kinoya, piching, qochirmalarga boy bo`ladi.
So`zlashuv nutqida ona tilidagi bor imkoniyatlardan foydalanilsa ham, har bir toifaning nutqida o`ziga xoslik seziladi: olimlarning suhbati bilan ishchi, xizmatchi, dehqonning so`zlashuvida farq bo`ladi. Hatto erkag-u xotinlar so`zlashuvi o`rtasida ham ba’zi farqlar bo`ladi.
Og`zaki so`zlashuv uslubi grammatik qurilishi sodda, qisqa, mazmunan ta’sirchan bo`ladi. Bunda xalq maqollari va masallar, rivoyat va ertaklar, latifa va qo`shiqlar, so`z o`yinlari-pichinglar, hazil – mutoyi balar, askiya va qochirmalar muhim manba sanaladi.
Jonli nutq jarayonida uslubiy bo`yoq iboralaridan (Onaginang o`rgilsin! Qoqindig`ing bo`lay!) keng foydalaniladi. Jonli so`zlashuv nutqida «xom» ibora va gaplar, behayo so`zlar ham uchraydi.
Ba’zan bunday qatlamlar badiiy asarlardan ham o`rin oladi: Hoy xotin, tavba qildim, endi ichsam, birovdan pul olsam, go`rimda to`ng`iz qo`pay.
Har holda hamma toifa kishilarning suhbati, so`z va gaplari tushunarli bo`ladi.
Chunki umumiste’moldagi so`z, ibora va jumlalardan foydalaniladi.
SHEVAGA XOS SO‘ZLAR
Mа’lum hududdа yashоvchi kishilаr nutqigа xos bo‘lgаn, adabiy til leksikasiga kirmaydigan so‘zlаr shеvаgа хоs so‘zlаrni tashkil etadi. Quyidagi jadvalda keltirilgan adabiy til va shevaga xos so`zlarga e’tibor bering.




Download 347.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling