Adabiy tahrir


bo‘lib turadigan siljishlar adabiy til normasi


Download 1.68 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/123
Sana28.12.2022
Hajmi1.68 Mb.
#1012632
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123
Bog'liq
adabiy taxrir lotinda-конвертирован

bo‘lib turadigan siljishlar adabiy til normasi bilan 
bog‘liq. Shunga ko‘ra muharrir konstruktsiyani qayta 
sintaktik mе'yor asosida tuzishi kеrak bo‘ladi, ya'ni: 
...... davr o‘tishi bilan adabiy til normasidagi paydo 
bo‘lib turadigan siljishlar bilan aloqadordir.
Shunda gap bo‘laklari sintaktik qoidaga binoan 
birikmaga kirishadi. Demak biz yuqorida bayon etgan 
sintaktik 
xatolik 
bartaraf 
etiladi, 
bu 
albatta 
muharrirning tahririni talab etadi.
Endi misol tariqasida olingan parchadagi boshqa 
xato va kamchiliklarga e’tiborni qaratish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi, deb hisoblaymiz, chunki, agar 
shunday qilmasak, parchadan ayon ko‘rinib turgan 
leksik, uslubiy va tinish belgilari bo‘yicha xato, 
kamchiliklar go‘yo yo‘qdek tuyuladi.
Muharrirning ushbu parchani adabiy til, uslub 
nuqtai 
nazaridan 
tahrirdani 
– kasbiy burchi 
hisoblanadi.


86 
Leksik xatolar birdan emas, birday, norma 
emas, mе'yordavr o‘tishi bilan birikmasi tarkibidagi 
bilan ortiqcha. Tinish belgi, sintaktik xato xususida 
yuqorida aytib o‘tdik. 
Bizning fikrimizcha tahrirdan so‘ng matn 
quyidagi ko‘rinishga keladi. 
Butun millat va uning barcha a'zolari 
nutqini birday madaniy nutq talablariga 
moslab bo‘lmasligining asosiy sabablari 
adabiy tilning rivojlanish qonuniyatlari, davr 
o‘tgan sari adabiy til me'yorlarida yuz 
beradigan o‘zgarishlar bilan aloqadordir. 
Muharrir, ayniqsa, badiiy asar qo‘lyozmasiga 
ehtiyotkorlik bilan yondoshmog‘i kerak. Garchi 
ma'noviy-semantik va uslubiy tuzilishi bo‘yicha 
murakkabligiga ko‘ra oddiy xatoliklarga yo‘l 
qo‘yishlik ehtimoli mavjud bo‘lmasa-da, afsuski, 
ortiqcha ehtiyotkorlik tufayli ko‘pincha badiiy 
asarlarda ular ommaviy nusxada chiqib bo‘lganidan 
song xatoliklar uchrab turadi.
Xato 
va 
kamchiliklarning 
ayrimlari 
keltirilayotgan dalil, ma'lumotlarga aloqador bo‘lib 
mavjud vaziyat, holat, turmushga xos jihat, belgi, 


87 
tasvirlanayotgan yoki tilga olingan davr noto‘g‘ri yoki 
aniq emasligi bilan tasvirlanadi. Masalan, Erkin 
Vohidovning mashhur bir she'rida shunday misralar 
bor: “ ... Chingizu Botu tig‘iga ko‘ksi qalqon 
o‘zbegim”. 
Bu misrada asos material - ism va davrni 
berishda xatolikka yo‘l qo‘yilgan, ya'ni Botu, 
Chingizxoning o‘g‘li Jo‘jining pannabirasi, u 
bosqinchilik sahnasiga chiqqanda Chingizxon bosib 
olgan ulkan hudud o‘gillariga taqsimlab berilgan edi. 
Ular tarixda Jeta – Jo‘ji ulusi; Chig‘atoy ulusi va 
Xaloku ulusi, deb ataladi. Hozirgi O‘zbekiston xududi 
chig‘atoy ulusi tarkibida bo‘lgan. Botu jo'ji ulusini 
kengaytirish maqsadida Qadimgi Rus va Sharqiy 
Evropa xududlariga bosqinlar amalga oshirgan. 
Chig‘atoy avlodlari hukmronlik qilgan hududga u 
hech qanday yurish ham, bosqin ham amalga 
oshirmagan, bunga haqqi ham yo‘q edi. Shunga ko‘ra 
o‘zbekning ko‘ksi Botu tig‘iga na qalqon, na nishon 
bo‘lmagan.
Davr xususiga kelganda Chingiz bilan Botu davri 
bir-biriga ancha uzoh oraliq-muddatga ega. Botu 
davrida Chig‘atoy ulusiga bosqin qilinmagan. Faqat 
Sohibqiron Temur davrida – uning yoshlik davriga 


88 
kelib 
Jeta 
Mavorounnahr 

Chig‘atoy ulusi 
hududlariga (To‘xtamishxon va b. Jo‘ji avlodlari) 
bosqinlar qiladi. Shayboniyxon davriga kelib, ular 
chig‘atoy ulusida ham hukmronlikni qo‘lga kiritadi.
Shunday qilib, tarixiy haqiqat shundan iboratki
Botu hozirgi O‘zbekiston hududiga yurish qilmagan, 
o‘zbekning ko‘ksi Botu tig‘iga qalqon bo‘lmagan. 
Shunga o‘xshash xatolar, ba'zan mualliflar va 
muharrirning asar ayrim qismlariga muayyan darajada 
e'tiborsizlik bilan qaraganliklari sababli yuzaga keladi. 
Ana shunday ehtiyotsizlik, noaniqliklardan, atoqli 
ijodchilar ham holi emas. Tahrir jarayonida ana 
shunday nuqsonlarni bartaraf etish asarga faqat 
aniqlik, ishonarlilik kabi jihatlarni baxsh etadi, buning 
uchun muallif muharrirdan faqat minnatdor bo‘lishi 
lozim. Aytish mumkinki, bunday xolatlar ko‘pam 
kuzatilmaydi, shuning uchun muharrirlarning bunday 
tuzatishlarni qilishlari qoida tarzida emas, balki istisno 
tariqasida deyish mumkin. Lekin shunday bo‘lsa-da, 
bu hol muharrir uchun xushyorlikka da'vatdir.
“Tahrir qilinmagan asar adabiyotlar nashri 
tarixida deyarli uchramaydi, desak mubolag‘a 
bo‘lmaydi. Chunki har qanday badiiy asar, u xoh 


89 
she'riy bo‘lsin, xoh doston, xoh roman uzoq o‘ylash, 
og‘ir mehnat natijasidir”
9

Demak tahrirga muhtojlik sezmaydigan asar, 
hatto, daho adiblarda ham uchramasligi, ayon ekan.
Xazrat Navoiy ham o‘z asarlarini keyinchalik 
muallif tahriridan o‘tkazgan. Novoiy yigitlik chog‘ida 
yozgan

Download 1.68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling