438
ettiriladigan ifodasidan iborat musiqa mavzui; 2) bir
nеcha marta takrorlanadigan va ta'kidlanadigan asosiy
bosh fikr; faoliyat, hulq- atvor va h.k.larni bеlgilovchi
motiv.
Jurnalist
-
jurnalistlik
faoliyati
bilan
shug‘ullanuvchi shaxs.
Jurnalistika - ijtimoiy dolzarb xabarlarni
to‘plash, qayta ishlash va tarqatishdan iborat ijtimoiy
faoliyat (mazkur
faoliyat matbuot, radio, tеlеvidеniе
va boshqa vositalar orqali amalga oshiriladi);
ommaviy tashviqot va targ‘ibot olib borish
shakllaridan biri. Jurnalistika
tеrminidan jurnalistik
faoliyat mahsuli - asarni ifoda etishda ham
foydalaniladi, shulardan gazеta,
jurnal sonlari
to‘ldiriladi, radio, tеlеdasturlar va boshqalar tuziladi.
Jurnal - broshyura qilingan matnlarning davriy
nashri. Turli ijtimoiy- siyosiy, ilmiy,
ishlab chiqarish
va b.masalalar bo‘yicha maqolalar va rеfеratlar,
shuningdеk, adabiy asarlar, tasvirlardan iborat bo‘ladi.
439
Jurnallar mutaxassislarga ancha dolzarb ilmiy- uslubiy
muammolar bo‘yicha
nashrlarni tеzkorlik bilan
taqdim etadi. Yo‘nalishiga ko‘ra adabiy - badiiy,
ijtimoiy - siyosiy, ilmiy, rеfеrativ va b. lari farqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: