Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini òrgatish reja: Kirish
Omon Matjon, Yangiboy Qo‘chqorov tarjimasi
Download 28.23 Kb.
|
Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini rgatish reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Muallif tarjimasi
Omon Matjon, Yangiboy Qo‘chqorov tarjimasi
JAYHUN SHAMOLLARI Otajon Xudoyshukurovga Qayda yursam sog‘intirar, Ona yurtim tomonlari, Xayolimda sahar-sahar, Esar Jayhun shamollari. Atirgul terib cho‘llardan, Gulirayhon chamanlardan, Bizning bul go‘zal ellardan Esar Jayhun shamollari. Paxtakor xalq mehnat ahli, Martabali idrok, aqli, Hayot jo‘sh ursa ne chog‘li, Esar Jayhun shamollari. O‘zbekiston – shonli diyor, Bulbullar ishqinda yonar, Hamma faslinda navbahor, Esar Jayhun shamollari. Umr qisqa, manzil uzoq, Yillar bizdan ketar yiroq. Mangu qo‘shiq kabi yangroq, Esar Jayhun shamollari. El mehri so‘nmas yuzingdan, Ulug‘ daryoyi azimdan, Qoraqalpoq, Xorazmdan, Esar Jayhun shamollari. Ibroyim der, el nafasi, Amuning sirli sharpasi, Umrimning boqiy sabosi, Salom, Jayhun shamollari! Muallif tarjimasi SOG‘INISH Sahar vaqti chiqsam Ma’shuq tog‘iga,
Tog‘dan bulutlarni haydasa shamol, Silkib turgandaysan menga oq ro‘mol, Suv ichishga kelgan yeldek sho‘x marol Senga o‘xshab ketdi Amuning qizi. Go‘yo cho‘ng Elbrus osmonga tekkan, Bulutlar mahliyo, boshini eggan, Bahor bayramida oq ko‘ylak kiygan Paytlaring yod etdim Amuning qizi. Shamol shildiratsa tollar yaprog‘in, Seni keldimi deb aldandim tag‘in, Kakliklar gurlashib uchgani sayin Xandangni eslatar Amuning qizi. Ko‘rsam jimirlagan suvlarin soyning, Tinglab cho‘pon chalgan shodon surnayin, Shunda bir sen bo‘lib shodligim, qayg‘um, Ko‘z oldimda turding Amuning qizi. Narzan buloqlari qandayin shinam, Sening ko‘ngling yanglig‘ tiniq va ko‘rkam, Tog‘lar uyg‘onadi, qalbimda bir g‘am – Orzuyim o‘zingsan, Amuning qizi. Sog‘inching tugatdi bor toqatimni, Tosh ustida turdim o‘qib xatingni, Yozsam yosh emanga o‘yib otingni, Tog‘lar yodlab oldi Amuning qizi. Beshtov jilvalanib turar qoshimda, Bulutlar o‘rmalar xarsang toshida, Har kim kuyar bo‘lsa sevgi yoshida, Mendek bo‘lib kuysin Amuning qizi. Pyatigorsk HAZIL
Seni sevishimga kim qilar gumon? Sevaman hattoki chumchug‘ingni ham. Derazang oldida boqib men tomon Hurpaygan qopqora mushugingni ham. Uying oldidagi uch tup oq terak, Uchrashuv onida qoldirgan izin. O‘pkalab yurmagin, go‘zalim, biroq, Itingni aslo yo‘q ko‘rgani ko‘zim. Sevgi sevgimidir qo‘rqsa gar itdan, Shunday bo‘lsa hamki kuydim, na qilay? Eshigingga endi yetdim degan dam Oyoqdan oladi, qilganday atay. Xulosa Xulosa ornida shuni aytish joyizki Ibroyim Yusupov O‘zbekiston Qahramoni, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq shoiri Ibroyim Yusupov ijodi o’zbek va qoraqalpoq adabiyotining yorqin sahifalarini tashkil etgan. Talabalik yillarida yaqqol namoyon bo‘lgan uning izlanuvchanligi, ijodga moyilligidan xabardor institut rahbariyati Ibroyimni shu dargohda o‘qituvchi sifatida ishga olib qoladi. I. Yusupov 1961-yilgacha mazkur institutda talabalarga til va adabiyot ilmidan saboq beradi. Vatan, tug‘ilgan maskanga muhabbat ijodkorning eng sevimli mavzularidan edi. Shoir “Kegeyli”, “Qora tol”, “Tolli jag‘isdagi esga olishlar”, “Tug‘ilgan yer”, “Ovul, ovul!”, “Tol bo‘libdi tollari” kabi she’rlarida Yaratganning in’omi – qo‘nim topgan joyiga sadoqati, iftixorini, muhabbatini ifodalaydi. Ibroyim Yusupov umuminsoniy va milliy qadriyatlarni uyg‘un holda obrazli qilib ifodalaydi. Shoirning lirik qahramoni uchun Vatan tushunchasi juda muqaddas. U Vatan deganda butun O‘zbekistonni tushundi. “O‘zbekiston”, “Navoiyga”, “Men Toshkentni sog‘inaman ko‘rmasam”, “Qizing go‘zal bo‘lsin, shoira bo‘lsin”, “Mustaqillik maydonidan o‘tganda” va boshqa ko‘plab she’rlarida O‘zbekiston diyorini samimiy, qaynoq muhabbati bilan tarannum etdi. Download 28.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling