Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini òrgatish reja: Kirish
Download 28.23 Kb.
|
Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini rgatish reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shuhrat tarjimasi
Abdulla Oripov tarjimasi
KEGAYLI
Ko‘nglim xursand go‘zal boqqa kirganday, To‘lqin urib suving oqar, Kegayli. Oydiningda baliq javlon urganda, Ko‘zim senga maftun boqar, Kegayli. Yoqang selkillaydi qamish, urug‘dan, Bolalik chog‘imni o‘ylab turibman. Suvingga sochilgan uvildiriqdan, Urchigan bir baliqchangman, Kegayli. Yozda o‘ynab qumlog‘ingda qirg‘aloq*, Qishda otdik muzlaringda sirg‘anoq. Sochi qirqiq, bo‘yni oriq va quvnoq, Qora bola esingdami, Kegayli? Balki chiqib ketgandirman esingdan, Holbuki bir menmi urchigan sendan, Bolalik chog‘ida o‘tar har kimdan, Bari esda qolavermas, Kegayli. Ishq bahori goh xursand, goh nolalik, Yigitlikning qizgan qonin tan olib, Qirg‘og‘ingdan o‘ynab qoldi bolalik, O‘z yo‘lidan oqdi umr, Kegayli. Birga o‘sgan biz tentaklar ko‘p edik, Oydiningda birga suzgan to‘p edik, Ona Vatan ishga desa, “xo‘p!” dedik, Shudir hayot chin ma’nosi, Kegayli. Baland sohilingga men chiqdim tag‘in, Quchay issiq ona tuproq quchog‘in, Novcha teraklarin, mevali bog‘in, Ovulimning baxti, ko‘rki, Kegayli! Sharqing Tog‘jap, g‘arb tomoning Arshondir, Issiq bag‘ring “oq oltin”ga makondir, O‘zaningdan to‘lib oqqan suv – qondir, Suving sening obihayot, Kegayli. Sen kabi mavj urib oqmasa shoir, Xalq qalbiga yo‘lni topmasa shoir, Shoirman deb chirangani bir puldir, Hozir shuni o‘ylab qoldim, Kegayli. Shuhrat tarjimasi _________ * Q i r g‘ a l o q – suvning sayoz yeri, qumloqda o‘ynaladigan o‘yin. MENING YIGIT VAQTIM, SENING QIZ VAQTING B...ga ToshDU desam, darhol tushadi esga, Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting. To‘g‘ri samolyotdan tushdim-da, kechda, Yotoq joyingizning eshigin qoqdim. Nukusda ekanda sen meni kunda, Hatto soat sayin sog‘inar eding. Bu gal sen ko‘rdingu meni Toshkentda, Ma’yus miyiq tortib “senmisan” deding. Gulshanda ochilgan bir toza gulday, Chiroyingga chiroy qo‘shgan ekansan. Quvonchimni qay tarz aytishni bilmay, Yutinib, termulib boqar edim man. Ketdik qo‘l ushlashib ko‘chani bo‘ylab, Unsiz kelayapmiz. Esnab qo‘yasan. “Jonim, aytgil, kelayapsan ne o‘ylab? Erta uchrashamiz qayerda, qachon?!” “Erta qo‘lim tegmas... Imtihonim bor...”, Deding o‘ynab yo‘g‘on buraming bilan. Navoiy teatri xalq bilan bisyor, Sen kirgach u butkul yashnab ketdi sha’n. Zar ko‘ylak cho‘g‘ sochib yonar ustingda, Sen aytding “Avf et, tobim yo‘q”, deding. Va marmar zinadan epchil tushding-da, Ketding... Men sen uchun begona edim. So‘nggi “Kazbegim”ni tutatib olib, Uzoq tentiradim anhor bo‘yida. Majnuntol shoxlarin suvlarga solib, Sening sochlaringni solar o‘yimga... ToshDU desam, hamon tushadi esga, Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting... Senga yana qaytib ozor bermasga, Bel bog‘lab, jonimni o‘tlarga yoqdim. Ochiq derazalar imlardi “kel” deb, Bog‘lar derdi “qayg‘u chekma, yigitim”. Yurakni tirnardi “Tanovar” yig‘lab, Shamollar izg‘irdi xazonni titib... Download 28.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling