Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini òrgatish reja: Kirish


Download 28.23 Kb.
bet5/7
Sana27.03.2023
Hajmi28.23 Kb.
#1299555
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Adabiy talimda ibroyim yusupov hayoti va ijodini rgatish reja

Halima Xudoyberdiyeva tarjimasi

* * *


Endi men Toshkentga borganda doim,
Senga ko‘rinmasga tirishar edim.
Bir kuni duch keldik, nogoh muloyim,
“Rostdan bu senmisan, senmisan”, deding.

Ayni sahar chog‘da ochilgan guldek,


Qiz bo‘lib jur’atga to‘lgan ekansan.
Hind qo‘liga tushgan asrandi fildek,
Unsiz yetagingda ketaverdim man.

Tovusday tovlangan o‘zbek qizlari,


Do‘stlik ehtiromin ko‘rsatib shu on.
Eski do‘stlarimdek kulishib bari,
Yozdi oldimga talabalik dasturxon.

ToshDU – bilim bog‘i, yoshlar do‘stligi,


Qancha ko‘ngillarga nur berar yog‘dung!
ToshDU ming-ming qiz, yigitlar yoshligi,
Mening yigit vaqtim, sening qiz vaqting...

Yangiboy Qo‘chqorov tarjimasi

BU DUNYO


Bu dunyo besh kunlik, yolg‘onchi demak,
Avvalgilar aytgan so‘zinda bordir.
“Oshiqadi bizdan qolgancha” demak,
Bevafolik kulgan yuzinda bordir.

Tangrim bul dunyoni yo‘qdan bor etdi,


Bandam yayrasin deb lolazor etdi.
Lekin g‘ofil banda o‘zidan ketdi:
Ko‘pinda insof yo‘q, ba’zinda bordir.

Mol-mulk deb odamzod bir-birin qirgan,


Shayton g‘ulg‘ulasi haq yo‘ldan urgan.
Bul yerda yoziq yo‘q dunyoda turgan,
Har balo odamning o‘zinda bordir.

Bu dunyo yolg‘onchi emas chininda,


“Nafsingni tiy”, deya aytgan burunda.
Bir hovuch tuproqqa to‘lgan so‘nginda,
Ochko‘zlik odamning ko‘zinda bordir.

Oshiq Ayoz haq yo‘lidan yurmasa,


Bu dunyoning go‘zalligin ko‘rmasa.
Bul so‘zga vaqtida ma’ni bermasa,
Ulkan pushaymonlar izinda bordir.

TUG‘ISHGANLIK

Tarixlarga guvohli so‘z,
Har bir dardga davoli so‘z,
Muqaddas so‘z, duoli so‘z:
Tug‘ishganlik, tug‘ishganlik.
Or-nomus, vijdoni sherik,
Moli bilan joni sherik,
Tomirdagi qoni sherik,
Qon-qardosh so‘z tug‘ishganlik.

Bir o‘choqqa o‘t yoqtirgan,


Bir yaylovda mol boqtirgan,
To‘y-hashamda ot choptirgan,
Rizqi yo‘ldosh tug‘ishganlik.

Bir tandirga non yoptirgan,


Zarur narsangni toptirgan,
Bevaqt eshik qoqtirgan,
Tug‘ishganlik, tug‘ishganlik.

O‘zbekni o‘z og‘am etgan,


Ulkan baxtni in’om etgan,
Bir qozonda osh damlatgan,
Mehri issiq tug‘ishganlik.

Suvimni daryodosh etgan,


Elimni do‘st-qardosh etgan,
Turkmanga nag‘madosh etgan,
Xosiyatli tug‘ishganlik.

Qozoqlarga toy so‘ydirgan,


Qirg‘izlarga qo‘y so‘ydirgan,
O‘tov tiklab, bosh qo‘ydirgan,
Himmatli so‘z – tug‘ishganlik.

Daryoni daryoga qo‘shgan,


Fazolarning sirin ochgan,
Bir oiladek uyushgan,
Mangu yasha, tug‘ishganlik.


Download 28.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling