10-Mavzu. Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari
Download 297.86 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Birinchi soha
10-Mavzu. Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari An’anaviy tushunchada “magazin” deganda sotish va sotib olish jarayoni ro‘y beradigan joy tushuniladi. Boshqacha qilib aytganda, u yerda xaridor tovarlar ro‘yxati bilan tanishadi, uning tavsifini o‘rganadi, tanlaydi, buyurtma beradi va oldindan band qilib, to‘lab qo‘yadi. Aksariyat holatlarda esa, tovarning qo‘ldan qo‘lga o‘tish holati kuzatiladi. Elektron magazindan foydalanganda esa tovar xarid qilinishi bilan uning qo‘ldan qo‘lga o‘tish ehtimolligi sezilarli kamayadi. Bunga sabab esa, xaridorga tovarni yetkazib berish uchun mu’lum vaqt ketishidir. Elektron biznesning vazifasi sherik kompaniyalar bilan bir qatorda, yakka tartibdgi xaridorlarga ham ikki tomonlama samarali savdo aloqalarini yaratib berishdan iborat. Forester Research kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, elektron biznes aylanmasining qariyb 85 foizi sherik kompaniyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu kabi savdolarning hajmi sanoat va moliya kabi sohalarga nomutanosib ravishda taqsimlanadi. Xususan, savdo hajmining taxminan 50 foizi sanoat ishlab chiqarish sohasiga to‘g‘ri kelsa, moliya sektoriga boryo‘g‘i 27 foizi to‘g‘ri keladi, xolos. “Datamonitor” kompaniyasi tomonidan qilingan oxirgi tadqiqotlarga ko‘ra, kompaniyalar o‘rtasida savdo qilish uchun elektron biznes tizimini yo‘lga qo‘yish 5 ming AQSh dollaridan 2 mln dollargacha mablag‘ talab qiladi. Elektron biznesni amalga oshishining beshta asosiy sohasini ko‘rishimiz mumkin: Birinchi soha – salohiyatli mijozga Internet tarmog‘ida mavjud bo‘lgan vositalar orqali tovar taklif qilish. An’anaviy usulda savdo qilish jarayonida xaridor tovarning bahosini savdolashishi, sotuvchi bilan maslahatlashishi, tovarni sotib olishga qaror qilishi yoki undan voz kechishi mumkin. Internet tarmog‘ida salohiyatli mijozlarga multimedianing barcha imkoniyatlari yaratib beriladi. Aniqroq qilib aytganda, tovarni uch o‘lchamli fazoda ko‘ra olishi, maxsus tayyorlangan ovozli, animatsiyali videoroliklardan foydalanishlari mumkin bo‘ladi. Download 297.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling