10-Mavzu. Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari
Download 297.86 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- To‘rtinchi soha
- Beshinchi soha
- Elektron biznesning an’anaviy savdo shaklidan farqi
Ikkinchi soha – tovar sotib olishni bevosita amalga oshirilishi. Shu bilan birga, tez
va ozmiko‘pmi xavfsizdir. Tovarni sotib olish uchun buyurtma, elektron pochta orqali xabar yuborilishi bilan tasdiqlanishi zarur. Uchinchi soha – sotishdan keyin qo‘llabquvvatlash. Bu mijozga tovarni sotib olishni rasmiylashtirayotganida taklif qilinib, keyinchalik tovardan foydalanish davomida ham amalda bo‘ladi. Bunda mijozga sotuvchi kompaniya bilan elektron pochta yoki websaytda aloqa qilish imkoniyati yaratib berilib, agar qandaydir muammolar yuzaga kelsa, mijoz norozilik bildirishi ham mumkin bo‘ladi. To‘rtinchi soha – Mijozlarning ma’lum magazinlar yoki ba’zi markalar uchun yetakchiligiga alohida e’tibor qaratish. Elektron magazinlarning savdo hajmi, odatda, uning doimiy mijozlari miqdori bilan aniqlanadi. Bunda, ushbu elektron magazin bitta doimiy mijozni saqlab turish uchun 30$ dan 200$ va undan ko‘p xarajat qiladi. Beshinchi soha – elektron magazinga e’tiborni qaratish va saqlab turish maqsadida qilinadigan reklamadir. Internet tarmog‘ida reklamaga juda yuqori talablar qo‘yiladi. Uning maqsadi, keng ommaga mo‘ljallanganligi, o‘zgaruvchan, interfaol va o‘ziga jalb qilishdan iborat. Reklamaning yuqorida aytib o‘tilgan talablarga javob berishini ta’minlash maqsadida Javaanimatsiya, DHTML, VRML va boshqa shu kabi vositalar ishlab chiqilgan. Elektron biznesning an’anaviy savdo shaklidan farqi Elektron magazinlarda savdo jarayonini tashkil etish an’anaviy tushunchadagi savdodagidan farq qiladi. Elektron savdo va oddiy savdo jarayonlarining asosiy farqli tomonlarini quyidagicha tasniflash mumkin: Xaridorlarni jalb qilish usuliga ko‘ra. Magazinga xaridorlarni jalb qilish usuli juda katta ahamiyatga ega. An’anaviy tushunchadagi savdoda ushbu jarayonni 4 bosqichda izohlash mumkin xaridorlarni reklama yordamida jalb qilish; bu yerda asosiy omil magazinning qayerda joylashganligidir; savdo peshtaxtalari va magazinga kirish joyining chiroyli qilinganligi; bu bosqichga alohida e’tibor qaratiladi; Magazinga kirgan xaridorni, savdo zalining ichki qismini did bilan yasatish va qulay tashkil qilish bilan, o‘ziga jalb qilish; Xaridorning o‘ziga zarur bo‘lgan tovarni tanlashi; sotuvchi yordamida tovarni qancha oddiy va tez tanlashi, xaridorga kelgusi xaridlar uchun qaror qabul qilishi yoki qilmasligiga shunchalik bog‘liq. Elektron magazinda yuqorida sanab o‘tilgan bosqichlar umuman boshqacha tarzda yo‘lga qo‘yilgan. Elektron vitrina (peshtaxta) va magazinga kirish birgalikda tashkil qilingan. Barcha reklama ma’lumotlari elektron magazinning peshtaxtasida joylashtirilgan. Bunda xaridorga kerakli tovarni qayerdan va qanday olishi to‘g‘risida sodda va lo‘nda ko‘rsatilgan ma’lumotlar bo‘lishi zarur. Download 297.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling