10-Mavzu. Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari


Xaridorlarga psixologik ta’sir qilish usuli bilan


Download 297.86 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana25.03.2023
Hajmi297.86 Kb.
#1295093
1   2   3   4
Bog'liq
10-Maruza

2. Xaridorlarga psixologik ta’sir qilish usuli bilan. Elektron savdo tizimida 
sotuvchilar xaridorlarga psixologik ta’sir qilish imkoniyatidan mahrumdir. Xaridorga 
o‘zining chiroyi va respektabelligini namoyish qilish bilan ta’sir qilish bundan 
mustasno. 
3. Tovar haqida ma’lumot berish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovar bilan 
tanishuvni bevosita amalga oshirish mumkin. Elektron magazinda esa bunday tanishuv 
xaridorlarning tovar haqidagi ma’lumotlarni diqqat bilan o‘rganishlari va uning 
ko‘rsatilgan sifatlarining naqadar to‘g‘ri ekanligiga e’tibor berishlarini talab etadi. 
4. Xarid qilish usuli bilan. Oddiy savdo jarayonida tovarni sotib olish bevosita 
yuz beradi. Elektron magazinda xarid jarayonida esa, xaridor buyurtmani Internet orqali 
ro‘yxatdan o‘tish va rasmiylashtirish orqali amalga oshiradi. 
5. Savdoni tashkillashtirishda xarajatlar darajasiga ko‘ra. Elektron magazin 
orqali savdo va xizmat ko‘rsatishda, magazin binosi, ombor va idora, shu bilan birga, 
boshqa savdo uskunalari talab etilmaydi. Dunyoda umuman savdo do‘konlariga ega 
bo‘lmagan va o‘z tovarlarini faqat elektron magazin orqali amalga oshiradigan 
kompaniyalar talaygina topiladi (www.virtualvin.com, www.amazon.com). Bunday 
turdagi savdoni tashkillashtirish reklama va chakana savdo rastalarini saqlab turishga 
ketadigan xarajatlarni qisqartiradi. Amalda mahsulot ulgurji narxlarda, lekin chakana 
ravishda sotiladi (2030 foiz arzonlashtirilgan holda). 


6. Magazinlarga tashrif buyurishning soddaligiga ko‘ra. Kerakli mahsulotni 
qidirishda o‘nlab elektron magazinlarga kirish, shuncha sondagi savdo magazinlarni 
mashinada aylanib chiqish yoki ularga qo‘ng‘iroq qilishdan ko‘ra ancha qulay. 
 
Kira olish darajasiga ko‘ra. Har qanday elektron magazinga xaridorlar 
dunyoning deyarli har qanday nuqtasidan kira olishlari mumkin. Shuning uchun ham 
sayohat yoki xizmat safarlari vaqtida zaruriy tovarlarni tanlash imkoniyati 
cheklanmagan. Bunday magazinlar kechayu kunduz ochiq bo‘lib, oddiy magazinlarga 
o‘xshab xaridorlar tiqilinch bo‘lmaydi. Xaridor o‘zi uchun qulay bo‘lgan vaqtda xarid 
qilish imkoniyatiga ega. 

Download 297.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling