10-Mavzu. Elektron biznesning maqsadi va uning qo‘llanilish sohalari
Download 297.86 Kb. Pdf ko'rish
|
10-Maruza
Xizmat ko‘rsatish sifatiga ko‘ra. Oddiy magazinda kerakli tovar haqida batafsil ma’lumot olish uchun sotuvchiga murojaat qilishga to‘g‘ri keladi. Bu holda, tovarni tanlash sotuvchining omilkorlik darajasiga, shu bilan birga, uning xaridor uchun vaqt sarflay olishiga bog‘liq. Yaxshi tashkil qilingan elektron magazin har bir tovar uchun keng ma’nodagi ma’lumotlarni yo‘lga qo‘yilganligini ta’minlash bilan birga, tovar haqida maslahat olish uchun sotuvchining qo‘li bo‘shashini kutishi shart emas. Bozorga chiqish muddatiga ko‘ra. Shaxsiy “firma” elektron magazinini tashkil qilishga oddiy, an’anaviy magazin tashkil qilishdan ko‘ra ancha oz vaqt ketadi. Bunda ishlab chiqaruvchi firma o‘z mahsulotiga narxni o‘zi belgilashi va nazorat qilishi mumkin. Vositachilar ishtirok etmaydigan bu munosabat jarayonida, firma o‘z tovarlarini sotishdan yanada ko‘proq daromad ko‘radi. Tovarlar xilma xilligiga ko‘ra. An’anaviy magazinlarda, qoidaga ko‘ra, tovar turlari chegaralangan. Shuning uchun ham, xaridor o‘ziga kerakli molni topish uchun shu turdagi bir necha magazinlarga borishiga to‘g‘ri keladi. Agar zaruriy tovar bir elektron magazinda bo‘lmasa, boshqasidan qidirish imkoniyati bor. Bundan tashqari, ishlab chiqaruvchining rasmiy websaytiga to‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat qilish ham mumkin. Shuning uchun ham, har doim eng yaxshi yoki minimal narxdagi tovarni tanlash mumkin. Nazorat savollari Internet tarmog‘ida elektron biznesning o‘rniga tavsif bering. Elektron biznesning oddiy savdo turidan qanday muhim farqlari mavjud? Elektron biznesning asosiy vazifalari nimalardan iborat? Elektron biznesning asosiy turlarini tasniflang va ularni ta’riflang. Biznesni qo‘llashning asosiy sohalariga ta’rif bering. Download 297.86 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling